К содержанию
РецензированоEN2025

DONO ZIYAYEVANING TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGI SHAHARLARI TARIXI

Sayfiddinov Doston Rustam o’g’li · Bоbоjоnоvа Feruzа Xаyаtоvnа

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Historian scholar Dono Ziyaeva brings interesting information about the city of Bukhara in her research, explains the culture, historical monuments, caravanserais, trade relations and other information of the city of Bukhara on the basis of archival documents and sources. Keywords: Bukhara, beks, city, Dono Ziyaeva, culture, historical monuments, caravanserais, trade, market, Ark, mosques and madrassas, schools. Kirish. Dono Ziyayevaning Oʻzbekiston shaharlari. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida: shahar madaniyati va urbanizasiya jarayonlari deb nomlangan tadqiqotining IV bobi Buxoro amirligi shaharlari deb nomlanadi. Ushbu monografiyaning 1§ Buxoro amirligining ma'muriy hududiy tuzilishi haqida ma'lumotlarni oʻz ichiga oladi. Buxoro amirligini Dono Ziyayeva 26 beklikdan iborat boʻlib, har bir beklik amir tayinlagan hokim tomonidan boshqarilgan. Beklar bevosita qo’shbegiga bo’ysungan va uning tavsiyasi bilan amir tomonidan tayinlangan. Bekliklar oʻz navbatida amlokdorlikka boʻlingan va amlokdorlar tomonidan boshqarilgan. Amlokdorliklar oʻz navbatida kentlarga boʻlingan, kentlar arbobliklar - qishloqlardan iborat boʻlgan va arboblar (ularni oqsoqollar ham deyishgan) tomonidan boshqarilgan. Shuni alohida ta'kidlab oʻtish kerakki, Buxoro shahri alohida ma'muriy hudud boʻlib qo’shbegi tomonidan boshqarilgan. 3 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ K.E.Meyendorfning aniqlashicha, 1820-yildayoq mamlakat aholisi 2,5 millionga yaqin boʻlib, shundan oʻzbeklar — 1,5 mln., tojiklar - 650.000, turkmanlar — 200.000, qozoq va qoraqalpoqlar - 6.000.000. arablar 60.000, eronliklar 40.000, qalmiqlar - 20.000, yahudiylar 4.000. afgʻonlar - 4.000, loʻlilar - 2.000 kishini tashkil qilgan. [1; 32] Buxoro xonligi haqida ilk bor ancha batafsil ma'lumotlarni toʻplagan N.Xanikov 1843 yilda mamlakat aholisining shahar va qishloqlardagi zichligini hisoblash asosida ikki xil mulohazani ilgari suradi. Vohalardagi ishlov berilgan yerlarda (asosan Amudaryo va Obi- Shahrisabz bo’ylarida) aholi joylashuvini nazarda tutib, mamlakatdagi aholi soni 2-2,5 million atrofida, degan xulosaga keladi. Ayni paytda u poytaxt Buxoro shahridagi aholining zichligini, 1,7 tanopga 25,2 kishi toʻgʻri kelishini ta'kidlab, bu mezonlar bilan hisoblaganda butun mamlakat aholisi 3.6 millionga borishi mumkinligini, ammo mamlakat hududida aholi zichligi bir xil emasligini qayd etib oʻtadi. [2; 76-77] XX asr boshiga mansub boshqa adabiyotlarda mamlakat aholisi 2,5 million, uzogʻi bilan 3 million kishini tashkil qilishi qayd etiladi. Oʻsha davrda Buxoro amirligida chop etilgan “Buxoroi sharif” gazetasida 1912 yilda berilgan ma'lumotda ham mamlakat aholisi 3 mln. kishini tashkil etishi qayd etiladi. [3; 208] Buxoro amiri Said Olimxon keyinchalik chop etilgan xotiralarida mamlakat aholisi XX asr boshida 3.500.000 kishi boʻlganligini qayd etiladi. [4; 25] Aholi zichligi va soni bo’yicha Buxorodan keyingi oʻrinlarni Qarshi, Shahrisabz, Gʻuzor, Baljuvon, Chorjuy, Kerki, Koʻlob, Hisor kabi shahar va shaharchalar egallagan. Shu nomli bekliklarning aholisi ham juda zich joylashgan edi. Muhammad Ali Baljuvoniyning qayd etishicha, XX asr boshida Buxoro amirligi tarkibidagi beklik hokimlari quyidagi markazlarda oʻtirganlar: Chorjo’y, Karki, Kalif, Qarshi, Karmana, Nurota, Ziyovuddin, Xatirchi, Gʻuzor, Shahrisabz (ya'ni Kesh), Kitob, Yakkabogʻ, Chiroqchi, Jomchi va Sherobod, Boysun, Denov (Dexnav), Sariosiyo (Sarijuy), Hisor, Darvoz, Baljuvon, Koʻlob (Xatlon), Qorategin.[5; 68] Bulardan tashqari Vobkand, G’ijduvon, Vaggʻonzi kabi tumanlar ham boʻlgan[6; 72]. Har bir beklik markazida uni boshqaruvchi bek bilan birga beklik ma'muriyati — qurolli kuchlar, mirshablar, qozi, rais, amlokdorlar, soliq toʻplovchilar, yirik diniy ulamolar, turli vazifalarni bajaruvchi amaldorlar guruhi bor edi. Baljuvoniyning qayd etishicha, amirlikda oʻz hokimiga ega boʻlgan 30 ta shahar boʻlgan.[5: 68] Shaharlar dahalarga va guzarlarga boʻlib boshqarilgan. Buxoro amirligidagi yirik shaharlar koʻp asrlik tarixi, mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutib kelganligi bilan ajralib turar edi. Deyarli har bir shahar umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda oʻziga xos xususiyatlarga ham ega edi. Dono Ziyayeva tadqiqotida Buxoroda shahar tuzilishi deb nomlangan ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahrini asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan, uzunligi taxminan 12 km. ga choʻzilgan baland devor oʻrab turar, unda 130 ta yarim minora (burj) va darvozalar uchun 11 ta qoʻsh minoralar boʻlgan degan ma'lumotni keltiradi.[3; 211] Devor ustida minoralar mudofaa maqsadlarida qurilgan boʻlib. uning tepa qismidagi ba'zi yerlarining qalinligi, aniqrogʻi darvoza atroflarida 2 metrgacha yetgan, bu tashqi hujum paytida mudofaa uchun toʻplarni bemalol olib oʻtish imkonini bergan. 3 08 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yuqorida

Доказательный фрагмент

«Historian scholar Dono Ziyaeva brings interesting information about the city of Bukhara in her research, explains the culture, historical monuments, caravanserais, trade relations and other information of the city of…»

Образец извлечения

Демо-превью

Historian scholar Dono Ziyaeva brings interesting information about the city of Bukhara in her research, explains the culture, historical monuments, caravanserais, trade relations and other information of the city of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara, beks, city, Dono Ziyaeva, culture, historical monuments, Buxoro, Ark, bekliklar, bozor, maktablar., tarixiy obidalari, masjit va madrasalar, karvonsaroylar, savdo, madaniyat, shahar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники