in LibraryZilola Ilhom qizi T.: y, MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA JADIDCHILIK +32018
O‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan e’tiborni oshirishda estetik tarbiyaning roli
O‘QUVCHILARDA TABIATGA · TEMIROVA MATLUBA · KARIM QIZI · BO‘LGAN E’TIBORNI · OSHIRISHDA ESTETIK (Termiz davlat Pedagogika instituti)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 85-89 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda estetik tarbiyaning mazmun va mohiyati yoritildi, o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tutgan o‘rni, shuningdek, estetik tarbiyani takomillashtirish- ning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi, dars jarayonida o‘quvchilarning estetik tarbiyasini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi, o‘quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirishda tabiiy fanlarning o‘rni va samaradorligi aniqlandi, o‘quvchilarn- ing tafakkuri, ularning dunyoqarashi, xatti-harakati, o‘quvchilarning estetik tafakkurini rivo- jlantirishda o‘qitishning barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinf- dan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga estetik tarbiya berish orqali tafakkurni shakl- lantirish imkoniyatlari aniqlandi. Tayanch so‘zlar: boshlang‘ich sinf, estetik tarbiya, tabiiy fanlar, tabiatni muhofaza qilish, tirik tabiat burchagi, estetik his, go‘zallik, kamtarlik, axloq-odob, nafosat tarbiyasi, estetik did, estetik tarbiyaning vazifasi. Kirish. Hozirgi kunda tabiat va u uni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari butun dunyoning globalmuammosigaaylandi. Jumladan, dunyo bo‘yicha jamiyat hayotining barcha sohalariniisloh qilish barobarida, fuqarolarga tabiatni asrab- avaylash, ekologikbarqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Maqsadga erishish yo‘lida ekologik tarbiyaning jamiyat ma’naviy hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan, o‘quvchilardaekologiya, tabiat muhofazasi yuzasidan bilim va tushunchalarni tarbiyalashda milliy qadriyatlardan samarali foydalanish masalalari muhim ahamiyatkasb etmoqda. Darhaqiqat, o‘quvchilar bilan bu muammolarning tabiatga bo‘lgan munosabatlarining o‘zgaruvchanligi uchungina dolzarblik kasb etmaydi, balki inson hayoti uchun xavfli hisoblanayotgan tabiatning tabiiy go‘zalligi yo‘qolib borayotganligi uchun ham juda dolzarbdir. Kichik yoshdagi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun atrof-olam va tabiatni xis-hayajon bilan qabul qilish xarakterlidir. Bolalar hamma narsani o‘rganib chiqishlari, qo‘l bilan ushlab ko‘rishlari, kattalarning tushuntirishlarini ishtiyoq bilan tinglashlariga qaramay, atrof-olamdagi hodisalarda ko‘p jihatlarni payqab ololmaydilar, chunki ular o‘zlarining hissiyot va qiziqishlarini qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarga e’tibor beradi, muhim bo‘lsa ham hayajon uyg‘otmaydigan narsalarga e’tibor STARS International University 85 bermaydilar. Shunga ko‘ra bolalarni tabiiy obyekt va olam bilan tanishtirib borishda ularning jozibaliligiga, go‘zalligiga alohida e’tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiat va uni asrash haqida tarbiya berar ekanmiz, bu ma’lumotni estetik tarbiayasiz yetkazib berish qiyin. Estetik tarbiyani boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yetkazib berishning samarali vositalaridan biri tabiiy fanlarni o‘qitishda mashhur ijodkor-rassomlar chizgan rasmlarning nusxalaridan foydalanish va o‘qituvchining badiiy asarlardan parchalarni sharhlab tushuntirishidir. Chunki tabiatni shoirona qabul qilish, uni chuqurroq anglash va go‘zalligi va nafisligini his etishga yordam beradi. Maktabgacha ta’limda tahsil olgan yoshlar o‘yin faoliyatidan maktab hayotiga tezroq moslashishi uchun ham ko‘rgazmalilik alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quchilarining estetik hislarini rivojlantirishda, did-u farosatlarini shakllantirishda va bilim doiralarini kengaytirishda tabiatga ekskursiyalar uyushtirish katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiat va tevarak-atrofni o‘rganish uni estetik qabul qilish bilan uyg‘unlashishi kerak. Chunki bola tabiatini qancha chuqurroq idrok qilsa, shuncha u o‘quvchiga shodlik bag‘ishlaydi, uning ko‘z oldida tabiat har tomonlama namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflardagi maktab o‘quvchilarini tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatini (maysazorlar, bog‘lar, istirohat bog‘larini shakllantirish) tarbiyalash kerak. Tirik tabiat burchagi, o‘quv-tajriba maydonchasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar (sinfdan tashqari o‘qish uchun kitoblar tanlash, ko‘rgazma, ertaliklar tashkil qilish) shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e’tibor faqat tabiat obyektlari bilan zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta’sirli bo‘lmaydi. Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali, o‘quvchilarning tabiat bilan aloqada bo‘lishlarining barcha shakllarini hisobga olgan holda olib borilishi kerak. Estetik did estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri bo‘lib, his-tuyg‘u va tafakkur birligi, insonning o‘zligini namoyon qiluvchi vositadir. Estetik didga ega bo‘lgan inson atrof-muhitni go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik kabi mezoniy tushunchalari orqali ko‘zdan kechiradi. Yuksak estetik didga ega bo‘lishi o‘zinigina emas, atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu qobiliyat tabiiy tug‘ma qobiliyatga borib taqalsa-da, ammo o‘zini, asosan, tarbiya, ijti
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda estetik tarbiyaning mazmun va mohiyati yoritildi, o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tutgan o‘rni, shuningdek, e…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda estetik tarbiyaning mazmun va mohiyati yoritildi, o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tutgan o‘rni, shuningdek, e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- morals, axloq-odob, nature protection, tabiiy fanlar, aesthetic taste, natural sciences, estetik tarbiyaning vazifasi, уголок живой природы, эстетическое воспитание, охрана природы, естественные науки, скромность, go‘zallik, tabiatni muhofaza qilish, эстетическое вкус, tirik tabiat burchagi, modesty, начальная школа, elementary school, нравственность, beauty, красота, nafosat tarbiyasi, эстетическое чувство, kamtarlik, задача эстетического воспитания, estetika, corner of living nature, the task of aesthetic education, education of sophistication, estetik tarbiya, boshlang‘ich sinf, aesthetic sense, aesthetic education, воспитание утонченности
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025