К содержанию
РецензированоRU2022

По вопросам сотрудничества республики Узбекистан и Организации Объединенных Наций в сфере дошкольного образования

Egamberdiyeva T.A. (хавфсизлик – Тошкент: 2009. – Б. 45.) · Maxmudov O‘.M. (хавфсизлик – Тошкент: 2009. – Б. 45.) · Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston (хавфсизлик – Тошкент: 2009. – Б. 45.) · Birlashgan Millatlar Tashkiloti (хавфсизлик – Тошкент: 2009. – Б. 45.)

Актуальные проблемы истории Узбекистана · 2022

Аннотация

В данной статье рассказывается об изменениях в сфере образования, что является важным направлением сотрудничества между Узбекистаном и ООН, работе по включению в дошкольное образование и его развитии, а также о 2-й Всемирной конференции в сотрудничестве с ООН. Ключевые слова и фразы: Цели устойчивого развития, резолюция, ЮНЕСКО, конференция, ЮНИСЕФ, Ташкентская декларация, качество образования. Annotation: This article debates about changes in the field of education, which is an important direction of cooperation between Uzbekistan and the United Nations, the work on inclusion in nursery school education and its development, and the 2nd World Conference in cooperation with the United Nations. Key words and phrases: Sustainable development goals, resolution, UNESCO, conference, UNICEF, Tashkent declaration, education quality. O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, xalqaro maydonda teng huquqli mamlakat sifatida tan olinishi, o‘zining dunyo davlatlari orasida siyosiy o‘rnini egallashida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga istiqlolning dastlabki davridayoq a’zolikka qabul qilinishi (1992-yil 2-mart) muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. Shu davrdan boshlab O‘zbekiston ushbu xalqaro tashkilot bilan ko‘plab sohalarda uzluksiz hamkorlik qilib, barcha sohalardagi aloqalar mustahkamlanib kelinmoqda. Shu o‘rinda, BMTning 2015 – 2030-yillarga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) global dasturi O‘zbekiston bilan aloqalarni yangi bosqichga chiqishiga asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu dastur turli sohalardagi dunyodagi davlatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham amalga oshirish zarur bo‘lgan 17 ta asosiy maqsadlarni nazarda tutib, O‘zbekiston hukumati 2018-yil oktabr oyida 16 ta milliy BRM, 125 ta vazifa va 206 ta ko‘rsatkichni ularni amalga oshirishni yengillashtirish uchun ma’qullagan edi [1: 1]. Bugungi kunda YUNESCO O‘zbekistonda va BMTning ta’lim sohasidagi hamkorligining asosiy tayanchidir. Hozirgi kungacha BMTning “Ta’lim barcha uchun” (2000-2015), Savodxonlik 10 yilligi (2002-2013), Barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligi (2004 – 2015) kabi dasturlari bu sohadagi asosiy loyihalar bo‘lgan bo‘lsa [2: 149], bugungi kunda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4- 667 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана maqsadi ya’ni Ta’lim sifati (Quality of education) yo‘nalishi bu sohadagi ishlarning yo‘nalishlardan biridir . Maktabgacha ta’lim sohasidagi diqqatga sazovor ishlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining qabul qilinishidir [3: 1]. Unda vazirlik faoliyati va uning maqsad, vazifalari nizomda belgilab berildi. Bu vazirlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, “Ilk Qadam” (IQ) jurnali tahririyati, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring” kompaniyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligining pedagogika kollejlari uning tarkibiga kiritildi. Vazirlik tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM)ning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, bu yoshdagi bolalarni bosqichma-bosqich MTMlarga qamrab olish, ularning sifatli ta’lim olishi uchun shart-sharoitlarni yaratib berish, malakali pedagog kadrlar tayyorlash kabi muhim vazifalarni o‘z zimmasiga olgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-fevral kuni “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga imzo chekdi. Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 1-martdan boshlab – mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 30 foizga; 2018-yil 1-sentyabrdan boshlab: tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining 668 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga; oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini – 20 foizga; maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to’lashning bazaviy tarif stavkalarini – 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladigan bo‘ldi [4: 1]. Ushbu am

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассказывается об изменениях в сфере образования, что является важным направлением сотрудничества между Узбекистаном и ООН, работе по включению в дошкольное образование и его развитии, а также о 2-й Вс…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассказывается об изменениях в сфере образования, что является важным направлением сотрудничества между Узбекистаном и ООН, работе по включению в дошкольное образование и его развитии, а также о 2-й Вс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Sustainable development goals, resolution, UNESCO, Sustainable development goals, Toshkent deklaratsiyasi, YUNISEF, Ташкентская декларация, ta’lim sifati, education quality, Barqaror rivojlanish maqsadlari, конференция, UNICEF, резолюция, Цели устойчивого развития, YUNESKO, conference, rezolyutsiya, ЮНИСЕФ, качество образования, Tashkent declaration, ЮНЕСКО, konferensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники