Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Business in the Republic, and some issues of its development
AVAZBEK VALIYEV · AYRIM MASALALARI (RIVOJLANTIRISHNING Stars International University) · ILMIY RAHBAR: SAIDOVA (RIVOJLANTIRISHNING Stars International University) · MARHABO XABIBULLO QIZI (RIVOJLANTIRISHNING Stars International University)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 313-319 · 2026
Аннотация
The article reviewed a statistical analysis of business development as well as there were given necessary recommendation in order to enhancing business environmen- tin Uzbekistan. Keywords: business, privatization, ownership, uniform state business register, employ- ment, level of welfare. O‘zbekiston Respublikasida biznes sohasining rivojiga mamlakat o‘z suverenite- tiga ega bo‘lgan hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “O‘zbek modeli”ni ishlab chiqqan vaqtdan boshlab alohida ahamiyat qaratilmoqda. Boisi ushbu sohani rivo- jlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahsulot ishlab chiqarish samaradorli- gi va raqobatbardoshlik oshadi, kambag‘allik darajasi pasayishi hisobiga aholining o‘rtacha daromadli qatlami ko‘payadi hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj- lantirishga erishiladi. Biznes har qanday sharoitga tez moslashuvchan va o‘zgaruvchan tendensiyalar- ga javob bera oladigan, innovatsiya va novatsiyalarning yaratilishiga hamda amal- da qo‘llanilishiga olib keladigan, iqtisodiyotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan soha hisobla- nadi. Barcha rivojlangan davlatlar tajribasidan biznes sohasining nechog‘lik muhim tarmoq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Amerika iqtisodiyoti rivojida Van- derbilt, E.Karnegi, Rokfeller, J.P.Morgan va g.Ford magnatlarining biznesni noldan boshlab, aql bovar qilmas darajada rivojlanib ketishiga erishish orqali butun insoni- yat tarixiga foyda keltirganligi ma’lum. Bundan kelib chiqib ayta olamizki, mablag‘ yetarli bo‘lmasa-da, biznes reja va biznes g‘oya orqali moliyalashtirish manbalarini topib, sherikchilik asosida, boshlanishida kichik biznes sub’yekti bo‘lib, keyinchalik yirik biznesga aylanib, birinchi navbatda o‘z oilasiga, Vataniga, xalqiga foydasi te- gadigan tadbirkor bo‘lishi mumkin. Yurtimizda biznes rivojlanishini yangi bosqichiga o‘tish, tadbirkorlik sub’yekt- lariga yanada yaxshi shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamiz birinchi STARS International University 313 Prezidenti I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan kichik biznes va xususiy tadbir- korlik rivojiga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlari, tashabbus va takliflarini davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashga ahamiyat qaratib, o‘z ma’ruzalarida “har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarini hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish kerak. Tadbir- korlarning ko‘pchiligi haqiqiy fuqarolik pozisiyasida turib, yetim bolalar va nochor oilalarga, mahallalar va ijtimoiy soha muassasalariga beg‘araz yordam bermoqda” deya ta’kidlagan.[1] Biznesning jamiyat ijtimoiy tizimida tutgan o‘rni tahlil qilinar ekan, bu bora- da olimlarning qarashlari ham albatta muhimdir. R.Kantilon, M.Veber, V.Zombard, Y.Shumpeterlarning izlanishlarida tadbirkor “biznes-lider”, ishlab chiqarishning tashkilotchisi, deb e’tirof etilgan. J.Sey tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaga aso- san, tadbirkorga ilk marotaba menejer sifatida qarash shakllangan. F.Xayek tad- birkorlar o‘rtasidagi qattiq raqobat kurashiga alohida e’tiborni qaratib, tadbirkor- lik faoliyatining alohida ajratib turuvchi belgisi sifatida-daromad olish maqsadida yangi imkoniyatlarni qidirishga intilishni ajratib ko‘rsatadi. Shuningdek, R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida, ya’ni talabalarni kasbga tayyor- lash davomida kasbiy talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarning shakllanish jarayoni talabaga kasbiy o‘z-o‘zini boshqarish imko- nini beruvchi kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi. K.MAK-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni amalga os- hirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar. Sharq mamlakatlaridan, Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd, Yusuf xos Hojib, Amir Temur va boshqa bir qator olimlarning fikr-mulohazalari ham bayon etilgan. Shuningdek, hozirgi o‘zbek olimlaridan i.f.d. A.Abdullaev, i.f.d. A.Sotvoldiev, i.f.n. I. O‘rinboev, i.f.n. S. Abdullaev, i.f.D. A. Qodirov, i.f.n. M.Teshaboev, H.Aybishev, S.G‘u- lomov, M.Boltabaev, B.G‘oyibnazarovlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari bilan tadbirkor- likni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Biznes sohasi aholining barcha qatlami shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan sohadir, ayniqsa, u xotin-qizlarni o‘zlariga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlashda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasi- da, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, jahon standartlariga javob bera oladigan milliylik hamda zamonaviylik unsurlarini o‘zida aks ettirgan mato va libos- larni yaratishni rivojlantirish lozim. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, imkoni- ya
Доказательный фрагмент
«The article reviewed a statistical analysis of business development as well as there were given necessary recommendation in order to enhancing business environmen- tin Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article reviewed a statistical analysis of business development as well as there were given necessary recommendation in order to enhancing business environmen- tin Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- business, privatization, ownership, uniform state business register, employ-, бизнес, xususiylashtirish, level of welfare, mulkchilik, farovonlik darajasi, employment, tadbirkorlik, bandlik, уровень благосостояния, единый государственный реестр предприятий, приватизация, собственность, yagona davlat biznes reestri, занятость
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021