К содержанию
РецензированоUZ2021

Samarqand shahrining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi yechimi

M- AVTOMOBIL · MADIEV FARRUKH · YO‘LINING MUYSINOVICH · CHIQISH YO‘LI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 146-149 · 2021

Аннотация

Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomo- bil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar harakati uzluksiz, ya’ni taklif-lo- yiha shunday loyihalashtirilganki, transportlarning hamma tomonga harakati svetoforsiz ham ta’minlangan; mavjud qurilgan binolarni buzib, orqaroqqa surishning hojati yo‘q, yo‘lning mavjud gabaritidan maksimal darajada foydalanilgan; taklif qilinayotgan loyiha- ni va bajarilgan ishlarni nafaqat Samarqand viloyatida, balki Respublikamizning boshqa aholisi zich, tirband ko‘chalarida loyihalash va ularni amalda qo‘llash maqsadida yuqori- dagi amaliy tavsiyalarni hayotga tadbiq etish mumkin. Kalit so‘zlar: M-39 avtomobil yo‘li, estakada, yo‘lo‘tkazgichlar. Samarqand viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida 60 dan ortiq yirik ko‘prik va estakada joylashgan. Bu suratlar 2021-yilning 20-fevral kuni soat 15 dan 02 daqiqa o‘tganda va 15 dan 18 daqiqa o‘tganda olingan. Shahar ko‘cha va yo‘llari tirbandliklariga Samarqand shahri misolida to‘xtaladigan bo‘lsak, bizga ma’lumki, Samarqand shahri tarixiy shahar hisoblanadi. Shunday ekan, oldimizda shahardagi mavjud tarixiy obida- larga va shaharning arxitekturaviy dizayniga ziyon yetkazmagan holda ko‘cha va yo‘llardagi, chorrahalardagi tirbandliklarni bartaraf etish masalasi turibdi. Shahri- miz ko‘chalari bo‘ylab yo‘l yoqalarida bir-biridan ko‘rkam va shinam qator jamoat va ma’muriy binolar qad ko‘tarib turibdi. Bu binolarni buzib, 5-10 metr orqaga surgandan yoki boshqa bir joyga ko‘chirgandan ko‘ra chorrahalarda yo‘l o‘tkaz- gich, ko‘priklar orqali tirbandlikning olish hamda shaharning arxitekturaviy dizay- ni va masalaning iqtisodiy tomondan samaradorligi yuqoridir. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 146 1-rasm. Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li 1081-km.ga chiqish yo‘li chorrahasining sputnik orqali aeroxaritasi ko‘rinishi. Quyidagi geodezik ishlar, gen plan, chorraha rejasi, 3D ko‘rinishlar orqali Pan- jikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasiga o‘zimning tak- lif-loyihamni taklif etaman. Mazkur inshootni bunyod etishdan ko‘zlangan maqsad Samarqand shahri- da transport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda yangi qurilayotgan “Sa- marqand city” hududiga keladigan sayyohlar va fuqarolarga qulaylik yaratishdir. Samarqand shahridan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1083-kilometrida yangi yo‘lo‘tkazgich “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikquri- lishloyiha” korxonasi hamda Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlik- da tayyorlangan loyiha asosida barpo qilinmoqda. Loyihaga ko‘ra, yo‘lo‘tkazgichning balandligi 5,5; uzunligi 110, kengligi esa 28,9 metrni tashkil etib, inshootdan ikki tomonga yo‘nalish bo‘ylab ikkita syezd mavjud. Ushbu yo‘lo‘tkazgich foydalanishga topshirilgach, bir soatda qariyb 600 ga yaqin, bir sutkada esa 14 mingta avtomobilni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Amalga oshirilayotgan loyihaning oraliq qurilmasi kesimsiz uch oraliqli balka bo‘lib, qurilish balandligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ikki chetidagi oraliq qu- rilmaning uzunligi 33 metr, o‘rtadagi oraliq qurilmaning uzunligi esa 42 metrdan iborat bo‘ladi. Mazkur yo‘lo‘tkazgichga jami 6000 metr kub beton yotqizish ishlari mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 3000 metr kub beton yotqizildi. Deformatsion choklar rezina-metalli qoplama turidan iborat bo‘lib, o‘tkazgich- ning eni va uzunligi bo‘ylab harakatlanishiga imkoniyat beradi hamda avtomobil- larning tekis va ravon harakatlanishiga zamin yaratadi. Mutaxassislarning aytishic- ha, bunday deformatsion choklar birinchi marotaba ishlatilmoqda. Monolit oraliq qurilma ham yaxlit havozalarda 2 bosqichda quriladi. Dastlab bir yo‘nalishda uchta harakat yo‘li, ikkinchi yo‘nalishda xuddi shuncha harakat yo‘li barpo etiladi. Ushbu yo‘lo‘tkazgich qurilishini “Ko‘prikqurilish tresti” korxonasining 200 nafar mutaxassisi zamonaviy texnika va uskunalardan foydalangan holda amalga oshirmoqda. STARS International University 147 Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasining atrofida joylashgan ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarning, avtomobil yo‘llarining, mavjud binolarning gen plani loyihalashtirildi. Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasi uchun mav- jud gen planga taklif qilinayotgan yo‘lning rejasi loyihalandi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘li chiqish yo‘li chorrahasiga taklif qilinayotgan loyihaning 3 o‘lchamli (3D) ko‘rinishi ishlab chiqildi. Aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublikamizning yirik shahar markazlari, aholi zich joylashgan hududlari hamda shaharlarda tirbandliklarning oldini olishga keng e’tibor qara- tilyapti. Yo‘l tarmoqlarini kengaytirish va rivojlantirish sanoat,

Доказательный фрагмент

«Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomo- bil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar haraka…»

Образец извлечения

Демо-превью

Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomo- bil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar haraka… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
estakada, yo‘lo‘tkazgichlar, Highway M - 39, путепроводы, эстакада, overpass, conductors, M-39 avtomobil yo‘li, Автомагистраль М-39
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники