К содержанию
РецензированоUZ2026

Virtual olam va uning jamiyat hayotiga ta’siri

VIRTUAL OLAM VA Tursunbekov Xurshidbek · UNING JAMIYAT (Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Maktab) · Saidova Hilolaxon (Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Maktab)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 145-149 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola texnika taraqqiyoti asrida inson hayotiga kirib kelgan virtual olam, uning jamiyatga ta’siri, o‘smir yoshlarning ongiga olib kirgan salbiy illatlari hamda uni bartaraf etish istiqbollari haqidadir. Kalit so‘zlar: virtual olam, texnokratik, IT, in’ikos, ekzistensial, umumplanetar ong, aksiologiya, aksiosfera, dominant, kinematograf. Bugun insoniyat fan-texnika taraqqiyoti eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri- da yashayotganligi bilan ham faxrlanadi, ham sarosimaga tushadi. Garchi insoniyat ushbu voqelikka ulkan aql-idrok va salohiyat orqali erishgan bo‘lsa-da, ulardagi moddiylik xususiyati birlamchi mohiyatga ega bo‘lgani uchun bugun bir qancha muammolarni yuzaga chiqara boshladi. Shu ma’noda, bugun insoniyat ushbu so- hada vujudga kelgan salbiy holatni yumshatish uchun “insoniylik” mezonlariga asoslangan yangicha texnokratik qadriyatlar tizimini ishlab chiqishi zarur. Bizningcha, an’anaviy jamiyatlardagi barqarorlik omili fan-texnika yutuqlari bi- lan ijtimoiy xulq-atvor muvozanatiga erishilganidir. Zamonaviy jamiyatlarda esa IT rivoji jamiyat moddiy taraqqiyotiga xizmat qilib, ma’naviy munosabatlarni o‘z soyasida qoldirmoqda. Xususan, Yevropadagi Ilk sanoat to‘ntarish inqilobi ushbu voqelik uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qadriyatlarni siqib chiqardi. Masalan, das- tlab texnikaning rivojlanishi qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish sanoati- ni inqirozga olib keldi, bu esa ushbu sohada band aholining qashshoqlashuviga, hatto voqelikka nisbatan keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi (Ludchilar harakatini eslang!). Bu jarayon bugungi kunga kelib birmuncha jiddiy tus oldi. “O‘tgan asrn- ing 80-90 yillarida АQSh po‘lat eritish kompaniyalarida, ishlab chiqarish ko‘lami o‘zgarmagani holda, ishchilar soni olti barobar, “Jeneral Elektrik” kompaniyasida uch barobar kamaygan” bo‘lsa, bugungi kunga kelib, umumjahon moliyaviy krizisi tufayli bu raqamlarning kundan kunga oshayotgani zamonaviy jamiyatlardagi tex- nika taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotdan uzoqlashuviga, aniqrog‘i, fan-texnika rivoji odamzodni saodatga emas, balki manfaatlar yo‘lida o‘zaro mux- olif tomonlar shakllanishiga xizmat qilmoqda. To‘g‘ri, ijtimoiy farovonlikka erishish uchun fan-texnika rivoji suv va havodek zarur. Lekin bunday ko‘rinishdagi taraqqiy- otning ma’naviy va atrof-muhitga salbiy ta’sirini hech ham oqlab bo‘lmaydi. STARS International University 145 Texnokratik qadriyatlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning tarkibiy qismlari- dan biri bo‘lgan virtual (lot. virtualis – mumkin bo‘lgan, muayyan shart-sharoitlar- da namoyon bo‘lishi mumkin yoki zarur) borliqni o‘rganish hamda uning insoniyat ongi va qalbiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tadqiq etish zarurdir. “Virtual borliq” atamasini ilk bor o‘tgan asrning 70-yillarida Massachusets tex- nologiya instituti xodimi Jeron Lener ishlatgan bo‘lsa-da, “muomalaga amerika- lik kinematografchilar tomonidan kiritilgan.Ular muayyan sabablarga ko‘ra, tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar”. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi axborotlarni uzatishga moslangan texnologi- yalarning ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli sohalariga shiddat bilan kirib borayot- ganini kuzatishimiz mumkin. Qadriyatlarning makon bilan bog‘liq xususiyatlari IT ta’sirida yo‘qolib bormoqda, bu esa etnik birlik madaniyatlarining universallashuvi- ga, an’anaviy qadriyatlari va namunali ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining zaiflashu- viga sabab bo‘lmoqda. San’at, fan va ijtimoiy hayotning tegishli sohalariga texnologiya ta’siri natijasida butunlay o‘zgacha dunyo virtual olam vujudga keldi. Bu olamdagi narsa va hodisalar rivoji o‘ziga xos tarzda virtual tafakkurdagi insonlar jamoasini hamda qadriyatlarini shakllantiradi. Inson qachonki o‘zini virtual olamning ajralmas qismi sifatida his eta boshlasa, undagi narsa va hodisalar qadriyatga aylana boradi. Bizningcha, virtual olam tushunchasining tadqiqotimiz maqsadiga yaqinroq tahlili – moddiy ko‘rinish- dagi narsa va hodisalarni kompyuter grafikasi vositasida bo‘rttirib, xayoliy qayta shakllantirish yoki obyektiv borliqni subyektivlashtirishdir. Virtual olam ham tabiiy olam singari makon, vaqt, mavjudlik, yo‘qlik kabi qonuniyatlarga ega. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u real olamni o‘z imkoniyatlari doirasida tasavvur etishi, o‘zgartirishi, oq yoki qora rangda tasvirlashi mumkin, ya’ni u haqiqiy mustaqillikka ega. Аyni paytda “barcha boshqa realliklar bilan ulardan ontologik jihatdan mustaqil bo‘la turib o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin, aktual, ya’ni uni tug‘diruvchi reallik faol bo‘lgunga qadar mavjud bo‘ladi”. Virtual olamda ehtimollik, ideallik, loy- ihalashtirish, insoniy yoki hayvoniy qiyofa tanlash erkinligi, takrorlash, taqlid kabi barcha imkoniyatlar subyektning ixtiyorida bo‘ladi. Bu yerda real olamdagi barcha narsa va hodisalar faqat in’ikos etadi. Bu olam “tasvirlar dunyosi”dir. Virtual olam ijodkori va yaratuvch

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola texnika taraqqiyoti asrida inson hayotiga kirib kelgan virtual olam, uning jamiyatga ta’siri, o‘smir yoshlarning ongiga olib kirgan salbiy illatlari hamda uni bartaraf etish istiqbollari haqidadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola texnika taraqqiyoti asrida inson hayotiga kirib kelgan virtual olam, uning jamiyatga ta’siri, o‘smir yoshlarning ongiga olib kirgan salbiy illatlari hamda uni bartaraf etish istiqbollari haqidadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axiology, in’ikos, доминанта, аксиология, кинематографист, dominant, технократический, cinematographer, axiosphere, всеобщее сознание, texnokratik, aksiologiya, aksiosfera, universal consciousness, виртуальный мир, IT, perception, ИТ, virtual world, восприятие, ekzistensial, kinematograf, technocratic, existential, аксиосфера, virtual olam, экзистенциальный, umumplanetar ong
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники