Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ МОРФЕМИЧЕСКОГО СОСТАВА СЛОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Gulnoza Rahimjonova · PRIMARY GRADES
Современная наука и исследования · 2 · 512-513 · 2023
Аннотация
This article discusses the methodology of learning the morphemic nature of words and the principles of teaching formation methods in primary grades. Key words: root, word-forming suffix, word-changing suffix, morphemic structure of the word, cognate word, lexical meaning, grammatical meaning, artificial word, new meaning, general meaning. МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ МОРФЕМИЧЕСКОГО СОСТАВА СЛОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной статье рассматривается методика изучения морфемной природы слов и принципы обучения методам образования в начальных классах. Ключевые слова: корень, словообразовательный суффикс, словоизменяющий суффикс, морфемная структура слова, родственное слово, лексическое значение, грамматическое значение, искусственное слово, новое значение, общее значение. So‘zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o‘zining nazariy asosiga ega. Morfema – so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo‘linadi; 1. O‘zak morfema – so‘zda, albatta, qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema 2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so‘zning leksik va grammatik ma’nolarining shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Qo‘shimchalar ikki turga bo‘linadi: 1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar. So‘zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 2. SHakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning grammatik formalarini shakllantirib, turli grammatik ma’nolarini ifodalaydi. So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zining leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullarini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi bolalar so‘zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog’liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit 1 04 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yaratish, shu asosda ularning lug’atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq raxbarlik qilish hisoblanadi. So‘zda morfemaning rolini anglash, shuningdek qo‘shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, matnda aniq affiksli so‘zlardan ongli foydalanishlarini oshirish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish orfografik malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Morfologik tamoyil o‘zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi, (o‘zak va qo‘shimchalar) asliga muvofiq yoziladi. O‘zak va qo‘shimchalarni to‘g’ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so‘z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirishda, xususan, til birligi sifatida so‘zni ongli bilib olish uchun zarur bo‘lgan maxsus aqliy ko‘mikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O‘qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o‘zlashtirish bilan o‘quvchilarda aqliy faoliyatni o‘stiradigan mavhumlashtirish, analiz, taqqoslash ko‘nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi. Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq, so‘zning morfemik tarkibi 2- sinfda o‘rganiladi. 3- sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog’liq holda so‘zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko‘zda tutiladi. Avvalo, til materialini o‘rganish sistemasi nimaligini aniqlab olamiz. Til materialini o‘rganish sistemasi deganda, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o‘zapo bog’lanishdagi bilimlar kompleksini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Mavzuni o‘rganishda 4 bosqich amalga oshiriladi: 1- bosqich – so‘z yasalishini o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi – o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarniig ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash. 2- bosqich – bir xil o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o‘quv vazifasi so‘zlarning ma’no qismlari sifatida o‘zak, so‘z yasovchi va forma yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish. "O‘zakdosh so‘zlar" tushunchasini shakllantirish; bir xil o‘zakli so‘zlarda o‘zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. "O‘zakdosh so‘zlar" tushunchasini shakllantirish ularning ikki muxim belgisini, ya’ni mazmuniy umumiylikniig (ma’nosida qandaydir umumiylik borligini) va tuzilishiga ko‘ra umumiylikni (umumiy o‘zak mavjudligini) o‘zlashtirish bilan bog’lanadi. SHuning uchun bu belgilarni o‘quvchilar o‘zlashtirishiga ta’lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Ta’limning bu bosqichida o‘quvchilarning morfema haqidagi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the methodology of learning the morphemic nature of words and the principles of teaching formation methods in primary grades.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the methodology of learning the morphemic nature of words and the principles of teaching formation methods in primary grades. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- root, word-forming suffix, word-changing suffix, morphemic structure of the, корень, o‘zak
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026