К содержанию
РецензированоUZ1991

Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit, uning turlari va funksiyalari

TASHQI IQTISODIY · SHARIPOVA MOHICHEHRA · FAZLIDDIN QIZI · UNING TURLARI · VA FUNKSIYALARI sity--pp-

Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности · 48-52 · 1991

Аннотация

O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda. Jahon miqyosida ham tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi kuzatilmoqda. Kalit so‘zlar. Investitsiya, modernizatsiya, milliy iqtisodiyot, texnologiya, loyiha, xalqaro valyuta, Yaponiya, Andijon, Shvesariya , Markaziy, Yevropa. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach xalqaro munosabatlar sub’yektiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi 1991-yil 31-avgustda qabul qilgan davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonatida – “O‘zbekiston Respub- likasi xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda suveren davlat, xalqaro huquq sub’yekti bo‘lib, maydonga chiqadi deyilgan. Qis- qa vaqt ichida O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda. Jahon miqyosida ham tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi kuzatilmoqda. Jumladan, jahon statisti- kasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-2003-yillarda jahon yalpi ichki mahsuloti (joriy baholarda) 22,6 mlrd. AQSh dollaridan 36,1 mlrd. dollarga yoki 1,6 barobar oshgan bo‘lsa, mamlakatning jami eksport hajmi 4,3 mlrd. dan 9,2 mlrd. AQSh dollariga yoki 2,2 martaga oshdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar 209 mlrd. dan 560 mlrd. AQSh dollariga yoki 2,7 marta oshdi. Xalqaro munosabatlarning ma’lum qismi xalqaro kredit munosabatlariga to‘g‘ri keladi. Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlarga ega: - Qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot va muassasalar, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadi. - Qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiru- vchi kapital sifatida ishlatiladi. - Qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan kredit fondining manbasi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi. Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni ba- jaradi: - mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli 50 xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. - kapitalning markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi. - har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlar- ini qisqartiradi. Xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlari valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarni nazorat qilish maqsadida davlatlararo kelishuvga bino- an tuzilgan. Bunday tashkilotlarga Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Yevropa Qayta tiklash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Yevropa investisiya banki, Xalqaro hisob–kitob banki, Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi, Xalqaro rivojlan- ish uyushmasi, Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi va boshqalar kiradi. XVF – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsuslashtirilgan muassasasi ma- qomiga ega bo‘lgan valyuta-kredit tashkiloti bo‘lib valyuta kurslarini tartibga solish va ularga rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, shuningdek, to‘lov balanslarining beqarorligi munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari vujudga kelganda o‘z a’zolariga valyuta resurslaridan berish yo‘li bilan xalqaro savdo va savdo hamkorligini rivojlantirishga yordam beradi. XVF – AKShning Brutton Vuds Xalqaro valyuta-moliya konferensiyasida 1944-yilda tuzilgan bo‘lib, 1947-yildan faoliyat ko‘rsata boshlagan. XVF boshqaruvi beshta departamentdan (Afrika, Yev- ropa, Osiyo, O‘rta Sharq va G‘arb) tuzilgan. XVF kapitali uning mijozlari kvotasi- ga mos to‘lanadigan badallar hisobiga shakllanadi. Kvota lotincha Quota – qism, hissani bildirib, u davlatlararo shartnomalarga ko‘ra ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan kvota o‘rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin. Kvotalar o‘rnatishdan maqsad bozordagi narxni ma’lum maqsad yo‘lida o‘zgartirib turish, chunki kvota tovar taklifini chegaralaydi, bu bilan narxga binobarin foyda ko‘rishga ta’sir etadi. Kvota mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga, jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdodagi o‘rniga qarab belgilanadi. 1947 -yilda XVF ga 49 mamlakat a’zo bo‘lib, ular kvotalarning umumiy mablag‘i 7,7 mlrd AQSh dollarini tashkil et- gan. 1991-yilning o‘rtalariga kelib, XVF a’zolari 155 taga va uning kapitali 90 mlrd. dollarga yetdi. Shundan uchdan ikki qism sanoati rivojlangan mamlakatlarga, shu jumladan AQSh 1/5 qismi, 1/3 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Hozirgi XVF a’zolarining soni 181 tadan ortiq. XVF boshqaru

Доказательный фрагмент

«O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Europe, modernization, milliy iqtisodiyot, Андижан, технология, Yaponiya, national economy, Центральная, международная валюта, национальная экономика, xalqaro valyuta, Japan, project, Shvesariya, technology, modernizatsiya, international currency, Investitsiya, Andijan, Investment, Markaziy, Switzerland, Япония, loyiha, Yevropa, Швейцария, Инвестиции, texnologiya, модернизация, Central, Европа, проект, Andijon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники