К содержанию
РецензированоUZ2026

IT-kelajak kasbi

Kutb ko’chasi (STARS International University talabasi, 2) · USANOV F.A. (STARS International University talabasi, 2) · O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (STARS International University talabasi, 2)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 116-119 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada IT-soha hayotimizda qanchalik kerak ekanligi xususida qisqacha yoritilgan. Bugungi kunda jahonda va mamlakatimizda IT-sohaga kata e’tibor qaratilmoqda. Ushbu soha vakillariga esa talab borgan sari ortib bormoqda. Mamlakatimizda bu sohaning asl mutaxassislari ko’p emas. Shuning uchun hukumatimiz o‘z e’tiborini bu sohani rivojlantirishga, yoshlarni bu sohaga jalb etishga qaratgan. Poytaxtimiz markazida qad ko‘targan va foydalanishga topshirilgan IT-parki ham bu soha mamlakatimizga qanchalik kerakligini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar. information technology, one million uzbekcoders, fullstack, backend, frontend, frilancer, birja, deadline, YaIDXP. Bugungi kunlarda «IT» so‘zi keng qo‘llanilmoqda. Xo‘sh, bu so‘z o‘zi qanday ma’noni anglatadi? IT ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» degan ma’noni anglatadi. Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajarishda qo‘llaniladigan texnologiyalardir. Insonlar telefon, planshet,kompyuterlarda foydalanadi. IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering. Hech qachon «IT-texnologiyalari» deya qo‘llamang. Agar bu jumlani to‘g ‘ridan to‘g‘ri o‘zbekchaga o‘girsak, «Axborot texnologiyalari texnologiyalari» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu esa lug‘aviy jihatdan noto‘g ‘ri. Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib oldik. Xo‘sh, hayotda bu jumla bilan nimalarni bog‘lashimiz mumkin? — muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat…); — axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari…); — axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, media soha, elektron hujjatlar…); — o‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar…); — dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar…). Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 116 Demak, bugungi hayotimiz ushbu soha (IT-soha) bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’i nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT-xizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT-qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlarni almashamiz, , dam olish uchun foydalanamiz va hokazo. [1] Ish jarayoni kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli har bir korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham. Shuning uchun bu sohaga qiziqish va talab katta. IT sohaning yo’nalishlaridan biri dasturlashdir. Dasturlash turli xil sohalarda qo’llaniladi. Misol keltirsak, svetoforning ishlashi, robotlarni boshqarish, va ularni yaratishda, haydovchisiz avtomobillarni boshqarishda, dasturlarning o’rni katta. Dasturlarni tuzuvchilarni esa dasturchilar deb ataymiz. Men: “One million Uzbekcoders” dan “Fullstack” yo’nalishini tanladim. Fullstack dasturchi – web-dasturchi hisoblanadi. Web-dasturchi web-ilovalar, web-saytlar ishlab chiqadi. Web-dasturchi ikki qismga bo’linadi. Bular: Backend dasturchilar va Frontend dasturchilardir. Backend dasturlarning asosiy qismi va yadrosi hisoblanadi. Asosiy qoidalar shu qismda yoziladi. Frontend qismi tashqi qismi, ya’ni foydalanuvchiga ko’rinadigan qismi bo’lib, tekstlarning rangi, ma’lum bir tugma bosilsa, nimalar bo’lishi aynan frontend qismida amalga oshiriladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bilan mashg‘ul bo‘layotgan yoshlar sonini oshirish va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda respublikamiz bo‘ylab kadrlar siyosatini oqilona yuritish eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda frilancerlik eng tez rivojlanayotgan kasblardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirda «frilans» so‘zi tobora tez-tez uchrab turibdi, xususan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona, tashkilot va oliy ta’lim muassalarida o‘tkazilayotgan yig‘ilish va forumlarda tilga olinmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat muassasasi tomonidan ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bilan mashg‘ul bo‘layotgan yoshlar sonini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, talaba yoshlarni va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularga qo‘shimcha daromad manbalarini topishga ko‘maklashish maqsadida bir qancha tadbirlar tashkillashtirib kelinmoqda. Xususan,joriy yilning 3-iyunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov boshchiligida frilancerlar va frilancer bo‘lish istagida bo‘lganlar bilan ochiq muloqot tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda 200 dan ortiq yoshlar masofaviy tarzda ishtirok etishdi. Joriy yilning 2-iyulida Amity universitetida «Frilancingga birinchi qadam» mavzusida forum tashkil etildi. Ushbu forumga frilancerlik sohasida muvaffaqiyat qozongan va hozirgi kunda IT-tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar jalb qilindi hamda 300 dan ortiq yo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada IT-soha hayotimizda qanchalik kerak ekanligi xususida qisqacha yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada IT-soha hayotimizda qanchalik kerak ekanligi xususida qisqacha yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
биржа, YIDXP, фрилансер, one million Uzbekcoders, миллион узбеккодеров, backend, freelancer, fullstack, frontend, frilancer, фуллстек, YaIDXP, бэкенд, birja, фронтенд, information technology, информационные технологии, stock exchange, дедлайн, deadline
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники