К содержанию
РецензированоRU2023

ПОДГОТОВКА СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ И НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

Boyqo‘ziyeva Ra’no Karimovna

Современная наука и исследования · 2 · 55-57 · 2023

Аннотация

This article examines the importance of methodological approaches to preparing students on the basis of national cultural heritage and national values as a pedagogical problem. Key words: educational values and rich spiritual heritage, the transmission of our rich national spiritual heritage to generations, knowledge of the faith of our ancestors, diligent acquisition of experience. ПОДГОТОВКА СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ НАЦИОНАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ И НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА Аннотация. В данной статье рассматривается значение методических подходов к рассмотрению студентов как педагогической проблемы подготовки на основе национального культурного наследия и национальных ценностей. Ключевые слова: воспитательные ценности и богатое духовное наследие, передача нашего богатого национального духовного наследия потомкам, знание верований наших предков, усердное владение опытом. Har bir pedagog yoshlar tarbiyasining naqadar murakkabligi va mas’uliyatli ekanligini his etmoqda. Shuning uchun ularni tarbiyalashda ta’limiy qadriyatlar va boy ma’naviy meroslarimizdan foydalanish zaruriyatini davr taqozo etmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar va o‘tkazilgan anketa so‘rovlari natijasida hozirgi kunda ota-onalar o‘z farzandlarini quyidagi yo‘llar bilan tarbiyalashga harakat qilayotganliklari aniqlandi: - ibrat bo‘la oladigan shaxslar namunasida tarbiyalash uchun ularga biriktirib qo‘yish; - donolar fikrlari, o‘gitlari, asarlarini o‘rganishga da’vat etib, kundalik hayotda ularni qo‘llashga o‘rgatish orqali; - jamiyat hayotida ro‘y berayotgan voqealar, insonlar xatti-harakatlarini kuzatib, tegishli xulosalar chiqarish orqali; - insonning o‘zini tutishini o‘rganish, uni qiyoslash, taqqoslash va xulosa chiqarishga o‘rgatish orqali. Ushbu tarbiyalash ta’sirida bo‘lgan yoshlar jamiyat hurmatiga sazovor bo‘lishi, o‘z vataniga foyda keltirishi mumkin. Bugungi kun talabi ham inson bolasi eng qudratli kuchga - o‘z tafakkuriga ega bo‘lishi lozimligi ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy masalalar xalqimiz hayotida muhim rol o‘ynaganligi sababli ham u Konstitutisiyamizning 39-moddasida quyidagicha o‘z aksini topgan: «Har kim qariganda, 5 68 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega». Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas»[7]. Bu hozirgi kun qonuni. O‘tmishda bunday ta’minot bo‘lganmi? Bunday ijtimoiy masalalarni talabalarga tushuntirish muhim masala hisoblanadi. Islom olamining qomusi bo‘lgan «Hadis» larda ham aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish keng targ‘ibot qilingan. Shu bilan kishilarning dinni, iymonini poklikka, g‘ururini yuksaklikka undagan. Milliy qadriyatlardan, Muhammad alayhissalomning hadislaridan misollar keltirish mumkin. Hadisi sharifda «Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatga birga boraman»; «Qarovsiz qolgan mo‘minlarga xolisona kechayu - kunduz moddiy yordam ko‘rsatib yuruvchi odamning gunohlarini tangrim kechirib yuboradi»- deyilgan . Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» butun dunyo ilmli kishilarini azaldan o‘ziga chorlab turgan. Bundagi ta’limotda, yurtga muhabbat, o‘z qadrini bilish, qariyalarning purhikmat o‘gitlaridan oqilona foydalanish, yurtni qo‘riqlaydigan yoshlarga g‘amxo‘rlik, kuchdan qolganlar hamda betob, muhtojlarga ko‘mak berish masalalari keng yoritilgan . Amir Temur o‘gitlarida esa bunday deyilgan: «Agar kasbu-hunar va ma’rifat ahllaridan bo‘lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin, bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbu – koriga qarab ish tutsinlar…. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishiga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, unga yordam berilsin» [16]. Ijtimoiy muhofazalash qoidalariga ota-bobolarimiz juda katta e’tibor berib yashaganlar. Mahallalarda biron bir nochor oila bo‘lsa, hashar yo‘li bilan yumushlarini bitkazish, ro‘za kunlari «pitri» berib, bir oz bo‘lsada moddiy yordam ko‘rsatganlar. Bu borada ulug‘ shoir va mutafakkir Alishyer Navoiyning quyidagi o‘gitlari fikrlarimizga dalil bo‘la oladi: «Qariyalar muhtojlikka tushib qolsa, kasbhunar qila olmasa ularga rahm-shafqat qilishga shoshil va qo‘lingdan kelgancha ehson qil. Lekin kambag‘al yigit ketmon chopa olsa, o‘tin tashimoqni uddalasa, unga ehson qilmoq - isrof qilmoqdir» [13]. Alishyer Navoiy bu o‘giti orqali qariyalarga yordam berish savob ishligini, lekin bilagida kuchi bor yigitning, o‘z oilasini tilanchilik bilan boqishi isnod, uyat ekanligini va kishi halol mehnatda toblanishi lozimligini ko‘rsatadi. Xalqimiz yoshlar tarbiya

Доказательный фрагмент

«This article examines the importance of methodological approaches to preparing students on the basis of national cultural heritage and national values as a pedagogical problem.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the importance of methodological approaches to preparing students on the basis of national cultural heritage and national values as a pedagogical problem. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educational values and rich spiritual heritage, the transmission of our rich, ta’limiy qadriyatlar va boy ma’naviy meros, воспитательные ценности и богатое духовное наследие
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники