К содержанию
РецензированоRU2023

СЕМАНТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ НЕКОТОРЫХ УЗБЕКСКИХ БОТАНИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ

Sultonova Kibriyoxon Faxriddin qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article provides information about the semantic development of some uzbek botanical terms. Key words: botanical terms, terminological lexicon, termnotism of terms, Plant life source, metalanguage and scientific research. СЕМАНТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ НЕКОТОРЫХ УЗБЕКСКИХ БОТАНИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ Аннотация. В данной статье представлена информация о семантическом развитии некоторых узбекских ботанических терминов. Ключевые слова: ботанические термины, терминологическая лексика, терминотизм терминов, растительный источник жизни, метаязык и научное исследование. Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani ham qamrab oladi. Umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va tarqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi.1 Termin –(lotincha terminus-chegara, chek so‘zidan) gapdan tashqarida olinganda ham aniq bir ma’no ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un holatdagi so‘z birikmasidir.2 Uning asl lug‘aviy ma’nosi ham shuni anglatadi. Demak, termin hamma so‘zlar singari so‘z bo‘lib, u ham ma’lum bir vosita hisoblanadi. Bir soha doirasidagi terminlar terminotizmni tashkil qiladi. Terminlar fanning metatili va ilmiy tadqiqotlarning, shuningdek, insonning amaliy faoliyati sohalarining o‘ziga xos voqeligini anglatuvchi so‘zlar (iboralar) sifatida belgilanishi mumkin. Mavzuyimizga doir ayrim terminlarga izoh berishda davom etar ekanmiz eng avvalo “botanika” terminiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Botanika- (yu. Botanikos- o‘simlikka taalluqli, botane- o‘t, giyoh, o‘simlik) O‘simliklar haqidagi fan, nabotot.3 O‘simlik hayot manbai, shu bois tabiatdagi barcha tirik mavjudotlarni o‘simliklar olamisiz tasavvur etish qiyin. O‘simliklar qadim zamonlardan ayni vaqtgacha tabiat va insonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Yer yuzida o‘simliklar turlari keng tarqalgan. Ularni tabiatning turli 1 O’zbek terminologiyasi. – A.B.Pardayev, D.B.Urinboyeva, D.A.Islamova.36-bet 2 O’zbek terminologiyasi. – A.B.Pardayev, D.B.Urinboyeva, D.A.Islamova.108-bet 3 O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-tom.- 328-bet. 1 13 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ burchaklarida va har xil ekologik sharoitda, boshqacha qilib aytganda, jazirama cho‘llardan baland qorli cho‘qqilargacha bo‘lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. zamonlardan boshlangan. O‘rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O‘zbekiston o‘simliklariga oid terminlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy tabobatga bag‘ishlangan “Kitob as-Saydana fit-tib” nomli asarida diyorimizda o‘sadigan juda ko‘p dorivor o‘simliklar haqida ma’lumot bergan.4 O‘simliklarga bag‘ishlab o‘zbek tilida nashr etilayotgan ayrim ilmiy-ommabop asarlarda, ba’zi maqolalarda hamda darslik va qo‘llanmalarda o‘simliklarni nomlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘yilib, atama va kategoriyalarning nomlari buzib yozilmoqda. Bulardan tashqari bir tur yoki turkumga mansub o‘simlikning bir necha nomlar bilan yozilish hollari ham kuzatilmoqda. O‘simliklarning o‘zbekcha botanic terminlari va ularning ilmiy asoslari hamda turli darajadagi kategoriyalarning nomlari to‘liq ishlab chiqilmaganligi sababli nashr etilgan darsliklarda terminlarning nomlarini yozishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.5 Shu kabi va boshqa jihatlarni inobatga olgan holda biz dissertatsiya mavzuyimizni “O‘zbek botanika terminologiyasida sinonimiya” deb nomladik. Ushbu mavzu qiziqarli va juda keng qamrovda yoritishga arziydigan mavzu desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, anor-(forscha anor) 1.Anordoshlarga mansub, kichikroq daraxt yoki buta shaklidagi subtropik o‘simlik. ..har joy-har joyda ko‘milgan anor tuplari do‘mbayib yotibdi.S.Zunnunova, “Olov” 2.Anor daraxtining ichi qizil donalar bilan liq to‘la yumaloq mevasi. 3.Anor(erkaklar va xotin-qizlar ismi).6 Anor –fors-tojikcha so‘z bo‘lib, shu o‘simlikning guli ham mevasi ham juda qizil, chiroyli bo‘lishi tufayli ibora o‘rnida, ism o‘rnida, nisbat berish o‘rnida, xalq orasida, badiiy adabiyotda keng tarqalgan. Chunonchi anor gulini Gulnor deb atash juda qadimdan rasm bo‘lgan.7 Gulnor ham fors-tojikcha gul va nor so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Nor fors-tojikcha anor so‘zining ixchamlashtirilgan shakli. Rus tilida anorni granat, lotin tilida punikagranatum deb yuritiladi. Granat lotincha granatus – donali, dona-dona degan ma’noni anglatadi. Apelsin (po‘rtaxol) – gollandcha appelsien –aynan “xitoy olmasi”. 1. Janub tomonlarda o‘sadigan doim yashil sitrus daraxt yoki buta. 2. Shu daraxtning po‘sti to‘q-sariq, go‘shti yupqa pardalar bilan karjlarga bo‘lingan yumaloq yoki cho‘zinchoq sersuv mevasi. Apelsin, limon va mandarinning bebaholigi qobig‘ida ifori moyi bo‘lishligidir. K.Mahmudov. O‘zbek tansiq taomlari.8 Ape

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the semantic development of some uzbek botanical terms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the semantic development of some uzbek botanical terms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
botanical terms, terminological lexicon, termnotism of terms, Plant life source, ботанические термины, botanik terminlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники