Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОДНОСЕМЕННОЙ И МНОГОСЕМЕННОЙ ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКОЙ ВАЛЕНТНОСТИ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ОТКИРА ГАШИМОВА.
LINGVISTIK TAHLILI. · Sheraliyev Jamshid
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the single-semal and multi-semal lexemes in the word combinations of the great Uzbek writer O'tkir Hashimov's "Inscriptions on the Margins of the Notebook" are analyzed linguistically. Brief information about polysemous and monosemous lexemes, what they are, is given. Key words: the concept of valence, lexical valence, semantic valence, admire, sky, war, horse, deer, virtue, great, green, heart. Valentlik tushunchasi lisoniy birliklarning ma’no va mazmun hamda grammatik jihatdan birikish va biriktirish imkoniyatlarini ifodalaydi. Valentlik – ichki imkoniyat, sintaktik aloqa esa uning namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, valentlik – til birligimiz, mohiyat, sabab va umumiylikka ega bo‘lsa, sintaktik aloqa – nutq birligi, aloqasi, natija hamda xususiylik imkoniyatidir. Lisoniy birliklarda ham ma’no ham grammatika bo‘lishi kerak. Har bir so‘z birikmasi valentligida ikkisi bir-birini taqozo etib keladi. Shunga asoslanib, valentlik lug‘aviy hamda sintaktik kabi kichik guruhlarga bo‘linadi. Lug‘aviy valentlik – biriktiruvchi hokim qismdagi leksemaning ma’noviy jihatdan o‘ziga mos birikuvchi tobe leksemalarini tanlay olishidir. Masalan, “uchmoq” leksemasi “mushuk” leksemasini qabul qila olmaydi. “mushuk uchdi” so‘z birikmasida grammatik jihatdan noqislik bo‘lmasa-da, ammo ma’no va mazmun jihatdan talabga javob bermaydi. Chunki “uchmoq” faqatgina qushlarga xosdir va bu bir semali leksema hisoblanadi. Semantik valentlik – leksemalarning semantik bog‘lanishi bevosita so‘z turkumlari doirasida mantiqan hamda grammatik jihatdan bog‘lanishni yuzaga chiqaradi. Shundan kelib chiqadiki, muayyan so‘zning o‘z so‘z turkum doirasidagi yoki boshqa so‘z turkumlariga aloqador leksemalar bilan birikishi uning semantik imkoniyatiga ko‘ra sodir bo‘lsa, birikuvchi va biriktiruvchi so‘zlarning o‘zaro munosabati kelib chiqadi. Masalan: qizil olma, qora ruchka, tez yurmoq, beshta 3 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bola. Bundan kelib chiqadiki, sintaktik munosabat asosida semantik munosabat yotadi. Shunday qilib, so‘zning semantik valentligi nutqda so‘zlarning kommunikativ birliklarni hosil qilinishida paydo bo‘lmaydi, balki u so‘zda, uning ichki substansiyasida azaldan mavjud bo‘lib yuzaga chiqishga tayyor turgan zaxira maydonida bo‘ladi. Tilshunosligimizda leksemalar bir semali hamda birdan ortiq semali (ko‘p semali) leksemalarga bo‘linadi. Leksema faqatgina bir ma’noni ifodalasa u bir semali leksema deyiladi (quyosh, daraxt, qalam) Agarda leksema ko‘p semali bo‘lsa bitta so ‘z ikki gapda ikki yoki undan ko‘proq tushunchani ifodalashi mumkin. Masalan: “qoyil” so‘zi doirasida ko‘rib chiqamiz. (Qoyil dars, qoyil ayol) bu yerda “qoyil” leksemasi “ajoyib , zo‘r, tasanno” ma’nolarida kelsa, unga “bo‘lmoq, qolmoq” fe’llarini qo ‘shib qo ‘shma fe’l yasab yangicha bir ma’no hosil qilish qobiliyatiga ega. (Do‘stimning ishiga qoyil qoldim). O‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi, barchamiz uchun sevimli bo‘lgan, o‘zining sermahsul asarlari bilan qalbimizdan joy olgan, taniqli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov o‘z asarlarida kitobxonda emotsion ruhni kuchaytirish hamda baddiy ta’sirchanlikni yuzaga chiqarish uchun bir semali va ko‘p semali so‘zlardan atroflicha foydalangan. Mashhur o’zbek adibi O’.Hoshimov o’zining asarlarida o’quvchi uchun badiiylik ta’sirchanlik ulashish maqsadida bir semali ko’p semali so’zlardan foydalangan. Ko’p semali deganda asosan metofara, metonomiya , vazifadoshlik bilan ifodalagan so’zlarni keltirishimiz mumkin. Masalan: “ Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ asaridagi ilk satrida bir va ko’p semali so’zlarning uchratish mumkin. Ya’ni “ Tabiat gultoji “ sarlavhasi bilan berilgan satrlarda: Kiyik och qolmaslik uchun ko’kat yeydi . Ammo bir-brini o’ldirmaydi, sher och qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir kuni o’ldirmaydi. Odam ko’katni ham yeydi , kiyikni ham yeydi, ko’ngil hushi uchun she’rni ham o’ldiadi…Keyin … Urush qilib, bir-birini boshini yeydi… Ushbu misralarda keltirilgan kiyikning o’t , she’rning kyik yeyishi kundalik hayotda uchraganligi va o’z ma’nosida kelganligi uchun ham bir semali, odamning odam yeyishi esa ko’p semaliga misol bo’ladi. Odamlarga hayronsan ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da, ular o’lgandan keyin ming-ming pul sarflab, usha so’zlarni qabr toshiga yozdirib qo’yadi. Bu jumlalarda keltirib o’tilgan shirin so’z ko’p semali so’zning yaqqol namunasidir. Sababi so’zning shirini o’z o’rnida emas. Inson shu qadar buyukki , uning fazilatlarini o’lchash – dunyodagi eng baland cho’qqining ustiga emaklab chiqish zahmati bilan teng. Inson shu qadar tubanki uning illatlarini dunyodagi eng baland cho’qqining ustidan tushishga teng. Adibning “ Inson “ deb atalmish satrlarida illat va fazilatlarni o’lchash birikmalari ko’p semali birikmadir. Chunki o’z ma’nosida kelmagan agar u o’g’irlik , uzunlik ma’nosida bo’lsa edi bir semaliga namuna qilish mumkin edi. Tog’ cho’qqisig
Доказательный фрагмент
«In this article, the single-semal and multi-semal lexemes in the word combinations of the great Uzbek writer O'tkir Hashimov's "Inscriptions on the Margins of the Notebook" are analyzed linguistically.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the single-semal and multi-semal lexemes in the word combinations of the great Uzbek writer O'tkir Hashimov's "Inscriptions on the Margins of the Notebook" are analyzed linguistically. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the concept of valence, lexical valence, semantic valence, admire, sky, war, lug’aviy valentlik, лексическая валентность, понятие валентности, семантическая валентность, valentlik tushunchasi, semantik valentlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018