К содержанию
РецензированоEN2023

Qayta jarrohlik amaliyoti o`tkazgan tug`ma glaukomali bolalarda ko`ruv a`zosining klinik- funksional xolati

Uljayev Safarbek Botir O`g`li

Диссертации и авторефераты · 2023

Аннотация

Hozirgi kunda tug`ma glaukoma bilan og`rigan bemorlar ko`p uchramoqda. Butun jahon sog`liqni saqlash tashkiloti malumotlariga ko`ra hozirgi kunda tug`ma glaukoma bilan og`rigan bemorlar umumiy ko`z kasalliklarini 0,10-0,15 % ini tashkil qiladi. Bu ko`rsatgich yildan yilga o`sib bormoqda. Tug`ma glaukomani asosiy davo usuli bo`lib jarrohlik usuli yordamida davolash bo`lib qolmoqda. Shu sababli bolalar oftalmologlaridan bu borasida tadqiqot o`tkazsih va jarrohlik usullarini samarasini oshirish bo`yicha ishlar qilish talab qilinadi. Jarrohlik amaliyotidan so`ng kasallik yana qaytalanish holatlari 14 % holatda uchraydi. Bu esa o`z navbatida samarali jarrohlik davo usullarini takomillashtirishni talab qiladi. 2020 yildan to 2022 yilgacha Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, ko`z kasalliklari bo`limida tug`ma glaukoma bilan qayta jarrohlik amaliyoti o`tkazgan bemor bolalarning retrospektiv tahlili o`tkazildi. Bemor bolalarning 32 nafari (47%) qiz bolalarni, 35 nafari (53%) o`g`il bolalarni tashkil qildi. Bemorlarning 58 nafari (83%) da 2 marotaba, 6 nafari (12%) da 3 marotaba, 3 nafari (9%) da 4 marotaba qayta jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan. O`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra Tug`ma glaukomani davolashda jarrohlik amaliyoti bilan davolash 13-14 % xollarda kasallikni qaytalanishi aniqlandi; Tug`ma glaukomali bolalarda kasallik 19% xolatda 3 oy ichida, 35% xolatda 3-6 oy ichida, 25 % xolatda 6-12 oy ichida, 16 % xolatda 12-24 oy ichida va 5% xolatlarda 12 oydan so`ng qaytalanishi aniqlandi; Qayta jarroxlik amaliyoti uchun autoskleral drenajlash jarroxlik amaliyoti 87% xolatda samarali bo`lishi o`rganildi.

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda tug`ma glaukoma bilan og`rigan bemorlar ko`p uchramoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda tug`ma glaukoma bilan og`rigan bemorlar ko`p uchramoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники