К содержанию
РецензированоUZ2026

Talaba yoshlarni kasbga tayyorlashda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni

TALABA YOSHLARNI · SHUKUROVA H. · KASBGA TAYYORLASHDA · NE’MATOVA MADINABONU · QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING · MUHIM O‘RNI JDPU

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 74-77 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari haqida keng to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Mustaqilligimiz, qadriyat, qo‘g‘irchoq teatri, ruhiy-ma’naviy, litsenziya, “Risolai qo‘g‘irchoq”, “shayton o‘yin”, Husan Voiz Koshifiy, drama, milodiy, dramaturg, “Zumrad va Qimmat”. Mustaqilligimiz urf-odat va an’analarimizning jamiyatning birlashtiruvchi imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanish uchun keng yo‘l ochdi. Kattalarga hurmat, o‘zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘urish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va udumlarning asosiy jihatlari bo‘lib kelgan. Qadriyat shaxs irodasi, harakat me’yori, aqli yetukligini to‘ldiradi. Bu esa, o‘z navbatida, burch bilan xohish o‘rtasidagi tavofutlarni anglab yetishga yordam beradi. Natijada, milliy qadriyatlar, tarbiyalarning rivojlanishi, muayyan jamiyatdagi shaxs kamolotining belgisi bo‘lib, ijtimoiy tadbirlarda bo‘lgan munosabatda yaqqol ko‘rinadi. Ana shunday qadriyatlarni shakllantirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni bor. Qo‘g‘irchoq teatri haqidagi ma’lumotlar esa boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Boshlang‘ich sinflarda adabiy-nazariy tushunchalarni shakllantirish metodikasi” tanlov fani orqali o‘rgatiladi. Ushbu fanda nafaqat qo‘g‘irchoq teatri haqida talabalarga ma’lumot berish, balki ertak, hikoya janrlarini o‘qitishda amaliy jihatdan ularni tayyorlash juda katta ahamiyatga ega. Qo‘g‘irchoq teatri kecha yoki bugun paydo bo‘lgan san’at turi emas. Uning tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. U o‘zimizning murakkab rivojlanish yo‘lida ulkan voqealarga guvoh bo‘ldi. O‘tgan har bir davr uning taraqqiyotida o‘z muhrini qoldirdi. Bu tabiiy, har qanday teatr – bu davr mahsuli. Davr qaysi mafkura, qaysi g‘oyani ilgari sursa, san’atda ham shu aks ettiriladi, nimaiki qaralsa, undan voz kechishga undaydi. Biroq barcha zamonlarda qo‘g‘irchoq teatri o‘zining xalqchil ruhini, mo‘jizaviy qudratini va tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U hamisha o‘zidan katta masshtabdagi voqeliklar, umuminsoniy, falsafiy g‘oyalarni mujassam qilishga intilgan. Qo‘g‘irchoq teatri barcha davrlarda o‘z aktyorlar-u sanatini saqlab Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 74 qolishga, uni tushunmaydigan insonlardan pana tutishga va avlodlarga bor jozibasi bilan yetkazishga harakat qilib kelgan. Masxarabozlar, aktyorlar, xullas, tomosha san’atining ishtirokchilari quvilgan, badarg‘a qilingan, ayovsiz savalangan vaqtlarda qog‘irchoq teatri ijodkorlari bu og‘ir qismatdan omon qoldi. Din peshvolari nazarida, qo‘g‘irchoq teatri yaxshilik, ruhiy-ma’naviy poklikka va itoatkorlikka chorlaydigan ijrochilarning hayot tumoriga, hozirgi zamon tili bilan aytganda, mustaqil faoliyat yuritishga huquq beradigan litsenziyaga aylandi. “Ulamo qo‘g‘irchoq o‘yinini bir marta ko‘rish uchun mumkin ,deb fatvo berdi va buni quyidagicha izohlaydi: “Qo‘g‘irchoq bu teshikdan chiqib, bir jilva qilib, ikkinchi teshikka kiradi. Odam onadan tug‘ilib, dunyoga kelib, olam ichra bir jilva qilib, oxiri go‘rga kiradi. Shuning uchun bu o‘yinni bir ko‘rsa, ikki marta ko‘rib bo‘lmaydi. Zeroki, bu shayton chiqargan o‘yinni ikki marta ko‘rgan odam iymondan ayriladi”. Biroq vaqt o‘tishi bilan undagi talablarga amal qilmay, din peshvolari, amaldorlar, davlat rahbarlari, tanqid ostiga olingan. Qolaversa, og‘zaki dramaturgiyaga asoslangan an’anaviy teatrda belgilangan talablar va qat’iy qonunlarga bo‘ysunish hamisha ham oson bo‘lmaydi. Shu tufayli qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari risolasida ta’kidlangan passivlik, tarki dunyo qilish va so‘fizmni emas, balki optimistlik, hayotini sevish va undan bahra olish tamoyillarini ilgari surishgan. Biz yuqorida an’anaviy teatr aktyorlarining tomoshadagi o‘rni xususida to‘xtaldik, uning ijrosidagi o‘ziga xosliklarni belgilashga imkon qadar urinib ko‘rdik. Qo‘g‘irchoq teatri ijrochilarining ijodiy yo‘li, ruhiy-ma’naviy dunyosi va qalb kechinmalari xususida alohida to‘xtalib o‘tishni joiz topdik. Boisi, bu chindanam ibrat bo‘larli, boy tarixga va bugungi kun aktyorlari uchun namuna bo‘la oladigan katta maktabdir. Qo‘g‘irchoqqa jon kiritish – bu san’at. Biroq hamma davrlarda bu ijobiy qabul qilinmagan. Biroq o‘z yo‘lini dadil davom ettirgan qo‘g‘irchoq teatri o‘z sohasida falsafiy, diniy ta’lim unsurlarini birlashtira oladi. Ma’lumki, “Risolai qo‘g‘irchoq”da qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi xususida ajoyib bir rivoyat uchraydi. Unda bu san’at turiga “shayton o‘yin” deb ta’rif berildi. Uning ijrochiligidagi mo‘jizani oddiy inson o‘z qo‘li bilan yarata olishiga ishona olmaydi. Go‘yo bu qudratga faqat sehr-jodu yordamida erishish mumkin. Ammo o‘z davrining yetuk olimlari bu g‘aroyib hodisaga o‘zgacha talqinda munosabat bildiradi. Bu o‘rinda mashhur tarixchi, olim Husayn Voiz Koshifiyning qo‘g‘irchoq teatri o‘yini to‘g‘risidagi fikrlari biz uchun qimmatlidir:

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari haqida keng to‘xtalib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari haqida keng to‘xtalib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
духовная, вольность, "Risolai doll", "Emerald and Precious", Наша независимость, “Zumrad va Qimmat”, Хусан Вайз Кошифи, qo‘g‘irchoq teatri, “shayton o‘yin”, value, АД, драматург, dramaturg, license, ценность, dramatist, "Satan game", «Игра сатаны», ruhiyma’naviy, spiritual-spiritual, Husan Voiz Koshifiy, Mustaqilligimiz, puppetry, AD, qadriyat, «Изумруд и драгоценность», кукольность, «Кукла Рисолай», litsenziya, Our independence, Husan Vaiz Koshifi, drama, milodiy, драма, “Risolai qo‘g‘irchoq”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники