Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
GEOGRAFIK VA BIOLOGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH Muxitdinov Xudayar Suyunovich
Muxitdinov Xudayar Suyunovich
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 4 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola mintaqada asalarichilikni rivojlantirishda klasterlash yondashuvining iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikka ta'sirini tahlil qiladi. Asalarichilik klasterlari nafaqat asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish, balki ushbu sohani ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror qilishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada klasterlashning asalarichilik sohasidagi afzalliklari va imkoniyatlari, mintaqaning tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga mos keluvchi strategiyalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, asalarichilik klasterlarining biologik xilma-xillikni saqlash va oshirishga qo'shgan hissasi ham tahlil qilinadi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar va tavsiyalar mintaqa asalarichilik sohasida klasterlash orqali samaradorlikni oshirish uchun amaliy yo'nalishlar taqdim etadi. Kalit so'zlar: Asalarichilik, klasterlash, iqtisodiy samaradorlik, geografik samaradorlik, biologik samaradorlik, mintaqa rivojlanishi, ekologik barqarorlik, biologik xilma-xillik. Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishda qishloq xo‘jaligini mintaqaviy tashkil etishning hususan asal etishtirishning asosiy tamoyil va omillarining makon va zamonda o‘zgarishi, asal etishtirishning iqtisodiy geografik va biologik tadqiq qilishning nazariy- uslubiy jihatlari va asosiy yo‘nalishlari, mintaqalar ekologik hususiyatlarini belgilash va ularga resurslarni taqsimlashning vazifalari belgilab olingan. Qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish etishda asalarichilikni – hududiy jarayonida ma’lum vazifani bajaruvchi, majmuali tabiiy va ijtimoiy -iqtisodiy omillar ta’sirida shakllangan asalarichilik majmualarining optimal joylashtirilish maqsadga muvofiq. Bu yerda joylashtirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, asalarichilikni rivojlantirish nuqtai-nazaridan olib boriladi. Qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish tarmoqlarining rivojlanishi, hududiy tashkil etish jarayonlari munosabati bilan vujudga kelgan muammolarni o‘rganish turli metod yoki usullar, yondashuvlar yordamida amalga oshirilishini takomillashtirishga harakat qilamiz. Mintaqa asalarichiligi uchun uchun eng muhim hisoblangan mintaqaviy gegrafik taqqoslash, xaritalashtirish, rayonlashtirish, matematik modellashtirish kabilarning nazariy-uslubiy ahamiyati kattaligi, shuningdek, asalarichilik tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirishga oid klassik ilmiy g‘oya va qonuniyatlarni, respublikamiz mintaqalari sharoiti va bozor munosabatlarini hisobga olgan holda, tanqidiy o‘rganish va ulardan samarali foydalanish ham ilmiy ishning nazariy jihatlarini mustahkamlash ucchun ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Tadqiqot doirasida asalarichilik tarmoqlarining rivojlanishi va hududiy tashkil etilishi, unga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish eng avvalo majmuali va tizimli yondashuvni talab qilishi, omillarni aniqlash, ularni atroflicha tahlil qilish va baholash esa qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini hamda tarmoqda vujudga kelgan muammolarni ochib berishi va ayni vaqtda bunday metodologik yondashuv o‘rganiladigan voqeaning kelajagi, istiqbol rivojlanishidagi ustuvor yo‘nalishlarni ilmiy nuqtai nazardan asoslab berishga xizmat qiladi. 6 Qishloq xo‘jaligida asalarichilikni iqtisodiy geografik va biologik xususiyatlaridan foydalanib bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikni hududiy tashkil etish hamda ekologiyaning sifat jihatdan o‘zgarishini baholash usullari ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va hududiy boshqarmalari tizimi amaliyotida foydalanilgan. Natijada, agrar sektorda amalga oshiriladigan tadbirlarning samaradorligini oshirishda hamda asalarichilikga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta'sirini miqdoriy usullar yordamida baholash imkonini beradi. Bu urinda asalarichilik rivojlanishining huquqiy-meyoriy asoslari va landshaftlarning salohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida asalarichilikni rivojlantirishning huquqiy-meyoriy asoslari, O‘zbekiston asosiy landshaftlarining tabiiy-ekologik jihatlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari, O‘zbekistonda ykologiyaning buzilishiga yul quymaslikka asos bo’ladi. Asalarichilik mamlakatimizning oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish tarmoqlaridan biri sifatida nafaqat aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda, balki iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlantirish va ekologiyani asrashda ham muhim o‘rin egallaydi. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridanoq mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, turli mulk shakllarining teng huquqligiga tayanuvchi ko‘p ukladli iqtisodiyot tizimini barpo etishga shu urinda asalarichilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berildi. Hukumatning bir qator qarorlarida istiqbolda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar sifatida asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirish ham nazarda tutilgan. Bu xususda Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va bir qancha qonunlar qishloq xo‘jaligida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola mintaqada asalarichilikni rivojlantirishda klasterlash yondashuvining iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikka ta'sirini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola mintaqada asalarichilikni rivojlantirishda klasterlash yondashuvining iqtisodiy, geografik va biologik samaradorlikka ta'sirini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Asalarichilik, klasterlash, iqtisodiy samaradorlik, geografik samaradorlik, mintaqa rivojlanishi, biologik xilma-xillik., ekologik barqarorlik, biologik samaradorlik
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025