К содержанию
РецензированоRU2023

ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА Ш. ХОЛМИРЗАЕВА В РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Tursunpo’latova Guljahon · Shomurodova Sabohat

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the importance of Sh. Kholmirzayev's work in the development of modern Uzbek literature, Sh. Kholmirzayev's biography, as well as the first stage of his creative path and his stories, short stories and novels are analyzed. Key words: the importance of Sh. Kholmirzayev's work, short stories and novels, the first stage of his creative path. ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА Ш. ХОЛМИРЗАЕВА В РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ Аннотация. В данной статье анализируются значение творчества Ш. Холмирзаева в развитии современной узбекской литературы, биография Ш. Холмирзаева, а также первый этап его творческого пути и его рассказы, рассказы и повести. Ключевые слова: значение творчества Ш. Холмирзаева, рассказы и повести, первый этап его творческого пути. Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon o`zbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko`p qirrali iste`dod sohibi Shukur Xolmirzayev adabiyotning turli janrlarida rang-barang badiiy asarlar yaratib, o`zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib o`zining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o`rin egallaydi. SH.Xolmirzayev 1940 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug`ildi. Maktabni a`lo baholar bilan bitirib, u 1956 yilda Toshkent Davlat Universitetiga o`qishga kirdi. Shukur Xolmirzayev eslashicha, maktabda o`qib yurgan chog`laridayoq unda adabiyotga havas uyg`onadi. Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida bu havas yanada ortadi. Xuddi shu yillari Shukur Xolmirzayev badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo`yadi. Uning dadil ijod yo`liga kirishida fakultetdagi tanqidchi M.Qo`shjonov boshchilik qilgan adabiy to`garak katta maktablik vazifasini o`taydi. Dorilfununda Sh.Xolmirzayev jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi. Iqtidorli yozuvchi Shukur Xolmirzayev hozirgi o`zbek adabiyotida o`z ovoziga, uslubiga ega bo`lgan ijodkorlardan hisoblanadi. U adabiyotimizga 1962 yil “Oq otli” povesti bilan kirib keldi. Povest bolalar uchun yozilgan bo`lib, unda yoshlarning o`ziga xos orzu o`ylari va hayotga qarashlari aks etgan. SH.Xolmirzayev mazkur povestini e`lon qildirgandan so`ng o`tgan o`ttiz yildan ziyodroq davr ichida juda ko`plab hikoyalar, bir qancha qissa va romanlar yozdi. Yozuvchi Sh.Xolmirzayev hikoyanavis sifatida qaysi mavzuni qalamga olmasin, qandaydir muhim, salmoqdor ijtimoiy fikrni ifodalashga intiladi. Uning bu xususiyatlari, ayniqsa, keyingi yillarda yaratilgan “Shudring tushgan bedazor”, “Cho`loq turna”, “Podachi”, “Ko`k 1 25 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ dengiz”, “Xorun ar-Rashid”, “Qadimda bo`lgan ekan”, “Tabassum”, “Ustoz”, “Farzand” kabi hikoyalarida yaqqol namoyon bo`lgan. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida, asosan, Surxon vohasining kaloriti yorqin sezilib turadi. Yozuvchining hikoyalarida surxondaryoliklarning o`ziga xosligi, yorqin va katta xarakterlari, yashash tarzi yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Uning “Arpali qishlog`ida”, “Olis yulduz ostida”, “Miltiq otildi”, “Kimsasiz hovli”, “Ov” kabi hikoyalari, “So`nggi bekat”, “Qil ko`prik”, “Olabo`ji” romanlarida bu koloritni aniq sezish mumkin. To`g`ri, yozuvchi Shukur Xolmirzayev dastlabki ijodiy qadamlaridanoq “o`zligini”, o`z uslubini topib olgani yo`q. U tinimsiz izlanishlar, ijodiy tajribani o`zlashtirish jarayonida shunga erishdi. “Mana o`tmishu hozirgi zamon adabiyoti yozish usullaridan ozmi-ko`pmi o`rganib, o`z yo`limni topish ustida ko`p o`ylandim, - degan edi yozuvchi, - bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qo`yish borasida ham bo`ladi”. Bu uning, xususan, so`nggi yillarda yaratayotgan asarlarida o`zining yorqin ifodasini topmoqda. Yozuvchining “Hayot abadiy”, “Kulgan bilan kuldirgan”, “Og`ir tosh ko`chsa”, “Boychechak ochildi”, “Cho`loq turna”, “Qariya”, “Ot egasi” kabi hikoyalarida katta ijtimoiy ma`nolar o`z ifodasini topgan. Ular zamondoshlarimizning o`zaro munosabatlari orqali ochib beriladi. “So`nggi bekat” Sh.Xolmirzayevning jiddiy yutug`i hisoblanadi. Yozuvchining o`zi ham: “ijodda, izlanishda o`zimning ham kelib to`xtagan so`nggi bekatim bu”, - deb yozadi romandagi so`zboshida. Romanning “So`nggi bekat” deb atalishida ma`lum ramziy ma`no mavjud. Asar qahramonlari hayotidagi muhim nuqta – so`nggi bekati tasvirlanadi. Romanda Bekat qishlog`i, u yerda yashayotgan zamondoshlarimizning amalga oshirayotgan ishlari haqida hikoya qilinadi. Asar qahramonlari so`nggi bekatga yetib kelishgach, bosib o`tgan yo`llari haqida o`ylaydilar. So`nggi bekat ular hayotida muayyan darajada burilish nuqtasi bo`ladi. Ular yo`l qo`ygan xatolarini anglab yetishadi va uni tuzatishadi. Masalan, O`ktam, Nasiba bilan aloqasini uzadi. Nasiba ham O`ktam bilan baxtli bo`la olmasligini bilib, qishloqdan ketadi. Quvvatbekov esa shaharga ketmay, qishloqda qolishga qaror qiladi. Ishoq chol e

Доказательный фрагмент

«In this article, the importance of Sh. Kholmirzayev's work in the development of modern Uzbek literature, Sh. Kholmirzayev's biography, as well as the first stage of his creative path and his stories, short stories an…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the importance of Sh. Kholmirzayev's work in the development of modern Uzbek literature, Sh. Kholmirzayev's biography, as well as the first stage of his creative path and his stories, short stories an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the importance of Sh. Kholmirzayev's work, short stories and novels, the first, Sh.Xolmirzayev ijodining ahamiyati, значение творчества Ш. Холмирзаева
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники