К содержанию
РецензированоRU2023

СТАТЬЯ О ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Hojiboyeva Mohiraxon

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article is written in order to increase the effectiveness of the theory of education in primary classes. Key words: upbringing, education, knowledge, experience, principles, national program. СТАТЬЯ О ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. Данная статья написана с целью повышения эффективности теории обучения в начальных классах. Ключевые слова: воспитание, образование, знания, опыт, принципы, национальная программа. Didaktik tamoyillar o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko’ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari o’z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o’quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o’quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o’qituvchilar va o’quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o’zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.Ta’lim tamoyillari o’zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko’rinishlari o’zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O’qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko’zga tashlanmoqda.Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiiradi.Masalan: o’quvchining ko’rish qobilyati uncha yaxshi bo’lmasa yoki yomon eshitsa, uni birinchi qatorga o’tqizishi kerak. Bu narsa diqqati beqaror bo’lgan o’quvchilarga ham tegishlidir. Bundan tashqari, ulardan tez-tez so’rash, undan o’rtog’‘ining javobini qaytarishta, to’ldirishga yoki u xaqda o’z fikrini bildirishga majbur etish lozim.Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga 8 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabilarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog’liq.Tarbiya –muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi.Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat– yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq.O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g’oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo’li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o’sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’

Доказательный фрагмент

«This article is written in order to increase the effectiveness of the theory of education in primary classes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is written in order to increase the effectiveness of the theory of education in primary classes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
upbringing, education, knowledge, experience, principles, national program, tarbiya, воспитание, bilim, знания, ta'lim, образование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники