in LibraryZilola Ilhom qizi T.: y, MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA JADIDCHILIK +32018
Чолпон – поэт истинного сердца и чувств
CHIN YURAK VA HIS SHOIRI · Nurboy JABBOROV
in Library · 2026
Аннотация
Maqolada Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyatida milliy istiqlol gʻoyasining poetik ramzlar vositasida ifodalanishi masalasi tadqiq qilingan. Shoir lirikasida xayol, kishan, bulut, yulduz, tong singari ramzlarning poetik vazifasi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirilgan. Tahlillar natijasida ushbu poetik ramzlar istibdod iskanjasidagi yurt timsolini, shoirning millat ozodligi, Vatan mustaqilligi haqidagi orzularini, armonlarini ifodalaganiga doir ilmiy umumlashmalar chiqarilgan. Kalit so‘zlar: she’riyat, poetik ramz, xayol, kishan, bulut, yulduz, tong, poetik timsol, istibdod, millat ozodligi, milliy istiqlol, badiiy talqin. Yangi o‘zbek she’riyatida Abdulhamid Cho‘lponning mavqeyi alohida. Ulug‘ shoir dolg‘ali dengiz to‘lqinlari yanglig‘ ko‘pirib-toshgan tuyg‘ularini, bamisoli sarobday yetib bo‘lmas orzularini, ko‘nglini o‘rtagan cho‘ng armonlarini poetik ramzlar tiliga ko‘chirdi. “Chin yurak va his shoiri” (3,12) o‘laroq millatning yuragini istibdod zanglaridan tozalamoq istadi, uning his- tuyg‘ularini istiqlol yolqini bilan yoritdi. “Buloqlar” to‘plami chop etilishi munosabati bilan zamondoshi Vadud Mahmud: “Cho‘lpon o‘zbekning yangi shoiridir. Shuning uchun o‘zbek elining bu kungi ruhi, holi, sezgisi “Buloqlar”da qaynaydir. O‘zbek tili, o‘zbek ohangi “Buloqlar”da sayraydir, o‘quydir. O‘zbekning ruhiy to‘lqinlari bunda ko‘puradir, ko‘klar tomon uchadir, ko‘tariladir” (2,16), deganida yuz karra haq edi. Ma’rifatparvar jadidlarning eng katta orzusi istiqlol bo‘lgani ayon. Savol tugʻiladi: milliy istiqlol haqidagi orzularini Cho‘lpon qanday ramz va timsollar orqali ifoda etdi? Ulardan ayrimlarini tahlil etishga harakat [1] filologiya fanlari doktori, professor, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jabborov-nurboy@rambler.ru 298 . MÜŞTEREK VE MİLLÎ ŞAİRLERİMİZ MEHMED ÂKIF ERSOY VE ABDULHAMiD SÜLEYMAN ÇOLPAN SEMPOZYUMU qilamiz. Bizningcha, ulardan birinchisi – xayol. Shoir nazdida xayol – millatning ozodligi, yuksalishini ifodalovchi poetik ramz. Ushbu ramz Cho‘lpon she’riyatida qanday mazmunni ifodalaydi? Ayon haqiqat shundaki, vujudni zanjirband etish mumkin, lekin xayolni emas. Eng og‘ir mustamlaka zamonlarida erkinligini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan yagona narsa bu – xayol bo‘lgani ma’lum. To‘g‘ri, xayolga kishan solmoq mahol. Biroq u ko‘kka uchsa, havoga sovrilsa-chi? Cho‘lponning mana bu satrlarida aks etgan iztirobning sababi shunda: Keng xayollar uchdimi ko‘kka Butun umidlarim yovlarmi ko‘mdi?! Xayol qachon odamga quvvat beradi? Qachonki real voqelikka aylansa... Aks holda u ko‘ngilga yupanch bo‘la olmaydi. Xayol, orzu voqelikka aylanmas ekan, maqsadga erishmoq dushvor. Binobarin, o‘y, xayolning o‘zigina ko‘ngil istagini qondirmasligi ayon. Mana bu misralar ana shunday kayfiyat samarasi o‘laroq ijod etilgan: O‘ylangan o‘ylar-la ko‘ngil yupanmas, Ko‘ngilning istagi o‘y bilan qonmas, Aytsalar bu tunda yorug‘ sham yonmas, Chaqmasa gugurtni asl o‘g‘lonlar. “Cho‘lpon shuurida qanday qutlug‘ niyatlar tug‘ilgan, boshida qanday olijanob o‘ylar charx urgan bo‘lmasin, – deb yozadi akademik Naim Karimov ushbu satrlarni tahlil etar ekan, – shoir ko‘ngli faqat bir narsadan – Turkiston o‘g‘lonlarining gugurt chaqib, tunni yoritishlaridan munavvar bo‘lishi mumkin edi” (4,203). Ustoz olim Cho‘lpon Anvar Poshoni ana shunday o‘g‘lonlardan biri deb bilgani, uning mustamlakachilar armiyasi bilan bo‘lgan qaqshatqich kurashda halok bo‘lganidan astoydil qayg‘urgani haqida yozadi. Bu fikr ham Cho‘lpon she’riyatidagi o‘y, xayol timsollari zamirida Vatan va Millat ozodligi g‘oyasi yashiringanini tasdiqlaydi. Kishan – istibdod iskanjasidagi yurt ramzi. Cho‘lpon eng faol qo‘llagan bu poetik ramz orzudan ko‘ra ko‘proq armonni ifodalagan. Zero, kishan va ozodlik birgalikda mavjud bo‘la olmaydi. Ulardan birining borligi o‘z-o‘zidan ikkinchisini inkor etadi. Vujud ham mayli, ko‘ngil kishanlangan bo‘lsa-chi?! – Fojia bundan ham ortiq bo‘lmas: Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do‘stlashding?! Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding?! Cho‘lpon – buyuk isteʼdod egasi. Yangi o‘zbek she’riyati yuzaga kelishida MÜŞTEREK VE MİLLÎ ŞAİRLERİMİZ MEHMED ÂKIF ERSOY VE ABDULHAMiD SÜLEYMAN ÇOLPAN SEMPOZYUMU . 299 uning xizmatlari beqiyos. Ushbu satrlar aslida aruzda – hazaji musammani solim vaznida yozilgan. Lekin she’r shoir to‘plamlarida barmoqdagi kabi bandlarga bo‘lingan holda grafik shakllantirilgan. Agar barmoq vazni talabidan yondashilsa, ayni grafik ko‘rinishda she’r 4+4 turog‘ida yozilgandek ko‘rinadi. Bizningcha, Cho‘lpon she’rni maqsadli ravishda ana shunday shakllantirgan. Shoirning bu harakati amalda barmoq vazniga o‘tish uchun tayyorgarlik edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, jadidlar yangi o‘zbek she’riyatiga o‘tish jarayonini ana shunday ijodiy “eksperiment”lardan boshlagan edi. Endi she’rdagi “kishan” ramzi tahliliga o‘tamiz. Chin shoir ko‘ngli armonlar iskanjasida qolib ketishi mumkin emas. Bu armon zamiridan orzu o‘sib chiqishi aniq. Zero, orzudan mosivo insonning qanoti qayrilib qoladi,
Доказательный фрагмент
«Maqolada Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyatida milliy istiqlol gʻoyasining poetik ramzlar vositasida ifodalanishi masalasi tadqiq qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyatida milliy istiqlol gʻoyasining poetik ramzlar vositasida ifodalanishi masalasi tadqiq qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- поэтический символ, national freedom, she’riyat, yulduz, national independence, облако, cloud, poetry, тирания, badiiy talqin, художественная интерпретация, artistic interpretation, национальная свобода, poetik timsol, утро, poetic symbol, kishan, star, национальная независимость, поэзия, morning, xayol, istibdod, millat ozodligi, fantasy, poetik ramz, фантазия, bulut, tong, shackle, tyranny, milliy istiqlol, звезда, оковы
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025