К содержанию
РецензированоRU2023

ОБРАЗЦОВЫЙ СТУДЕНТ ОБ УМНЫХ И ТАЛАНТЛИВЫХ СТУДЕНТАХ

Karimjonova Gulnora Saipovna · Oqilova Soliha

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, Karimjonova Gulnora, a primary school teacher of school 320 of Shaikhontohur district of Tashkent city, gives warm comments about the talent of her student Oqilova Saliha, and talks about the discovery of talented young people and the conditions. Key words: education, student, talent, youth, teacher, school. ОБРАЗЦОВЫЙ СТУДЕНТ ОБ УМНЫХ И ТАЛАНТЛИВЫХ СТУДЕНТАХ Аннотация. В данной статье Каримжонова Гульнора, учитель начальных классов школы 320 Шайхонтохурского района города Ташкента, тепло отзывается о таланте своей ученицы Окиловой Салихи, рассказывает об открытии талантливой молодежи и условиях. Ключевые слова: образование, ученик, талант, молодежь, учитель, школа. Bugungi kunda ta’lim sohasiga juda kata e’tibor qaratilmoqda. Shunday ekan, biz o’qituvchilar oldimizda ham juda katta mas’uliyat turibdi. Maktablarda qanchadan-qancha iqtidorli o’quvchilar bilim olmoqdalar. Ularning iqtidorini aniqlay bilish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Bugungi kun o’qituvchilariga yillar davomida yig’ilgan ish tajribamdan kelib chiqib, iqtidorli o’quvchilar bilan alohida mashg’ulotlar olib borishni taklif qilardim. Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda jahon miqyosidagi buyuk kashfiyotlarni jamiyatimizning negizini tashkil etadigan buyuk allomalarimiz merosiga tayangan holda bugungi zamon talabalaridan kelib chiqib, xalq farovonligiga xizmat qiladigan buyuk kashfiyotlar yaratish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish muhim ahamiyat kasb etdi. 6 60 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shunday o’quvchilar haqida so’z yuritilganda, ko’z o’ngimda 320-maktabning 2-“a” sinf o’quvchisi Oqilova Soliha namoyon bo’ladi. Uning bilimlarni egallash bilan birga tasviriy san’atga, adabiyotga bo’lgan qiziqishlari haqida so’z yuritsam mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakatimizda ana shunday o’quvchilarning ko’payishi jamiyat taraqqiyotining bir bo’g’inidir. Zero, Yangi O’zbekistonda kichik Xorazmiylar, Navoiylar, Boburiylar yurt ravnaqiga ravnaq qo’shadilar. Bilimli, iqtidorli bola nafaqat o‘zining, balki xalq, millatning ham kelajagini belgilaydi. Iqtidorli yoshlar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Shu o‘rinda «Iqtidorli yoshlar kimlar?» degan savol paydo bo‘ladi. «Iqtidor» arabcha «qodir bo‘lmoq», «qila olmoq», shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan tushuncha, shuningdek, iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagining kuchliligi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning asosiy maqsadi respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlash, yordam berish, iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish hamda ulardagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, maktabda o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi, ularning qiziqishlari, iqtidorlarini ro‘yobga chiqishi, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratish lozim. Shuning uchun ham davlat iste’dodli yoshlarni alohida qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim muassasalarining iqtidorli o‘quvchilari maxsus psixologik va 6 61 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ pedagogik test o‘tkazish orqali aniqlanadi. Bunday o‘quvchilarni maqsadli hayotga yo‘llashda ta’lim muassaslarining vazifalari quyidagilardan iboratdir: - Iqtidorli o‘quvchilarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish; - malakali o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ishlashga safarbar qilish; - ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy jamiyat ishlariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb etish; - iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda maktabda iqtidorli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar banki va ularni doimiy tashxislash monitoringini shakllantirish; - ular bilan ishlashning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini aniqlash; Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda ustoz-shogird an’anasiga qat’iy rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni Oqilova Solihaga va qolgan iqtidorli o’quvchilarimizdan kelajakda umidimiz katta albatta. Bunday qobiliyatli o‘quvchilarga ilmiy rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reytingi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar tanlanadi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash orqali maaktabimiz o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, ya’ni yoshlarni mustaqil fikrlash, bo‘sh vaqtlarini tashkil etish, ularning birorta ka

Доказательный фрагмент

«In this article, Karimjonova Gulnora, a primary school teacher of school 320 of Shaikhontohur district of Tashkent city, gives warm comments about the talent of her student Oqilova Saliha, and talks about the discover…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, Karimjonova Gulnora, a primary school teacher of school 320 of Shaikhontohur district of Tashkent city, gives warm comments about the talent of her student Oqilova Saliha, and talks about the discover… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, student, talent, youth, teacher, school, ta’lim, образование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники