К содержанию
РецензированоRU2023

UMUMTA’LIM MAKTAB О‘QUVCHILARIDA KREATIVLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (“Texnologiya” fani misolida)

YAKUBOVA MARHABO YUSUFOVNA

Диссертации и авторефераты · 2023

Аннотация

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ta’lim tizimi amaliyotida o‘quvchilarning texnik va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularni hayotiy vaziyatlarga tayyorlash bilan bog‘liq tendensyalar kuzatilmoqda. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) tomonidan tashkil etilgan ta’lim sifati, saviyasi va darajasini baholovchi PISA (The Programme for International Student Assessment - o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro dastur) kabi qator xalqaro dasturlarning maktab ta’limiga nisbatan kompleks yondashuvi, “Lifelong learning” ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish muammolari pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarblashmoqda. YUNESKOning ta’lim, fan va madaniyat masalalariga oid “Texnikaviy va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida” gi Konvensiyasiga (Convention on Technical and Vocational Education) muvofiq globallashuv sharoitida mehnat bozori talablari asosida ta’lim xizmatlarining innovatsion texnologiyalarini yaratish va amaliyotga joriy etish orqali ta’lim oluvchilarning kasbiy fikrlashi va ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Доказательный фрагмент

«Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.»

Образец извлечения

Демо-превью

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]ЭкономикаENРецензированоОткрытый доступ
Yashil iqtisodiyot

УчебникиS.N.XashimovaНомер УДК:331.312.4422026

5