Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКОЙ БОТАНИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ
Sultonova Kibriyoxon Faxriddin qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article provides information about the historical development of Uzbek botanical terminology. Key words: terminological units, world linguist, terminology development, functional- semantic, linguocultural, botanical terminology. ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКОЙ БОТАНИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ Аннотация. В данной статье представлены сведения об историческом развитии узбекской ботанической терминологии. Ключевые слова: терминологические единицы, мировой лингвист, развитие терминологии, функционально-семантическая, лингвокультурологическая, ботаническая терминология. Jahon tilshunosligida muayyan sohalarga oid tushunchalarni ifodalovchi terminologik birliklarni tadqiq etish so‘nggi yillardagi ustuvor masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Har bir sohaga oid ma’lumot-axborotlardan foydalanishni qulaylashirish maqsadida tegishli soha leksikasining mukammal lug‘atlari yaratilayotganligi o‘zbek tilshunosligida ham ayni shunday muammolarni hal qilishda zamonaviy yondashuvlarni taqozo etadi. Zotan, har qanday fan tadqiqining asosiy manbai bo‘lgan terminlar barcha bilimlarning zamini hisoblanib turli soha terminlarining genetik asoslarini, funksional-semantik hamda lingvokulturologik, kognitiv xususiyatlarni, sinonimlik va omonimlik, umuman terminlarni tartibga solish imkoniyatlarini me’yorlashtirish kabi masalalar hanuzgacha o‘z yechimini topmagani bois terminologik tizimlarni ilmiy tadqiq etish zaruratga aylangan. Dunyo tilshunosligida til, xususan, terminologiya taraqqiyotini jamiyatning, millatning taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq tarzda tadqiq etish, barcha tillardagi zamonaviy terminologiyalarda 1 12 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ terminlarning paydo bo‘lishi va alohida terminologik tizim sifatida shakllanishidan to uning adabiy til me’yorlariga moslashuvi va faol qo‘llanishi bo‘yicha izchil va asosli tadqiqotlar o‘tkazish kun tartibiga qo‘yilmoqda. Terminologik tizimlarning unumtil leksikasi hamda transterminlashish hisobiga boyishida inson omilining o‘rni va uning kognitsiyasi bilan amalga oshishi kabilarni tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, “Ilm-fanni qo’llab-quvvatlash, uni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish masalalarini davlat siyosati darajasiga ko’tarish”1vazifasining belgilanishi barcha sohalar kabi terminologiya bo’yicha ham chuqur izlanishlar olib borish zaruratini ko’rsatadi. Jumladan, o’zbek tili terminologik tizimlarini rivojlantirish maqsadida sohaviy terminologik tizimlarini tadqiq etishda yangi paradigma asosida antropotsentrik va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazardan yondashib, kognitiv tilshunoslik doirasida terminlarining kontseptual tuzilmasini tadqiq etish, o’zbek tilining milliy korpusini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarni yanada kengaytirish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi. Xususan, botanika terminologiyasida yangi botanik terminlarning paydo bo‘lishi, leksik- semantik qirralarining yuzaga kelishi kabi masalalar hamda ularning genetik asoslarini tadqiq qilish, turli tillardan o‘zlashishi asosida turli lug‘aviy birliklardan tarkib topgan botanika terminlarining milliy terminologik tizimlarda ta’sirini aniqlash va murakkab tarkibli terminlarning hosil bo‘lishi, ularning leksikografik talqini yuzasidan aniq xulosalarga kelish tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. Mustaqillikdan keyingi yillar ichida botanika va uning sohalari bo‘yicha tuzilgan katta kichik terminalogik lug‘atlar va boshqa tip lug‘atlarda botanik terminlarning berilishi, ularning izohlanishi, ba’zan aniq ta’rifga ega bo‘lmasligi, dublet terminlarning nihoyatda ko‘pligi kabi masalalarni to‘g‘ri hal qilish o‘zbek botanik leksikografiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishni, ayni soha terminologiyasini tartibga solishni taqozo etadi. O‘zbek tili terminologik tizimlarini rivojlantirish maqsadida sohaviy terminologik tizimlarni tadqiq etishda yangi paradigma asosida antropotsentrik va kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazardan yondashib, kognitiv tilshunoslik doirasida terminlarning konseptual tuzilmasini tadqiq etish, o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarni yanada maqsadga 1 Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU.2017.-B.166 1 12 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ muvofiqligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF- 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentyabrdagi 311-so
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the historical development of Uzbek botanical terminology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the historical development of Uzbek botanical terminology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- terminological units, world linguist, terminology development, functional-, terminologik birliklar, терминологические единицы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026