К содержанию
РецензированоUZ2019

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari

Eshmanov Mardonbek Sobir o‘g‘li

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 104-114 · 2019

Аннотация

Ushbu maqolada: Butun dunyoda oziq – ovqat muammosi va O‘zbekis- ton xalqi o‘zini o‘zi oziq – ovqat bilan ta’minlashi va boshqa davlatlarga eksport qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maqolaning asl mohiyati shundan iboratki, tashlan- diq yerlardan qancha unumni foydalanish va u yerlardan foyda olish oziq – ovqat bilan ta’minlash kerakligi aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Oziq – ovqat, YuNEP, COVID-19, FAO, “Rim deklaratsiyasi”, Milliy iqtiso- diyot BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YaIM, YaQQ, G‘allachilik, Poliz mahsulotlari, Oziq – ovqat, ichimliklar, Jadval ko‘rsatkichlari, Sitatistikalar, Ishlab chiqarish mahsulot- lari, Qishloq xo‘jalik mahsulotlari. Yer yuzi aholisi hayot faoliyati sifati har jihatdan sifatli oziq-ovqat bilan qay da- rajada ta’minlanganligiga bog‘liq. Har bir mamlakat o‘zining iqlimiy sharoiti, yer unumdorligi, intensiv qishloq xo‘jaligi, sanoatning rivojlanganlik darajasiga qarab bu muammoni turli usullar orqali hal qilmoqdalar. Ammo shunda ham iqtisodiyo- ti qoloq, aholi soni yuqori mamlakatlar oziq-ovqat taqchilligi muammosini to‘la to‘kis hal eta olishmayapti. Buning oqibatida esa insonlarda to‘yib ovqatlanmaslik, ochlik, kambag‘allik, qashshoqlik ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Ko‘rsatkichlarga nazar tashlasak, jahon aholisining 815 million nafari ocharchilikdan qiynalmoqda. Bugungi kunga kelib COVID-19 pandemiyasi tufayli ular soni ikki barobarga oshis- hi kutilmoqda. O‘zbekiston global oziq-ovqat xavfsizligi reytingida 80-o‘rindan 71-o‘ringa yuqoriladi. O‘zbekiston ocharchilik darajasi bo‘yicha 2019-yilda global ochlik indeksida 10,7 ball bilan 49-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu in- deksda 107 mamlakat ichida 6,7 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi. Masalaning yana bir tomoni qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun dunyo aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Demak, oziq-o- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 104 vqat xavfsizligiga tahdidni hal qilish bo‘yicha yechimlar mavjud va ular bugungi kunda ma’lum darajada amalga oshirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yili 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. BMTning atrof-muhit bo‘yicha tashkiloti(YuNEP) ma’lumot- lariga ko‘ra, har yili dunyoda 1,3 mlrd.tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab yuboriladi. Mamlakatimiz hududining 85 foizi cho‘l hamda yarimcho‘l yerlari- dan tashkil topgan. Bugungi kunda aholi ixtiyorida 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlari mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, insonning normal ovqatlanishi uchun har bir kishiga o‘rtacha yillik 113 kg sabzavot, 50,4 kg kartoshka, 19,3 kg poliz, 21,3 kg meva va uzum, 40 kg go‘sht, 140litr sut, 121 dona tuxum, 0,8 kg asal kabi mahsulotlar talab qilinadi. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi turlari orasida oziq-ovqat xavfsizligi milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida alohida o‘rin tutadi. Insoniyat tarixi davo- mida oziq-ovqat ta’minoti dunyo davlatlari milliy xavfsizligining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Milliy iqtisodiy tizimning tegishli rivojlanish darajasi aholining normal yashash sharoitlarini saqlab qolish qobiliyatini, umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uc- hun resurslarni barqaror ta’minlashni, shuningdek milliy va davlat manfaatlarini izchil amalga oshirishni belgilaydi. Aholining ovqatlanish darajasi va sifati uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflaydi, chunki “... oziq-ovqat ishlab chiqarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar va umuman har qanday ishlab chiqarish jarayonining birinchi shartidir ...”. Oziq-ovqat xavfsizligi atamasi xalqaro muomalaga 1972–1973-yillarda yuz bergan don inqirozidan keyin kirib keldi. Bu davrda rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha oziq-ovqat ishlab chiqarish yuzaga kelgan. Bu muammo jahon ham- jamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar zamirada 1974-yil- ning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan uchinchi dunyo mamlakatlarida aholi o‘rtasida ocharchilik vujudga kelishini oldini olish yuzasidan BMT Bosh Assambleyasida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Xalqaro majburiyatlar” ma’qullandi. Ammo bu hujjatda oziq-ovqat xavfsizligi atamasiga ta’rif berilmagan. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu tushuncha birinchi marta o‘tgan asrning 70-yillarida iste’molga kirib kelgan. Keyinchalik bu tushuncha ma’no jihatdan kengayib bordi. Bu borada oziq-ovqat xavfsizligi kontseptsiyasining evolyutsiyasini ko‘rib chiqish bu borada kengroq davriy tushunchaga ega bo‘lishimizga yordam beradi(1-ilova). 1996-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi Rim xalqaro uchrashu- vida “Butun dunyo oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Rim deklaratsiyasi” qabul qi- lingan. Ushbu deklaratsiya har kimning yashash va munosib ovqatlanish huquqi- STARS International University 105 ga muvof

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada: Butun dunyoda oziq – ovqat muammosi va O‘zbekis- ton xalqi o‘zini o‘zi oziq – ovqat bilan ta’minlashi va boshqa davlatlarga eksport qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada: Butun dunyoda oziq – ovqat muammosi va O‘zbekis- ton xalqi o‘zini o‘zi oziq – ovqat bilan ta’minlashi va boshqa davlatlarga eksport qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Table indicators, YaIM, ichimliklar, ЮНЕП, “Rim deklaratsiyasi”, UN - United Nations, Табличные показатели, ООН - Организация Объединенных Наций, Milliy iqtiso diyot BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Cereals, Production products, напитки, Национальная экономика, Продукты питания, Qishloq xo‘jalik mahsulotlari, Oziq – ovqat, Statistics, Agricultural products, Sitatistikalar, Сельскохозяйственная продукция, FAO, Food, Зерновые, G‘allachilik, GDP, ФАО, National Economy, YaQQ, Poliz mahsulotlari, COVID-19, Продукция производства, ВВП, Jadval ko‘rsatkichlari, Статистика, YuNEP, "Римская декларация", "Declaration of Rome", UNEP, Польские продукты, beverages, Ishlab chiqarish mahsulotlari, Polish products
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники