К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi davrda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi tajribalari

KEYINGI DAVRDA

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 424-428 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Res- publikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi. Bunda siz mustaqillik yillarida aholining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida olib borilgan siyosat, ularga yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar bilan tanishishingiz mumkin. Kalit so‘zlar: mustaqillik, islohot, suverenitet, bozor iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xususiy mulk, YaIM, huquqiy savodxonlik. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Vatanimiz hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston boshqa davlatning buyruqlariga qaramasdan ijtimoiy-siy- osiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalari yuzasidan milliy manfaatlar- ga mos ravishda mustaqil qaror qilishi, jamiyatni yangilash, demokratiyaga asoslan- gan davlat qurish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi muhim va mas’uliyatli vazi- falar turardi. Mustaqillikning ilk kunlaridayoq O‘zbekiston qanday islohot yo‘llarini tanlaydi, qanday jamiyat quradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi. Ma’lumki, 90-yillar boshlarida mustaqillikka er- ishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, demokratiyaga asoslangan jamiyat va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, deya ovoza qilgan edilar. O‘sha davrdayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bunday shov-shuvli fikrlarga xomxayol, safsata deb baho bergan edi, amalda ham aynan shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridayoq eski tu- zumning asorati osonlikcha yo‘qolmasligini, bu mafkura iskanjasi odamlar ongidan tez va yengil chiqib ketmasligini ta’kidlagan edi. Muhimi, yangi ijtimoiy munosa- batlar va islohotning poydevorini, zarur asosini qurish uchun ma’lum muddat vaqt, jamiyat islohot o‘tkazish jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, innovatsion fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash kerak edi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng, BMTga va boshqa xalqaro tash- kilotlarga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga o‘zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda olib borish, jahon hamjamiyatiga, jahon kurash maydoniga kirish strategiyalarini ishlab chiqish, mamlakatlararo munosabatlarning yo‘nalishlari va ustuvorligini bel- gilash imkoni yaratildi. Yurtimizning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tar- «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 426 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. moqli faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yish – davlat obro‘-e’tiborini mustahkamlash, iqtisodiy muammolarni bartaraf etish va aholi turmush darajasini yaxshilashning g‘oyat muhim va zaruriy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatining yangi va amalda bo‘lmagan yo‘nalishlardan biridir. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda adolat tushunchasining ahami- yati jahonda shakllangan demokratik va milliy qadriyatlar asosida boyitish bosh- landi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan rivojlanishning “O‘zbek modeli”ni beshta tamoyilidan biri - mamlakatimizning o‘ziga xos xususi- yatlarini jamlagan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish davlatning ijtimoiy adola- tni ta’minlash sari tashlangan qadamlar ekanligini anglatadi. O‘zbekiston davlati o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bo- zor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish ekanligini e’lon qilish asnosida qolgan barcha qoidalar ijtimoiy vazifalarni hal etish- ga, aholini ijtimoiy himoyalash, aholi turmush darajasini yaxshilash sohasida qat’iy kafolatni vujudga keltirishga bo‘ysundirdi. O‘zbekistonda hozirgi davrda mamlakatni modernizatsiyalash islohotlari o‘zin- ing yuksak natijalarini berayotgan ekan, buning asosiy sabablaridan biri - mustaqil- likning boshidayoq hozirgi davrning poydevori yaratilganidadir. O‘sha davrdayoq O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan quyidagi g‘oyalar ilgari surilgan edi: “Islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijti- moiy himoya qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining printsiplaridan biridir. Bozor iqtisodiyotini barpo etish - shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o‘zi bu eng avvalo in- son uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir” Albatta, mam- lakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlari bosqichma-bosqich ravishda ijtimoiy adolat printsiplaridan biri - aholini kuchli ijtimoiy himoyalash is- lohotlari va amaliyoti bilan uzviy uyg‘unlikda amalga oshirildi. Mamlaktni hozirgi o‘zining taraqqiyot darajasiga har qanday demokratik davlat va jamiyat uchun xos bo‘lgan qoida - barcha jabha va darajalar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Res- publikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Res- publikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
YaIM, малый бизнес и частное предпринимательство, huquqiy savodxonlik, суверенитет, mustaqillik, islohot, рыночная экономика, market economy, правовая грамотность, sovereignty, bozor iqtisodiyoti, xususiy mulk, small business and private entrepreneurship, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, independence, GDP, реформа, ВВП, private property, reform, suverenitet, независимость, частная собственность, legal literacy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники