Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ РЕЖИССУРЫ
Saparov Rinat Kuralbayevich · Zamatdinov Adilbek Mirzaevich (O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali studenti,)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article will discuss the emergence of the director and his current importance, what kind of konikma and skills future directors should have, their relationship with the actors. Keywords: director, director, actor, Theater, film, Art, plot, theme, idea, skill, image. НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ РЕЖИССУРЫ Аннотация. В этой статье рассказывается о возникновении режиссуры и ее значении в наши дни, о том, какими навыками и навыками должны обладать будущие режиссеры, об их отношениях с актерами. Ключевые слова: режиссура, режиссер, актер, театр, кино, искусство, сюжет, тема, идея, мастерство, образ. Rejissura tushunchasini ommalashganiga uncha kо‘p bо‘lgani yо‘q. XVIII-XIX asrga kelib teatr asarlarini sahnalashtiruvchi shaxsga ehtiyoj tug‘iladi. Rejissura ixtisoslik sifatida shakllana boshladi. Avvallari aktyorlar о‘zlari о‘ynab tomosha kо‘rsatar, kichik-kichik teatrlarda sahna lavhalarini ijro qilishar edi. Bu tomoshalarni tashkil qiluvchi ham, sahnalashtiruvchi ham aktyorlarning о‘zlari yoki dramaturglarning ishtirokida tayyorlanar edi. Teatr sanatining rivoji rejissura sohasida ham о‘z allomalarini paydo bо‘lishiga olib keldi. Antuan, Gardon Kreg, Reynxard, Stanislavskiy, Nemirovich-Danchenko, Meyerxold, Mannon Uyg‘ur,Toshxо‘ja Xо‘jayev va boshqalar. Teatr sanatining spektakllari yuksak darajada tasirli bо‘lishi, uning ijodkori, boshqaruvchisi ijodiy jamoani birlashtiruvchi rahnamoga bog‘liq. Rahnamo bu - rejissyordir. Kо‘p yillar teatr sanatida rejissura mutaxassisligiga ehtiyoj sezilib keldi. Rejissyor bu fransuzcha sо‘z bо‘lib, boshqaruvchi, yetakchi, о‘zimizning jaydari til bilan aytganda karvonboshi deb ataladi. Jonli kino paydo bо‘lganidan keyin, tasvir muhrlanib о‘z ifodasini topa boshlaganidan keyin, ayniqsa “kichik ekran” sanati, XX asr mо‘jizasi televideniye paydo bо‘lganidan keyin mana shu karvonboshiga ehtiyoj yanada kuchaydi. Yirik badiiy asarlarni xoh teatrda bо‘lsin, xoh kinoda, xoh televideniyeda rejissyorsiz tasavvur qilib bо‘lmay qoldi. Mumtoz dramaturgiya namunalarini, roman, qissa, novellalarning adaptatsiyalarini, tok-shou, hordiq dasturini, yirik tantana va tadbirlarni namoyish qilishda rejissyorning о‘rni va roli beqiyos bо‘lib qoldi. Shuning uchun ham bu kasbni egallaydigan shaxs uning sir-asrorlarini, qonun- qoidalarini, о‘zlashtirgan, maktabini о‘rgangan bо‘lishi lozim bо‘lib qoldi. 8 74 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Boshqara olish iqtidori hammaga nasib qilmagan, bu qobiliyatni tarbiyalash, yо‘lga solish, yо‘naltirish mumkin. Rejissura asoslari shu soha mutaxassisligini egallagan talabalarga yordam beradi. Rejissyorlik sanati hayotni teatr, kino, televideniye sanati ifoda vositalari orqali tasvirlash badiiy inikosidir. Fan bilan sanatning tafovuti nima? Aslini olganda fan hayot qonuniyatlarini о‘rganadi, isbotlaydi, mantiqiy tahlil qiladi. Sanat esa о‘sha qonuniyatlarni tasvir orqali badiiy obrazlarda kо‘rsatadi, ishontiradi. Sanatning ham fanning ham asosiy maqsadi oddiy hayot, inson idroki, uning turmush tarzi hisoblanadi. Faqat sanatning fandan tafovuti shuki, u insonni о‘rganadi, insonning his tuyg‘ulari, kechinmalari, uning ruhiyati bilan shug‘ullanadi. Fan insonning biologic xususiyatlarini, jismoniy tomonlarini, psixologik holatlarini о‘rganadi. San`at shularning barchasini bir kо‘lamda, bir vujud qiyofasini, uning hayotdagi о‘rnini kо‘rsatib beradi. Demak, sanatning о‘ziga xos xususiyati bu badiiy qiyofa ekan. Qiyofalar orqali fikrlash, uni yaratish sanatning burchi, asosiy vazifasidir. Mо‘yqalam ustalari ham, grafiklar ham, haykaltaroshlar ham, bastakorlar ham, teatr, kino, televideniye ijodkorlari ham badiiy qiyofalar yaratish ustida bosh qotirishadi. Badiiy qiyofalarsiz sanatni tasavvur qilish mumkin emas. Barcha sanat turlarining, ijod xodimlarining asosiy maqsadi badiiy qiyofalar yaratishdir. Rejissorning tashkilotchilik va boshqaruvchilik qobiliyati. Har bir rejissorning о‘zi xush kо‘rgan, orzu qilgan mavzusi, syujetlari, qahramonlari bо‘ladiki, imkon qadar shular haqida film olishga intiladi. Shuning uchun u ssenariy izlaydi, topilgan kino ssenariy uning kо‘nglidagi ijod intilishlariga mos kelsa, jon deb ish boshlaydi. Mabodo ssenariy unga tо‘g‘ri kelmasa, о‘zi ssenariy yozishi yoki uni hamfikr kinodramaturg bilan hamkorlikda yaratishi mumkin. Mazkur holat hech qanday shubha, e’tiroz yoki qarshilik uyǵotmaydi. Lekin, ssenariyni yozishga ketgan kuch-g‘ayrat, mehnat о‘zini oqlashi dargumon va rejissyorlar hohlaydilarmi, yо‘qmi, tajribadan ma’lumki, buning salbiy natijasi filmni suratga olish jarayonida seziladi. Tayyor ssenariy ustida ish anchayin murakkab jarayon. U ssenariy muallifi bilan hamkorlikda kechadi. Mavzu, g’oya aniqlanadi, obrazlarga aniqliklar kiritiladi. Lekin, eng muhimi, bu bosqichda rejissyor fikrida bо‘lajak filmning umumiy mazmuni pishib yetiladi. О‘z filmi orqali о‘ziga ya’ni bizga aytmoqchi bо‘lgan fikrlari aniqlanadi, tartibga keladi. Rejiss
Доказательный фрагмент
«This article will discuss the emergence of the director and his current importance, what kind of konikma and skills future directors should have, their relationship with the actors.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will discuss the emergence of the director and his current importance, what kind of konikma and skills future directors should have, their relationship with the actors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- director, director, actor, Theater, film, Art, plot, theme, idea, skill, image, режиссура, Rejissura
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025