Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЯ БУХАРЫ ИЗ ДОКУМЕНТОВ АРХИВА КУШБЕГИ ВАЖНОСТЬ В ОБУЧЕНИИ
O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI · Beshimov Maqsud Komilovich · ВАЖНОСТЬ В ОБУЧЕНИИ
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article will talk about the qushbegi archive of the emirate of Bukhara, the manuscripts in it and their scientific significance. Valuable information is also provided about the foundation documents that make up a large part of the Qushbegi archive. Keywords: Qushbegi archive, V.V.Bartold, A.A.Semenov, Moses Saidjonov, Bukhara Museum, amir Muzaffar, Sayyid Mirak yasovul, Hazrat Khoja Muhammad Vose', Khoja Abduwali. Kirish (Introduction) Buxoro amirligi hayotining barcha sohalarini qamrab olgan hujjatlar qushbegi mahkamasida saqlangani va shu yerdan turib ijroga yo‘naltirilgani tufayli bu hujjatlar to‘plami fanda qushbegi arxivi nomi bilan ma’lum. Qushbegi arxivi hozirda O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda. Qushbegi arxiv hujjatlari qo‘lyozma usulda, arab yozuvida yozilgan. XIX asrning 60- yillaridan XX asr 20-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, arxiv hujjatlarining umumiy soni 100 mingdan oshadi. Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review) Qushbegi arxiv hujjatlari Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgan keyin Arkdagi yerto‘lalardan birida topiladi. Hujjatlar maxsus sandiqlarda saqlangan. Lekin bu hali arxiv hujjatlarining hammasi emas edi. O‘sha yillari Buxoroga tashrif buyurgan V.V.Bartold, A.A.Semenov oldida turgan muhim vazifa me’moriy obidalar, qo‘lyozma kitoblar va tarixiy hujjatlarni o‘rganish, ular muhofazasi bo‘yicha maslahatlar berish edi. Qushbegi arxivi hujjatlarini ilmiy ro‘yxatga olishga birinchilardan bo‘lib qo‘l urgan, ularning katta ilmiy, tarixiy ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratgan hamda e’tirof etgan shaxs mahalliy manbashunos Muso Saidjonov (1893-1938) hisoblanadi. 1920-yildan 1924-yilgacha Buxoro Xalq Respublikasi Nozirlar Sho‘rosi 3 05 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ omborxonasida ro‘yxatsiz yotgan ushbu hujjatlar Muso Saidjonov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan Buxoro shahar kutubxonasiga topshiriladi. Muso Saidjonov shaxsan o‘zi kutubxonaga 50 nusxa qo‘lyozma kitob, 69 ta vaqf hujjatini topshirgan. Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology) Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham rioiya qilingan. Tahlil va Natijalar(Analysis and Results) Arxivning ikkinchi katta qismi 1931-yil yana Ark binosidan topildi. 1933-yil barcha hujjatlar Buxoro muzeyi ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda ular muzey xodimlari tomonidan tartibga solinib, dastlabki ilmiy ishlovga tortildi. Xodimlar tuzgan ro‘yxatga asosan mavjud hujjatlarning soni 77 ming 761 nusxani tashkil qilgan. Buxoro muzeyida saqlanayotgan qushbegi arxivi hujjatlari 1937-yil O‘zbekiston SSR Markaziy tarixiy arxivi (hozirgi O‘zbekiston Milliy arxivi) ixtiyoriga berildi. Lekin uning unchalik katta miqdorni tashkil etmagan qismi muzey ixtiyorida qoldirildi. Qushbegi arxivi mavzu jihatdan keng qamrovli, unda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, xo‘jalik, harbiy masalalarga oid hujjatlar mavjud. Jumladan, yer-suv, soliq, vaqf mulklari, tumanlar ro‘yxati va hokazolar. Shu o‘rinda amir Muzaffarning o‘z amaldori Sayyid Mirak yasovul bilan qilgan yozishmalar to‘plami diqqatga sazovor. To‘plam aslida qushbegi arxivida saqlangan. Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng, yangi kutubxona tashkil etiladi va amir saroyidagi kitoblar, foliant (juda va qalin kitob) ichidagi hujjatlar to‘plami ham shu kutubxona ixtiyoriga o‘tkaziladi. Buxoro viloyat kutubxonasi sharq qo‘lyozmalari 1938-yil Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga (hozirgi Milliy kutubxona) beriladi. 1943-yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tashkil topgandan so‘ng, bu kutubxonadagi sharq qo‘lyozmalari shu institut tasarrufiga o‘tadi. Bular ichida yuqorida tilga olingan hujjatlar to‘plami ham bor edi. To‘plamdagi 2 mingdan ortiq hujjatning 898 tasi amir Muzaffar bilan Sayyid Mirak yasovul o‘rtasidagi yozishmalardir. Xronologik jihatdan ular 1860-1885-yillarni qamrab oladi. Amir Muzaffar tomonidan berilgan topshiriqlarning Sayyid Mirak yasovul tarafidan ijrosi yozma hisobot tarzida taqdim etilgan. Hujjatlar amirlik ijtimoiy-iqtisodiy, xo‘jalik, madaniy hayotining turli qirralarini o‘z ichiga oladi. Masalan, Qur’on, Haftiyak, Hidoya, Sharhi Hidoya kitoblarini sotib olish uchun ayrim davlat mulozimlariga xazinadan mablag‘ ajratish, ba’zi shaxslarga o‘z buyumlarini Samarqand, Qo‘qon, Kitob shaharlariga olib borish uchun arava ajratish, madrasa daromadlarini taqsimlash, madrasa mudarrislari va masjid muazzinlarining daromad miqdori, vaqf ob’yektlari ro‘yxati, ayrim masjidlarning vaqf daromadi miqdori, (masalan, Mehtar Anbar masjidi yillik vaqf daromadi 700 tangani tashkil etgan), doimiy va vaqtinchalik yashash uchun hujra ajratish, harbiy qurollar – qilich, qalqon, pichoq berish, vayron bo‘lgan ko‘priklarni ta’mirlash va hokazolar. Amir Muzaffarning yozma topshiriqlari ichi
Доказательный фрагмент
«This article will talk about the qushbegi archive of the emirate of Bukhara, the manuscripts in it and their scientific significance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will talk about the qushbegi archive of the emirate of Bukhara, the manuscripts in it and their scientific significance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qushbegi archive, V.V.Bartold, A.A.Semenov, Moses Saidjonov, Bukhara, Qushbegi archive, V.V.Bartold, A.A.Semenov, Moses Saidjonov, Bukhara Museum, amir Muzaffar, Sayyid Mirak yasovul, Hazrat Khoja Muhammad Vose', Khoja Abduwali., Qushbegi arxivi, V.V.Bartold, A.A.Semenov, Muso Saidjonov, Buxoro muzeyi, amir Muzaffar, Sayyid Mirak yasovul, Hazrat Xo‘ja Muhammad Vose’, Xo‘ja Abduvali., архив Кушбеги, В.V.Бартольд, А.A.Семенов, Муса Сайджонов, Бухарский музей, Амир Музаффар, Сайид Мирак ясаул, хазрат Ходжа Мухаммад Восе, Ходжа Абдували.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026