К содержанию
РецензированоRU2025

ПОВЫШЕНИЕ УРОЖАЙНОСТИ И КАЧЕСТВА СЕМЯН ПУТЕМ ПОВТОРНЫХ ПОСЕВОВ КОНОПЛИ В ТИПИЧНЫХ НЕБЛАГОПРИЯТНЫХ ПОЧВЕННЫХ УСЛОВИЯХ ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ

URUGʻ SIFATINI OSHIRISH · Abdujabborov Bahodir Abdunosir oʻgʻli

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Toshkent viloyatining tipik boʻz tuproqlarida kanop oʻsimligini takroriy ekin sifatida yetishtirish tajribalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda takroriy ekin sifatida kanop ekishning agrotexnik xususiyatlari, tuproq unumdorligiga ta’siri hamda hosildorlik va urugʻ sifati bilan bogʻliq ko‘rsatkichlar yoritilgan. Kanop o‘simligini ekish orqali yer resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar almashinuvi tizimini takomillashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari kanopning takroriy ekin sifatida iqtisodiy va agronomik afzalliklarini ko‘rsatib, uni qishloq xo‘jaligida barqaror ishlab chiqarish omili sifatida namoyon etadi. Kalit so‘zlar: kanop, takroriy ekin, bo‘z tuproq, hosildorlik, urugʻ sifati, agrotexnika, tuproq unumdorligi, almashlab ekish, ekologik barqarorlik, agronomik samaradorlik. Kirish: Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini saqlab qolish masalasi bugungi kunda eng muhim agroiqtisodiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning markaziy mintaqalarida joylashgan Toshkent viloyati kabi hududlarda yer maydonlari intensiv tarzda foydalanilayotgani sababli, takroriy ekinlarni ekish orqali yerning hosildorligini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, kanop o‘simligini takroriy ekin sifatida ekish masalasi nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va ilmiy jihatdan ham dolzarbdir. Bo‘z tuproqlar O‘zbekistonning asosiy dehqonchilik rayonlari uchun xos bo‘lib, ularning unumdorligi ko‘p jihatdan o‘simlik qoldiqlari, organik o‘g‘itlar hamda ekinlar almashinuvi tizimiga bog‘liqdir. So‘nggi yillarda ushbu tuproq turida monokultura (bir xil ekin) ekish natijasida hosildorlik pasayishi, tuproq tarkibidagi oziqa elementlarining kamayishi, fizik xususiyatlarining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Shu sababli, takroriy ekinlarni, xususan, kanopni ekish orqali tuproqni biologik jihatdan boyitish, hosildorlikni barqarorlashtirish va urugʻ sifatini yaxshilash zaruriyati paydo bo‘lgan. Kanop o‘simligi tolali va moyli mahsulot beruvchi qimmatli madaniy o‘simlik hisoblanadi. U tez o‘suvchi, qisqa vegetatsiya davriga ega bo‘lib, takroriy ekin sifatida ekish uchun juda qulay. Bundan tashqari, kanop tuproqning fizik va biologik holatini yaxshilaydi, tuproq qatlamini havodor qiladi, begona o‘tlarni kamaytiradi va keyingi ekinlar uchun yaxshi fitosanitar sharoit yaratadi. Shu bois, uni O‘zbekiston sharoitida takroriy ekin sifatida o‘rganish alohida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Mavjud tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kanopning ildiz tizimi kuchli rivojlangan bo‘lib, u tuproqdagi oziqa elementlarini chuqur qatlamlardan o‘zlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida tuproqni qayta tiklashga, humus miqdorini saqlab qolishga yordam beradi. 302 Oktabr, 2025-Yil Bundan tashqari, kanop organik moddalarga boy qoldiqlar qoldirib, yerning unumdorligini tabiiy ravishda oshiradi. Shu sababli, kanop o‘simligini takroriy ekin sifatida ekish nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki ekologik barqaror dehqonchilik tizimini yaratish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari o‘zining mexanik tarkibi, namlik rejimi va issiqlik balansi jihatidan kanopni o‘stirish uchun qulay hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu hududda yozgi-yangi takroriy ekinlarni joriy etish orqali tuproqdan yil davomida ikki marotaba hosil olish imkoniyati mavjud. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va dehqonchilikni diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Takroriy ekin sifatida kanopni ekishning yana bir muhim jihati shundaki, u hosilni yig‘ishtirib olingach, tuproq tarkibida qoladigan azot, fosfor, kaliy miqdorini boyitadi, bu esa keyingi ekin uchun tabiiy o‘g‘it vazifasini bajaradi. Shunday qilib, kanop ekinlari orqali almashlab ekish tizimini to‘g‘ri tashkil etish nafaqat unumdorlikni oshiradi, balki iqtisodiy tejamkorlikni ham ta’minlaydi. O‘zbekiston sharoitida olib borilgan ayrim dala tajribalari shuni ko‘rsatadiki, takroriy ekin sifatida kanop yetishtirilgan maydonlarda tuproq strukturasining yaxshilanishi, chirindi miqdorining ortishi, begona o‘tlarning kamayishi va nam saqlanish darajasining yaxshilanishi kuzatilgan. Bunday natijalar kanopning agroekologik moslashuvchanligini va takroriy ekin sifatidagi istiqbolini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, kanopning urugʻ sifati va hosildorligiga agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi, masalan, sug‘orish rejimi, o‘g‘itlash me’yori, ekish muddati va nav tanlovi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ushbu maqolada Toshkent viloyati bo‘z tuproqlarida kanop ekishning agroekologik sharoitlarini chuqur o‘rganish, hosildorlik va urugʻ sifatini oshirish omillarini aniqlash asosiy maqsad qilib olingan. Asosiy qism: Kanop o‘simligini takroriy ekin sifatida yetishtirishning samaradorligi, avvalo, agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Ekishdan oldin tuproqni sifatli tayyorlash

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Toshkent viloyatining tipik boʻz tuproqlarida kanop oʻsimligini takroriy ekin sifatida yetishtirish tajribalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Toshkent viloyatining tipik boʻz tuproqlarida kanop oʻsimligini takroriy ekin sifatida yetishtirish tajribalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
севооборот, urugʻ sifati, almashlab ekish, качество семян, yield, takroriy ekin, kanop, tuproq unumdorligi, agrotechnology, экологическая устойчивость, hemp, агротехника, конопля, серозем, ekologik barqarorlik, agronomic efficiency., gray soil, agronomik samaradorlik., агрономическая эффективность., повторное возделывание, crop rotation, hosildorlik, ecological sustainability, урожайность, agrotexnika, seed quality, bo‘z tuproq, плодородие почв, soil fertility, repeated cropping
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники