К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYAVIY NATIJALARNING STRATEGIK BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL QILISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

Shahnoza Pardayeva

Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка · 3 · 2026

Аннотация

Maqolada xoʻjalik yurituvchi subyektlarning strategik boshqaruv hisobi, uning elementlari, moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi hamda xarajat turlarining nazariy-uslubiy asoslari yoritib berilgan. Kalit soʻzlar: strategik boshqaruv hisobi, moliyaviy oqimlar, oʻzgaruvchan xarajatlar, doimiy xarajatlar, yarim oʻzgaruvchan xarajatlar. 225 Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish bosqichida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini samarali boshqarish har bir yoʻnalishda yoʻlga qoʻyilgan boshqaruv hisobi tizimisiz tasavvur qilish murakkab. Xoʻjalik yurituvchi subyekt menejerlariga taqdim qilinadigan barcha hisob ma’lumotlari va bosqichlarini boshqaruv hisobi tizimi oʻz ichiga oladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi alternativ qarorlarni qabul qilishda xarajatlarni rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning HTT doirasida qabul qilinadigan hisob turlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Taktik hisob: moliyaviy hisob, soliq hisobi, boshqaruv hisobi. 2. Strategik hisob: strategik moliyaviy hisob, strategik soliq hisobi, strategik boshqaruv hisobi. Strategik boshqaruv hisobining tamoyillari moliyaviy, boshqaruv, soliq hisoblarining tamoyillariga asoslanib, ushbu hisobning obyektlari xoʻjalik yurituvchi subyektning biznes strategiyasi va menejerlarining axborot talablari orqali aniqlanadi. Strategik boshqaruv hisobining obyektiga quyidagilarni kiritish mumkin: xarajatlar, moliyaviy natijalar, inson resurslari, innovatsiyalar, pul oqimlari, xususiy mulk kiradi. Strategik boshqaruv hisobini quyidagi 3 element yordamida yoritish mumkin: 1. Strategik tahlil; 2. Strategik rejalashtirish; 3. Strategik nazorat. Strategik boshqaruv hisobining birinchi elementi strategik tahlil xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muayyan vaqtdagi holatini baholashga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda strategik tahlil davomida xoʻjalik yurituvchi subyektning strategik maqsadining aniq va ravshanligiga hamda talab qilinayotgan hajmdagi resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga baho berish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Strategik rejalashtirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishish uchun strategik rejalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Strategik rejalashtirish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: - sub-strategiya; - alohida yoʻnalishlar strategiyasi. Strategik boshqaruv hisobining 3-elementi strategik nazorat boʻlib, strategik nazoratning ahamiyati belgilangan strategik maqsadlarga erishish jarayonini kuzatib, nazorat qilib borish, agarda chetlanishlar mavjud boʻlsa, tezkorlik bilan boshqaruv qarorlarini qabul qilish holatiga qaytarishni ta’minlashdan iborat. Strategik boshqaruv hisobining uchala elementi bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, xoʻjalik subyektlarining moliyaviy oqimlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1-jadval Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari142 Nomlanishi Nazoratdagi koʻrsatkichlar Xoʻjalik yurituvchi subyektning Aylanma va muomaladan tashqari mablagʻlar nisbati, tez va qiyin mulkiy holatini baholash aylanadigan mablagʻlar miqdori, darajasi va nisbati Moliyaviy barqarorlikni Tez aylanadigan mablagʻlar miqdori, joriy va mutloq likvidli baholash mablagʻlar, ularning koeffitsientlari Ishbilarmonlik faoliyatini Aylanma kapital miqdori, shaxsiy mablagʻlar bilan ta’minlangan baholash mablagʻlar koeffitsienti Bozor munosabatlari Toza aktivlar miqdori, toʻlanadigan dividendlar darajasi, samaradorligini baholash investitsiyalarning daromadlik darajasi, barcha aktivlar rentabelligi 142 Muallif tomonidan tuzildi 226 Moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobini quyidagi vositalar yordamida baholash mumkin: - Moliyaviy holatni baholovchi nisbiy koʻrsatkichlar tizimi; - Moliyaviy oqimlari klassifikatsiyasi; - Moliyaviy oqimlari matematik modeli. Moliyaviy oqimlarning strategik tahlili iqtisodiy tahlilning quyidagi usullaridan tashkil topgan: - mutlaq qiymatlar usuli; - nisbiy qiymatlar usuli; - taqqoslash; - guruhlashtirish; - balansli usuli va boshqalar. Xarajatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Xarajat turlari Oʻzgaruvchan Yarim oʻzgaruvchan Doimiy xarajatlar xarajatlar xarajatlar 1-rasm. Xarajatlarning tasniflanishi143 Oʻzgaruvchan xarajatlarni shartli ravishda 2 ga ajratish mumkin: 1. Mahsulot tannarxiga kiruvchi: - Toʻgʻri moddiy xarajatlar (xom ashyo, materiallar); - Toʻgʻri mehnat xarajatlari (ish haqi, ish haqidan ajratmalar); - Ba’zi umumishlab chiqarish xarajatlari (yoqilgʻi-moylash, elektr energiya). 2. Davr xarajatlariga kiruvchi: - Mahsulot realizatsiyasi (tijorat) bilan bogʻliq ba’zi xarajatlar (mahsulotni oʻrash, joylash, yuklash); - ma’muriy-boshqaruv xarajatlarining ayrimlari. Oʻzgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishi bilan proporsional oʻzgaradigan xarajatlar hisoblansa, doimiy xarajatlar ishlab-chiqarish hajmi oʻzgarishidan qat’iy nazar oʻzgarmaydigan xarajatlar hisoblanadi. Doimiy xarajatlar deganda, ishlab chi

Доказательный фрагмент

«Maqolada xoʻjalik yurituvchi subyektlarning strategik boshqaruv hisobi, uning elementlari, moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi hamda xarajat turlarining nazariy-uslubiy asoslari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada xoʻjalik yurituvchi subyektlarning strategik boshqaruv hisobi, uning elementlari, moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi hamda xarajat turlarining nazariy-uslubiy asoslari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xoʻjalik yurituvchi, strategik boshqaruv, boshqaruv hisobi, boshqaruv hisobining, yurituvchi subyektlarning, doimiy xarajatlar, yurituvchi subyektning
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники