К содержанию
РецензированоRU2026

Теоретические основы правовой защиты военнослужащих нaциональной гвардии

HIMOYASINI NAZARIY ASOSLARI · Xushnudbek OLIMJONOV · ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРАВОВОЙ ЗАЩИТЫ · ВОЕННОСЛУЖАЩИХ НAЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ · Хушнудбек ОЛИМЖОНОВ · Khushnudbek OLIMZHONOV (д.ф.ю.н. (PhD), Университет общественной безопасности Республики)

Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи · 2026

Аннотация

The article analyzes in detail the theoretical foundations of the legal protection of the military personnel of the National Guard, in particular the trends in its development, the regulatory legal acts that regulate it, based on the fact that the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan are an important part of society. 171 Kalit so‘zlar: Qurolli Kuchlar, Milliy gvardiya, huquqiy himoya, Qurolli Kuchlar Harbiy nizomlari, harbiy xizmatchi. Ключевые слова: вооруженные силы, Национальная гвардия, правовая защита, воинские уставы Вооруженных сил, военнослужащий. Key words: armed forces, National Guard, legal protection, military regulations of the Armed Forces, serviceman. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi hisoblanadi. Ushbu burchni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar o‘ziga sharaf deb bilib, ado etadilar. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 152-moddasida | “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi…”[1] deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari jamiyat hayotining muhim bo‘lagi bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy bo‘g‘indir. Mazkur faoliyatni amalga oshirish jarayoni huquq normalari bilan tartibga solinadi hamda Konstitutsiya, harbiy qonunchilik va harbiy nizomlarning talablariga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqida “Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bo‘lishimiz, O‘zbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini yuksaltirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz zarur... Uchinchidan, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va tashkiliy- 172 shtat tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha konseptual hujjatlar yangilangani munosabati bilan Qurolli Kuchlarni rejalashtirish va ularni qo‘llashning me’yoriy- huquqiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish lozim”[2] deb ta’kidlab o‘tgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofi ekanini alohida ta’kidladi. Fikrimizcha, bugungi kunda harbiy xizmatchilarning vatanparvarligi, jangovar tayyorgarligi, bilim salohiyati va huquqiy himoyasi “Yangi O‘zbekiston”ga mos bo‘lishi lozim. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining huquqiy himoyasini nazariy asoslari deyilganda harbiy huquq tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Harbiy huquq – huquq sohasi sifatida milliy qurolli kuchlarni tashkil etish, qo‘shinlarning hayoti, hayoti va faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidir. Qoida tariqasida, u murakkab huquq sohasidir, chunki u ko‘pgina davlatlar va mamlakatlar milliy huquqining an’anaviy tarmoqlari (ma’muriy, fuqarolik, mehnat, jinoiy va boshqalar) va maxsus harbiy- huquqiy hujjatlar normalarini o‘z ichiga oladi[3]. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlaridagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanadi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Darhaqiqat, yuqorida keltirib o‘tilgan sohalardagi davlat xizmatini tartibga soluvchi alohida qonunlar mavjud. O‘zbekistonda harbiy xizmatchilarning huquqiy himoyasining nazariy huquqiy asoslarini mustaqillik davridagi tarixiy rivojlanishdan kelib chiqib, to‘rt bosqichga ajratish mumkin bo‘lib, bu bosqichlarning har biri mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Birinchi bosqich, 1991–2000-yillarni o‘z ichiga olib, mazkur bosqich mustaqil O‘zbekiston siyosiy tizimi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo‘ldi. Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini 173 tashkil etuvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi[1], “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi[4], O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi[5], “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi[6], “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi[7], “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi[8] qonunlari qabul qilingan. Bund

Доказательный фрагмент

«The article analyzes in detail the theoretical foundations of the legal protection of the military personnel of the National Guard, in particular the trends in its development, the regulatory legal acts that regulate…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes in detail the theoretical foundations of the legal protection of the military personnel of the National Guard, in particular the trends in its development, the regulatory legal acts that regulate… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
armed forces, National Guard, legal protection, military regulations, правовая защита, Milliy gvardiya, Qurolli Kuchlar, воинские уставы Вооруженных сил, Qurolli Kuchlar Harbiy nizomlari, huquqiy himoya, serviceman, Национальная гвардия, military regulations of the Armed Forces, harbiy xizmatchi, вооруженные силы, военнослужащий
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники