Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ
Orazbaeva Gulparshin Amankeldievna
Современная наука и исследования · 11-13 · 2015
Аннотация
O`quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o`tkazish. O`quvchilarning ota - onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir. O`quvchilar jamoasi - sinf rahbarining tayanchi. O`quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o`quvchilarning bir- birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: o’qituvchi, pedagogika, past o’zlashtiruvchi, dars texnologiyasi. Sinf rahbarining faoliyati ko`p qirrali va sermazmundir. U o`zi rahbarlik qilayotgan sinf o`quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o`quv yili yoki chorak davomida “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 30 II-to‘plam nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. Sinf rahbari ishining asosiy qismi o`quvchilarni o`rganish. O`quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o`tkazish. O`quvchilarning ota - onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir. O`quvchilar jamoasi - sinf rahbarining tayanchi. O`quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o`quvchilarning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo‘lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o‘ylaydi, fikrini og’zaki jamlaydi, so‘ng uni yozishga kirishadi. O‘z fikrini bayon qilish, yo‘l qo‘yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi. Bu jarayon (og‘zaki) nutq asosida paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o‘quvchi o‘z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o‘ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o‘zicha gapiradi(pedagogikada bu aktiv faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o‘qib, og‘zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o‘ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi. O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim: – beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqish uyg‘ota olsin; – ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga tushunarli bo‘lsin; – ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi uyg‘onsin, ishga kirishishda ular o‘zlarida dadillik sezsin; “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 31 II-to‘plam – mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin(hamma o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish – mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga e’tibor berish kerak; – topshiriqlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak; – topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko‘niktirish lozim; – ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta ustida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi) kerak; – topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin; – darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo‘lishi maqsadga muvofiq. Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishda me’yorga amal qilish kerak. Bolalar darsdan(og‘ir, mashaqqatli mehnatdan) keyin tiniqib dam olsalar, ko‘proq ochiq havoda bo‘lib, harakatli o‘yinlar, sayr bilan vaqt o‘tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o‘zlashtirish yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo‘lishi, asosan, bolalarni kuzatishga, xulosa chiqarishga undashi lozim. Tan olish kerakki, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O‘qituvchining pedagogik mahorati, zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanishi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uni samarali amalga oshirish mumkin. Ularni bir-biriga ko`rsatadigan o`rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, ko`nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbar har jabhada barchaga o’rnak bo’ladigan zukko, aqlli, bilimdon hamda pedagogik mahoratga ega bolmog’i darkor. “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 32 II-to‘plam Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi - Qarshi: 2007. 2. A.Avloniy. “Turkiy Guliston yohud ahloq” - Toshkent: O’qituvchi, 1992. 3. Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increase the effectiveness of the educational process. 4. Hayitov, A. I., & Miltikboyeva, Z. (2022, May). METHODS OF ORGANIZATION OF
Доказательный фрагмент
«O`quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash.»
Образец извлечения
Демо-превьюO`quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- English language, teaching methodology, linguistic basis, psycholinguistic basis., английский язык, методика преподавания, лингвистическая основа, психолингвистическая основа., ingliz tili, o‘qitish metodikasi, lingvistik asos, psixolingvistik asos.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026