К содержанию
РецензированоRU2023

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ БУХАРСКОГО ЭМИРАТА (УВЕЛИЧЕНИЕ ПРОИЗВОДИТЕЛЬНЫХ СИЛ)

Toshpo’latova Mohinabonu · (УВЕЛИЧЕНИЕ ПРОИЗВОДИТЕЛЬНЫХ СИЛ)

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article provides information about the economic life of the Emirate of Bukhara in the middle of the 19th century and the changes that took place in it, the growth of production, the opening of enterprises and factories. Key words: Emirate of Bukhara, economy, agriculture, market, tax, money. Chor Rossiyasi O’rta Osiyoga, jumladan, Buxoro amirligi hududlariga uyushtirgan harbiy harakatlaridan nafaqat siyosiy, harbiy strategik maqsadlarni, balki iqtisodiy maqsadlarni ham ko’zlagan edi. Jumladan, u Buxoro amirligi bilan tuzmoqchi bo’lgan ilk shartnoma loyihalarida, so’ngra 1868-yil may oylarida ikki tomonlama imzolangan sulh shartnomalari va 1873-yil imzolangan do’stlik shartnomasida Buxoroga nisbatan o’zining iqtisodiy talablarini ilgari surganligi ham bejiz emas edi. Chunki Rus hukumati dastlabki kunlardanoq, Buxoro amirligi iqtisodiyotiga kirib borish va imkon darajasida unga aralashish, uni o’z izmiga tushirib olish, kerak bo’lganda uni to’la ravishda o’z manfaatlari asosida rivojlanishiga erishishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan edi. Eng muhimi, O’rta Sharqdagi ingliz-rus raqobatini yechishda, harbiy strategik sohada yangi yutuqlarni ta’minlashda Buxoro iqtisodiyoti Rossiya harbiy kuchlari uchun o’ziga xos bir plasdarm va xom ashyo bazasi sifatida xizmat qiladigan regionga aylanishi nazarda tutilgan edi. Mana shuning uchun ham, Rus hukumati astasekinlik bilan qadambaqadam Buxoro iqtisodiyotiga o’z ta’sirini o’tkazib, uni o’z izmiga tushirib olish siyosatini olib bordi. Bizga ma’lumki, Kattaqo’rg’on va Zirabuloq tepaligidagi janglardan so’ng, Buxoro amirligining asosiy suv manbai hisoblangan Zarafshon daryosi yuqori qismi hamda uning suv bo’ladigan havzasi 1868 va 1873-yillardatuzilgan ikki tomonlama sulh shartnomasiga1 binoan Rossiya tasarrufi 1 Сборник дсйствуюших трактатов, конвснций и соглашений. Издание второе. Т. 1. –Спб., 1902. с. 421–425. Сводзаконов Российской Империи. Кн. первая. Т. 2, –Спб., 1912. с. 452 –453 1 51 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ostiga o’tgan edi. aynan mana shu holat XIX asrning 70-yillaridan boshlab Buxoro amirligi iqtisodiy hayotida, ayniqsa, qishloq xo’jaligi taraqqiyotida juda katta iqtisodiy muammolarni keltirib chiqara boshladi. Zarafshon daryosining yuqori qismi Turkiston o’lkasi hududi hisobida bo’lganligi uchun chor hukumatining Samarqanddagi ma’murlari undan Buxoroni iqtisodiy jihatdan o’ziga qaram qilish maqsadida foydalana boshlashdi. Ular turli xil vajlar va bahonalar bilan amirlik hududidagi aholiga deyarli suv bermay qo’yishdi. Buxoro axdi ba’zan oylab Zarafshon suvidan mahrum bo’lishar, ularning ekin maydonlari esa suvsizlikdan qurib, qaqrab qolardi. Bu esa, o’z navbatida, hosilsizlikni keltirib chiqarib, aholi yashashini og’irlashtirib qo’yardi. XIX asrning 90-yillariga kelib, ushbu holat nihoyat keskin ravishda kuchayib, katta muammolarni keltirib chiqardi. Natijada Buxoro hukumatining qat’iy talabi bilan ushbu masala bo’yicha ikkala tomon o’rtasida bir necha bor muzokaralar bo’lib o’tdi. Zarafshon daryosi suvini taqsimlash va undan oqilona, kelishgan holda foydalanish bo’yicha Rossiya bilan Buxoro ma’murlari o’rtasida davo etgan uzoqmuzokaralardan so’ng, 1894- yil 27-mayda quyidagi bir to’xtamga kelishildi. 15-noyabrdan 10-martga qadar Samarqand viloyati aholisi ichimlik suvi va ba’zi bir hayetiy masalalar bilan bog’liq joylarga beriladigan suvdan tashqari, barcha suv amirlik hududiga berilishiga, 10-iyundan 15-avgustga qadar esa Zarafshon daryosi suvining 60 foizi Zarafshon vohasining ruslar tasarrufidagi hududlariga, qolgan 40 foizi esa Buxoro hududlariga berilishiga kelishildi. Ikkala tomon o’rtasida shunday kelishuv haqida bitim imzolangan bo’lsada, Samarqanddagi rus ma’murlari unga amal qilishmadi va Buxoroni iqtisodiy jihatdan aynan mana shu suv ta’minoti masalasi bilan ochiqdanochiq o’zlariga bog’lab qo’yish, boshqacha qilib aytganda, o’zlariga tobega aylantirish ishlarini davom ettiraverishdi. Chor hukumatining Samarqand viloyatidagi ma’murlari aynan mana shu Zarafshon daryosi suvi taqsimoti orqali Buxoro iqtisodiyotini to’la o’zlariga tobe qilib qo’yishdi. Buxoro qishloq xo’jaligi ko’p holatlarda suv tanqisligi tufayli rivojlana olmay, og’ir ahvolga tushib qoldi. Biroq, shunisi ajablanarliki, Peterburgdagi rus hukumati ma’murlari rus burjuaziyasi Buxoro paxtasiga nihoyatda muhtoj ekanligini yaxshi bilar va suv ta’minotini baribir ijobiy hal etish lozimligini tushunar va aynan shuning uchun ham joylardagi o’z ma’murlariga ushbu masalaga to’g’ri yondashishni tavsiya etishardi. XIX asrning oxirlaridan boshlab chor Rossiya hukumati astasekinlik bilan Buxoro amirligi ichki bozorlarini to’la egallab, uni o’z mollari bilan to’ldirish sissatiga ham katta e’tibor qarata boshladi. XIX asrning 70-yillaridayoq Buxorodagi barcha ichki bozorlar paxtadan tayyorlangan rus tovarlari bilan to’ldirildi. Eng muhimi, aynan mana shu davrga kelib, bozorlarda us

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the economic life of the Emirate of Bukhara in the middle of the 19th century and the changes that took place in it, the growth of production, the opening of enterprises and fac…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the economic life of the Emirate of Bukhara in the middle of the 19th century and the changes that took place in it, the growth of production, the opening of enterprises and fac… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Emirate of Bukhara, economy, agriculture, market, tax, money, Бухарский эмират, Buxoro amirligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники