К содержанию
РецензированоRU2022

НАЦИОНАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА: СЕРИЯ КОНФЕРЕНЦИЙ: ЧАСТЬ-7

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ · ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ · UZBEKISTAN: CONFERENCES · ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’

in Library · 17-20 · 2022

Аннотация

ushbu maqolada “Boburnoma” ijodkorning qimmatli qomusiy asari ekanligi, ushbu asar barcha soha vakilari uchun birdek hizmat qila olishi, asardagi ma’lumotlar hozirgi kunda ham o‘zining hech qanday qiymatini yuqotmaganligi, undagi har bir shaxsga berilga ta’rif, psixologik holat haidagi ma’lumotlat to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: “Boburnoma” asari, zoologiya, geografiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy. Bizga ma’lumki, “Boburnoma” nafaqat Bobur ijodida, balki butun o‘zbek mumtoz adabiyotida o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega qimmatli asar hisoblanadi. Ushbu asar fanning ko‘plab tarmoqlari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ham sir emas. “ Boburnoma”da keltirilgan ma’lumotlar faqat tarixiy jihatdangina emas, balki boshqa fanlarga tegishli bo‘lganligi bilan ham farqlanadi. Unda topografiya va toponimiya, zoologiya va geografiya va adabiyotshunoslik, tilshunoslik va etnografiya kabi fanlarga daxldor ma’lumotlarni olish mumkin. Ma’lumotlarning ahamiyati shundaki, ularning haqqoniyligi tufayli tarixchi o‘sha davrdagi Movarounnahr, Xuroson va Hindiston tarixiga oid ma’lumotlarni topa oladi; geograf o‘sha davrdagi mazkur o‘lkalarning topologiyasini, iqtisodiy geografiyasiga doir qimmatli manblarni ko‘radi. Zoolog esa shu mamlakatdagi qushlar va hayvanlar dunyosini o‘rganadi. Adabiyotshunos o‘sha davr adabiy muhitini tekshiradi. Tilshunos o‘zbek tili tarixi taraqqiyotini aniqlay oladi. etnograf bu joylarda yashaydigan xalqlarning urf- odatiga doir ma’lumotlarga duch keladi. Bular hammasi Bobur tilidan tasvirlanadi. Hayotning murakkab voqealarini ko‘rgan, boshidan kechirgan bu shaxs hamma sharoitda ham insoniylikni, odamgarchilikni, kamtarlikni shior qilib oladi. Ushbu asarni tahlil qilish jarayonida ana shu tarixiylik haqqoniylik bilan uzviy bog‘lanib keltganligini anglash mumkin. Boburning ushbu asari esdalik tipidagi asar hisoblansa ham, boshqa esdalik asarlardan tasvir uslubi, tasvirlanayotgan obyektga bo‘lgan munosabati va esdalikdagi badiiylik jihatidan farq qiladi. “Boburnoma”da voqealar xronologik tarzda bayon etilganligi uning tarixiy ahamiyatini oshirganligi, shubhasiz. Ushbu asarni tahlil qilish jarayonida ana shu tarixiylik haqqoniylik bilan uzviy bog‘lanib keltganligini anglash mumkin. “Boburnoma”da shaxslar portreti va psixologik holati yaxshi tasvirlangan. Muallifning o‘z zamondoshlariga baho berishdagi haqqoniyligi ta’rixiy shaxslar portretini tasvirlashida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bobur shaxslar ta’rif va tavsifi masalasida haqqoniylikni saqlagan holda badiiylikka erishgani esa uni mahoratlik ijodkor ekanidan dalolat beradi. Temuriyzodalarga bo‘lgan munosabatida shuni ko‘rish mumkin. Husayn Boyqaroning portretidagi jismoniy va ma’naviy holatni tasvirlash bilan birga hayotining so‘nggi davrlarida katta siyosiy ishlarga layoqatsizligini ham aytib o‘tadi. “Boburnoma”da Husayn Boyqaro haqida yozilgan ma’lumotlar bir joyda to‘plansa shohning ko‘p nuqtalarini ko‘rish mumkin. Bir tomondan, nihoyatda kelishgan qad-qomatli, qiyiq ko‘zli, kuchli qilichboz qo‘llar sohibi; ikkinchidan, mag‘rur, o‘ziga bino qo‘ygan shohni; uchinchidan, hayotining so‘nggi davrlarida podshohlik lavozimini saqlay olmay aysh-ishratga berilgan shaxs siymosini ko‘rish mumkin. Buning ustiga u qo‘chqor va xo‘roz urishtirishlarning muxlisi. Bobur amakisi Sulton Mahmud haqida shunday deydi: “Past bo‘yluk, suyuq soqollik, tanbal, sinchisizroq kishi edi. Zulm va fisqqa ko‘p mashg‘ul edi. Muttasil chog‘ir ichar edi. Cho‘hra qalin saxlar edi... Bu shum fe’l aning zamonida andoq shoe’ edikim, cho‘hrasiz kishi aslo yo‘q edi...Zulm va fisqining shomatidin o‘g‘lonlar tamom juvonmarg bo‘ldilar... Bad e’tiqod kishi edi...Yuraksiz kishi edi...Hayosi kamroq edi...Badkalom edi... She’ri bisyor sust va bemaza edi. Andoq she’r aytqondin aytmog‘on yaxshiroqdur”. Ushbu ta’riflarni o‘qigan kishi beixtiyor ajablanishi shubxasiz. E’tiborni tortishiga birinchi sabab – bu Boburning ta’riflanayotgan shaxsga nisbatan salbiy va ijobiy munosabati bo‘lsa, ikkinchi sabab so‘z va iboralarni o‘z o‘rnida mahorat bilan qo‘llay olganidir. Masalan, shakl-u shamoyil tavsifi “past, suyuq” sifatlar bilan, ma’naviy xarakteristikasi esa, “zulm, fisq”, “bad e’tiqod”, “yuraksiz”, “ hayosi kamroq”, “badkalom” kabi so‘z va iboralardan to‘lib ketgan. Bu Июнь 2022 7-қисм Тошкент 68 ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ so‘zlar orqali Sulton Mahmudning mana men deb turgan tuban, razil va pastkash shaxs ekanligi ko‘zga tashlanadi. Boburning tarixiy shaxslar obrazini yaratishdagi yana bir o‘ziga xosligi o‘sha zamon ilmi va madaniyati arboblarining obrazlarini yaratishda ularning portret detallariga emas, ko‘proq ijodiy portretini ko‘rsatishga e’tibor qaratganligidir. Bu orqali ijodkor ularni asosiy fazilati tashqi ko‘rinishida emas, balki ular yaratgan asarlarida deb ko‘rsatishga harakat qiladi. Buning natijasida Bobur beixtiyor Navoiyning “tazkirachilik” an’anasini “Boburnoma” orqali davom ettiradi. U Navoiyning “Majolis un-

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada “Boburnoma” ijodkorning qimmatli qomusiy asari ekanligi, ushbu asar barcha soha vakilari uchun birdek hizmat qila olishi, asardagi ma’lumotlar hozirgi kunda ham o‘zining hech qanday qiymatini yuqotmagan…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada “Boburnoma” ijodkorning qimmatli qomusiy asari ekanligi, ushbu asar barcha soha vakilari uchun birdek hizmat qila olishi, asardagi ma’lumotlar hozirgi kunda ham o‘zining hech qanday qiymatini yuqotmagan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zoologiya, geografiya, Хусайн Бойкара, география, Kalit so‘zlar: “Boburnoma” asari, языкознание, tilshunoslik, Алишер Навои., Alisher Navoiy., adabiyotshunoslik, зоология, Husayn Boyqaro, Ключевые слова: «Бабурнаме», литературоведение, Keywords:
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияUZРецензированоОткрытый доступ
ALISHER NAVOI’S LOVE FOR THE TURKISH LANGUAGE

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИАбдурахмон Гузель2022

3
[2]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3