К содержанию
РецензированоUZ2026

Xalqaro standartlarda korxona tushumlarining audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi

NAJMIDDINOV DILSHOD · STANDARTLARDA RAFIDDIN O‘G‘LI · TUSHUMLARINING AUDIT (https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp144-151) · OBYEKTI SIFATIDAGI (https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp144-151) · TASNIFI VA TAVSIFI (https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp144-151)

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 144-151 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda xalqaro standartlarda korxona tushumlarining audit ob’yekti sifatidagi tasnifi va tavsifi hamda iqtisodiyotni rivojlantirish, korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ularning jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishi va o‘zlarining tushumlarini oshirishi orqali amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Harakatlar strategiyasi, Tushumlar hisobi, IFRS 15, MXXS. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berilmoqda. Bu esa tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirishga va tushumlarining oshishiga olib keladi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu iqtisodiyotni rivojlantirishdir. Buning uchun esa korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ularni jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishi va o‘zlarining tushumlarini oshirishi orqali amalga oshirish mumkin. Tushum ko‘rsatkichini to‘g ‘ri hisobga olish va auditni o‘tkazish uning mazmun- mohiyatini chuqur o‘‘ganishni taqozo etadi. Maxsus adabiyotlarda korxonalarning tushumi mazmuni quyidagicha ifodalangan. Iqtisodiyot nazariyasi adabiyotlarida tushumga pul tushumlari yoki pul tushumlari sifatida qaralgan bo‘lsa, moliyaga bog‘liq adabiyotlarda tushum sifatida e’tirof etilgan. Misol uchun, professorlar T.S.Malikov va A.V.Vahobovlarning fikriga ko‘ra: “Tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi”.1 Professor Sh.Sh.Shodmonovning fikricha: “Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul tushumlari deyiladi. Korxona pul tushumlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul tushumlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi.”.2 Ammo 1 Ваҳобов А.В, Маликов Т.С. Молия. Д а р с л и к. Т.: Шарқ, 2010, 228-б. 2 Шодмонов Ш.Ш, Ғафуров У.У. Иқтисодиёт назарияси. Дарслик. Т.: Фан ва технолигия, 2005, 353-б. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 146 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. tushumlarni audit ob’yekti sifatida tan olishda korxona tushumlari hisobini olib borishda mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga e’tibor qaratish lozim. Tushumlarni tushum sifatida tan olishda, ularni guruhlarga ajratishda “Buxgalteriya hisobi to‘g ‘risida”gi Qonun, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, “Buxgalteriya hisobi to‘g ‘risida”gi Qonunning 18-moddasida tushumlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettirilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining 2-sonli milliy standarti – “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan tushumlar”da korxona tushumlariga quyidagicha ta’rif berilgan: “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan tushumlar-xo‘jalik yurituvchi sub’yektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlari istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlar”.1 Korxonalarda tushumlar turli manbalardan shakllanishi mumkin. Shu sababdan ham ularni guruhlarga ajratish, tarkibini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarda tushumlarini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Ularni aynan qaysi jihatini o‘rganishimizga qarab guruhlarga ajratishimiz mumkin. Tushumlarni korxonalarning xo‘jalik faoliyati jixatidan o‘rganadigan bo‘lsak, ularni asosiy faoliyatdan olingan tushumlar va asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan tushumlarga ajratishimiz mumkin. Iqtisodiy adabiyotlada keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq korxonalarning xo‘jalik faoliyati ikki turga bo‘linadi:2 Asosiy faoliyat – bu korxonaning bosh maqsadini ifodalovchi, hamda uning ustavida ko‘rsatilgan faoliyat turi (yoki faoliyat turlari). Korxonalar asosiy faoliyat turlariga misol qilib ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar basharish, qurilish, vositachilik faoliyatlarini keltirishimiz mumkin. Asosiy bo‘lmagan faoliyat –bu korxonaning bosh maqsadi bo‘lib hisoblanmaydigan, shu bilan birga qo‘shimcha foyda olish maqsadida, hamda asosiy faoliyat uchun zarurat yuzasidan yuritiladigan faoliyat turi yoki turlari. Bunday faoliyat turlariga investision, moliyaviy, emission, innovasion faoliyatlarni keltirishimiz mumkin. Shuningdek, Soliq Kodeksining 22-moddasida asosiy faoliyat turiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizasiya qilish hajmidagi sof tush

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda xalqaro standartlarda korxona tushumlarining audit ob’yekti sifatidagi tasnifi va tavsifi hamda iqtisodiyotni rivojlantirish, korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ularning jahon standartlariga mos m…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda xalqaro standartlarda korxona tushumlarining audit ob’yekti sifatidagi tasnifi va tavsifi hamda iqtisodiyotni rivojlantirish, korxonalar faoliyatini takomillashtirish, ularning jahon standartlariga mos m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Revenue accounting, Tushumlar hisobi, NXXS, МСФО 15, Action strategy, IFRS 15, Учет выручки, Стратегия действий, Harakatlar strategiyasi, MXXS
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники