Цифровая экономикаTojiyeva Muhabbatxon Mansurjon qizi, G‘offorov Shukurjon Shokirjon o‘g‘li +22026
GLOBALLASHUV JARAYONIDA TALABA-YOSHLARNI TARBIYALASHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI
SULTANIYAZOV MADIYAR BAXTIYAROVICH
Диссертации и авторефераты · 2023
Аннотация
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda barchamiz «globallashuv» atamasini eshitishimiz bilan oq, eng avvalo uning salbiy oqibatlari haqida o’ylay boshlaymiz. Vaholanki, globallashuvning yoshlar tarbiyasida ijobiy ta’sirlaridan ham ko‘z yuma olmaymiz. Buni chuqurroq anglashimiz uchun biz, globallashuv nima va u qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur anglab yetmog‘imiz darkor. Jahon miqyosidagi muammolar globallashuv jarayonida bir tomonlama hal etilishi darajasidan allaqachon yuqorilab ketdi. Hech kim, hech bir davlat masalalarga bir tomonlama yondasha olmaydi. Ilg‘or, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan texnik qurilmalar inson ongi mahsuli sifatida Yer sharini, kosmosni, atrof-olamni to‘liq nazorat ostida ushlash imkoniyatlariga erishmoqda. O‘tgan asrlarda voqea-hodisalar o‘tmish sifatida tarixdan joy oldi. Yangi fikir, yangi ong kelajak sari yangicha ko‘rinishda dadil qadam qo‘ymoqda. Jahon xalqlari dunyoda tinch-totuv, barqarorlik, hamjihatlik, yakdillik tamoyillari asosida demokratik jamiyatlar tashkil etib yashashga intiladi. Globallashuv – bu turli mamlakatlar iqtisodi va madaniyati, ma’naviyati, odamlar o‘rtasidagi ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Jahonda globallashuv jarayonining asosiy quroli sifatida esa biz internet tarmoqlari ommaviy axborot vositalarini ko‘rsatishimiz mumkin. Globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab kun sari oshib bormoqda. Har qanday demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, teleradio kanallari muhim ahamiyat kasb etadi
Доказательный фрагмент
«Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.»
Образец извлечения
Демо-превьюDissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Цифровая экономикаNorqobilova Feruza Abduhomidovna, СИНЕРГЕТИЧЕСКОГО ПОДХОДА +12026
Цифровая экономикаТўраев Абдураҳим Нортожиевич, Устемиров Алишер Актам ўғли2025
Цифровая экономикаAVTOMATLASHTIRISH IMKONIYATLARI, Ro‘zimatov Xojimuhammad Adhamjon o‘g‘li +22026