К содержанию
РецензированоUZ2020

Tijorat bank biznesini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish

TIJORAT BANK · KURBANOVA DURDONA · BAHODIR QIZI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 139-141 · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat bank faoliyatiga bevosi- ta va bilvosita ta’sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar hamda raqamli marketing, shuningdek, tijorat banklarida yangicha yondashuvni talab qil- adigan texnologiyalarning ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: tijorat bank, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar. Iqtisodiyotning innovatsion tarmoqlarini takomillashtirish O‘zbekiston iqtisodi- yotidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, innovatsiyalarni qo‘llab-quv- vatlashni ta’minlash esa davlatning iqtisodiy siyosati oldiga qo‘yilgan strategik vazifalar biridir. Tijorat bank faoliyatiga innovatsiyalarning joriy etilishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga, uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, shu jumladan, moliyaviy tarmoqlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda banklarning innovatsion faoliyatini takomillashtirish- ga alohida e’tibor berilib, uning taraqqiyotini ta’minlash maqsadida 2020– 2025-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qil- ish strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida bank tizimining barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlash- da banklarning ishtirokini kengaytirish bank xizmatlari sohasida vazifalar belgilab berildi. Bu hujjatga, asosan, quyidagilar bu bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi: – bank tizimining samaradorligini oshirish; – bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash; – bank sektorida davlat ulushini kamaytirish; – moliyaviy xizmatlarning ommabopligi va sifatini oshirish; STARS International University 139 – xalqaro reytinglarda O‘zbekiston bank tizimining mavqeyini oshirish; – nobank moliya institutlarini rivojlantirish; – Markaziy bank va prudensial nazoratning roli; – Moliya vazirligining roli va asosiy vazifalari; – strategiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va uni ro‘yobga chiqarish ustidan mo- nitoring. Bank boshqaruv organi ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun moliyaviy, moddiy, tashkiliy, huquqiy, ma’naviy, psixologik shart-sharoitlarni yaratish, bosh- qaruv vazifalarining bevosita ijro etilishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Banklarning innovatsion faoliyati turli darajada murakkab jarayonni ifodalaydi, chunki yangi g‘oyalar, taklif etilayotgan yangi mahsulotlar bank va mijoz man- faatlariga mos kelishi asosida uzluksiz davom etishi bank muvaffaqiyatini ta’min- lashga xizmat qiladi. Shuning uchun banklarning raqobatdoshligi va ular faoli- yatining samaradorligi turli vositalar (axborot texnologiyalari, boshqaruv, mar- keting) asosida yangi xizmatlar taqdim etilib borilishiga bog‘liq. Shunday qilib, bank xizmatlari bozoridagi taqdim etilayotgan yangi yoki takomillashgan xizmat turlari banklarning innovatsion mahsulotlari hisoblanadi. Demak, banklarning mahsulotlari innovatsion yangi yoki takomillashgan xizmatlarni taqdim etish va operatsiyalar bajarish orqali namoyon bo‘ladi. Bank mahsulotlariga talab darajasi esa bank xizmatlari bo‘yicha yangilikning samaradorligi orqali belgilanadi. Bank faoliyatidagi innovatsiyalar mohiyatini bir necha guruhlarga tasniflash maqsadga muvofiq: mahsulot innovatsiyasi, texnologik innovatsiya, marketing innovatsiya- si, boshqaruv innovatsiyasi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar bank sohasida yangi elektron mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish bilan bir qatorda ularni taklif qilayotgan tashkilotlarning rivojlanishini ko‘rish imkonini beradi. Iqtisodiy adabiyot va ilmiy tadqiqotlarda moliyaviy innovatsiyalarga turli qa- rash hamda tushuntirishlar berilgan. Masalan, S. V. Vikulovning fikricha, “Moliyaviy innovatsiyalar bu – ilgari taklif qilingan bank mahsulotini iste’molchilarga yana- da takomillashtirilgan yoki potensial xaridorning ilgari qoplanmagan ehtiyojlarini qondirishga qodir yangi mahsulot yaratish” Yuqoridagi yondashuvlardan kelib chiqib, bank innovatsiyalarining rivojlanishini quyidagi uch yo‘nalish bilan uzviy bog‘lash mumkin: – yangi innovatsion texnologiyalarning yaratilishi; – bank chakana xizmatlari hajmi hamda turlarining ko‘payishi; – mijozlarga xizmat ko‘rsatish bozorida yangi segmentlarning shakllanishi. Bank innovatsion faoliyatining kengayish omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: banklar o‘rtasida raqobat muhiti, axborot texnologiyalarining jadal rivo- jlanishi, aholi turmush faoliyatida axborot va aloqa vositalarining ahamiyatining keskin osishi va boshqalar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mohiyatga ko‘ra, innovatsiya fan, ishlab chiqarish va kapitalning yangi shaklidagi integratsiyasi orqali namoyon bo‘lishidir. Banklar esa yuori innovatsion potensialga ega iqtisodiy subyekt hisoblanadi, ularn- ing amalga oshirayotgan innovatsion faoliyati nafaqat banklarning o‘zini, shun- ingdek, boshqa sohalar faoliyatining ham rivojlanishiga ta’sir etadi. Muvaffaqiyatli innovatsion siyosat istiqbolli rivojlanishni ta’minlaydi va natijada banklarning raqo- batdoshligi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat bank faoliyatiga bevosi- ta va bilvosita ta’sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar hamda raqamli marketing, shuningdek, tijorat banklarida yangicha yondashuvni t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat bank faoliyatiga bevosi- ta va bilvosita ta’sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar hamda raqamli marketing, shuningdek, tijorat banklarida yangicha yondashuvni t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tijorat bank, digital technologies, raqamli texnologiyalar, innovation, инновации, innovatsiyalar, цифровые технологии, commercial banking, коммерческий банкинг
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники