К содержанию
РецензированоUZ2026

“QUSH TILI” TURKUMIDAGI DOSTONLARDA HIKMATLI SO‘ZLARNING BADIIY TALQINI

BADIIY TALQINI · Halimova Shahlo To‘lqin qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article explores the artistic interpretation of wisdom sayings, proverbs, expressions, and hadiths found in the “Language of Birds” cycle of poems. The focus is on the poetic expression of religious and moral heritage, the system of symbols, and the epistolary style of narration. The study analyzes the meaning and essence of wisdom sayings and hadiths, their role in the poetics of the work, and their artistic impact. Keywords: language of birds, cycle, wisdom, poetics, hadith, letter, symbol. “Qush tili” turkumidagi dostonlar matni poetikasi haqida shuni ta’kidlash joizki, ular har jihatdan rang-baranglikka egadir. Ushbu dostonlarning poetik xususiyatlarini tahlil etar ekanmiz, ularning asosiy poetik strategiyalaridan biri sifatida fikrni muxtalif shakllarda – hikmatlar, maqollar, iboralar orqali ifodalashga bo‘lgan intilishni ko‘rish mumkin. Bunda mualliflar kitobxonning diqqatini asardan uzmaslik, mutolaa jarayonida doimiy ravishda fikrlashga chorlash kabi usullarga ustalik bilan murojaat qilganlar. Ayniqsa, asar qahramonlari, xususan, Hudhud yoki boshqa ramziy obrazlar tilidan bayon etilgan hikmatli so‘zlar poetik matnning ma’naviy-falsafiy qatlamini chuqurlashtirib, dostonning estetik qiymatini oshiradi. Hikmatli so‘zlar xalq jonli tilidagi maqol, matal, ta’bir, ibora kabi mazmunlarni ifodalash bilan birga, yozma adabiyotdagi qisqa, ixcham, aniq, badiiy falsafiy jumlalarni, bayt va misralarni, ba’zan kichik parchalarni ham o‘z doirasiga qamrab oladi1. Hikmatli so‘zlarning yozma adabiyotga xos ushbu ta’rifi g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksakligi, siqiq va o‘tkir mantiqi, falsafasi bilan Hazrat Navoiyning ijodi uchun juda xarakterlidir. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul- maoniy”, “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub” hamda tadqiqotimiz doirasida o‘rganilayotgan “Lison ut- tayr” asarlari hikmatli so‘zlarga juda boy. Ularda hayotning har bir jabhasiga oid mavzular qamrab olingan. Shuningdek, “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan hikmatlarning asosiy g‘oyasi o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tartiblashga nisbatan qaratilgan 1 Ҳакимов М. Навоий афоризмларининг манбаларига доир // Адабий мерос. – Т.: Фан, 1971. – № 2. – Б. 80. 134 bo‘lsa-da, tub mazmunida insonga xos sifatlarning maqomi va o‘rnini belgilovchi irfoniy mazmundagi baytlar ustuvorlik qiladi. Navoiy haqiqiy inson o‘zining qiymatini tashqi ko‘rinishi, kiyim-kechak, boylik yoki jismoniy go‘zallikda emas, balki ichki fazilatlar – aql, odob, halollik, ilm va kamtarlikda ko‘rishi lozimligini ta’kidlab, kimki o‘zining faqat tashqi qiyofasi yoki boyligi bilan maqtansa, u inson degan nomga loyiq emasligini quyidagi hikmat ila ifodalaydi: Odam o‘lg‘on zebi zohirdin demas, Kimki ondin faxr etar – odam emas2. Xuddi shu mavzuda quyidagi hikmatning ham badiiy qiymati e’tiborga molikdir: Odam ermas ulki noinsof erur, Odam insof istamas – ammo berur. Istamaslar eldin insof ahli haq. Kim alarga keldi munsiflig‘ sabaq. Butun umri davomida jamiyat, turmush, tabiat voqea-hodisalarini buyuk bir faylasuf va donishmand sifatida kuzatgan Navoiy hikmatlarni chuqur mantiqiy xulosalarga kelish natijasida yaratdi3. Boshqa asarlaridagidek bu dostonda ham er kishilarga xos bo‘lgan sifatlar qanday bo‘lishi lozimligiga alohida urg‘u beradi: Er kirar er soniga himmat bila, Er emas faxr aylag‘on ziynat bila. Erga xulqu fe’l erur zebu jamol, Yangi zarkash hullasidur eski shol4. Agar himmat bir gavhar bo‘lsa, insonni sadaf deb hisobla, bu sadafga asl sharaf o‘sha gavhar tufayliligini Hudhud tilidan CXXIV bobda tubandagi baytlarda bayon etadi: Erga himmatdin erur yuz e’tibor, Johu mulku ganjning ne dahli bor. Mol o‘lub gar yo‘q kishining himmati, Ma’ni ahli ollida yo‘q izzati. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida hikmatli baytlar katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu baytlar orqali muallif murakkab tasavvufiy va axloqiy g‘oyalarni sodda va chuqur ma’no anglatadigan shaklda ifoda etishga erishadi. Navoiyda bu hikmatlar poetik jihatdan ixcham, ma’no jihatidan esa chuqur bo‘lib, didaktik ruhni kuchaytiradi. Mavlono Xoja Qozi Payvandi Rizoiy “Qush tili” dostonida fikr tasdig‘i yoxud xulosasi sifatida hadislar va Qur’oni karim oyatlariga murojaat qiladi. Bu esa, nafaqat hikmatni estetik jihatdan boyitadi, balki uni mushohada va tafakkurga undovchi shaklga keltiradi. Jumladan, Muhammad alayhissalomning “Dunyoga berilish murdorlikdir, unga itlargina beriladi,” – mazmunidagi hadisini quyidagicha nazmga soladi. Bu jahondur jifavu tolib anga – Itdurkim, it erur rog‘ib anga. It emassiz – jifaga rag‘batki ne, It kibi murdor ila rag‘batki ne5? Muallif ezgulikka da’vat etar ekan, bu dunyo hayotining o‘tkinchiligi va oxiratning 2 Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 9-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013. – B. 53. 3 Ҳакимов М. Навоий афоризмларининг манбаларига доир // Адабий мерос. – Т.: Фан, 1971. – № 2. – Б. 85. 4 Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 9-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013. – B. 64. 5 Мавлоно Хожи Қози Пайван

Доказательный фрагмент

«This article explores the artistic interpretation of wisdom sayings, proverbs, expressions, and hadiths found in the “Language of Birds” cycle of poems.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the artistic interpretation of wisdom sayings, proverbs, expressions, and hadiths found in the “Language of Birds” cycle of poems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
language of birds, cycle, wisdom, poetics, hadith, letter, symbol, noma, turkum, ramz., hadis, hikmat, qush tili, poetika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

5