Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CLIL YONDASHUVI ORQALI FANLARARO INTEGRATSIYANI RIVOJLANTIRISH VA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tursunaliyeva Muattar Alisher qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2021
Аннотация
Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining fanlararo integratsiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. CLIL nafaqat ingliz tilini samarali o‘rganishga, balki o‘quvchilarni turli fanlar mazmunini uyg‘unlashtirgan holda anglashga undaydi. Bu jarayon o‘z navbatida ularning ijodiy tafakkuri, tahliliy yondashuvi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud islohotlar, davlat hujjatlari va xalqaro tajribalar asosida CLILning tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi metodik imkoniyatlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: CLIL, fanlararo integratsiya, tanqidiy fikrlash, umumta’lim maktablari, ingliz tili ta’limi, O‘zbekiston ta’limi, innovatsion yondashuv. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xorijiy tillarni o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan PQ-5117-sonli qaror (2021-yil, 19-may) hamda PF- 60-sonli Farmon (“Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot strategiyasi”, 2022-yil, 28-yanvar) mazmunida o‘quvchilarda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish va chet tillarini o‘qitishda yangi metodlarni keng joriy etish vazifalari belgilab berilgan [1;45]. CLIL yondashuvi ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun eng samarali vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki bu metodda o‘quvchi nafaqat ingliz tilini, balki boshqa fanlarni ham ingliz tilida o‘zlashtiradi. Masalan, tarix darsida “The Great Silk Road”, biologiya darsida “Human Body Systems” mavzulari ingliz tilida o‘tilganda, o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ham fan bilimlarini, ham lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bunday ikkiyoqlama o‘qitish jarayoni ularni yangi bilimlarni tanqidiy tahlil qilishga va ularni hayotiy kontekstga tatbiq etishga o‘rgatadi [2;78]. CLILning dolzarbligi shundaki, u o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Chunki o‘quvchi ingliz tilida ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirar ekan, uni faqat yodlash bilan cheklanmaydi, balki mazmunni tahlil qiladi, muqobil fikrlarni solishtiradi va mustaqil xulosaga keladi. Bu jarayon “21-asr kompetensiyalari” — kreativlik, hamkorlik, muloqot va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi [3;112]. O‘zbekiston maktablarida ingliz tilini o‘qitishda CLILning joriy etilishi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Chunki bu metod yordamida o‘quvchilar fanlarni ingliz tilida o‘rganib, tilni faqat lingvistik qobiliyat emas, balki ilmiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish vositasi sifatida qo‘llashga o‘rganadi. Shu boisdan mazkur tezisda CLIL yondashuvining fanlararo integratsiyani rivojlantirish va tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. CLIL yondashuvi nazariy jihatdan ta’limning bir nechta zamonaviy konsepsiyalariga tayanadi. Avvalo, u konstruktivizm nazariyasi bilan bevosita bog‘liq. Konstruktivizmga ko‘ra, o‘quvchi bilimni tayyor shaklda qabul qilmaydi, balki o‘z tajribasi, amaliy faoliyati va muloqot 85 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo orqali uni “quradi”. CLIL darslarida ham o‘quvchilar yangi fan mazmunini ingliz tilida o‘rganar ekan, uni real hayotiy vaziyatlarga tatbiq etadi, muammoli savollarga javob izlaydi va shunday qilib tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi [4;59]. Nazariy asoslardan yana biri — kognitiv rivojlanish nazariyalaridir. Masalan, Bloom taksonomiyasi o‘quv natijalarini bilim olishdan tortib, tahlil va baholash darajasigacha bosqichma-bosqich o‘sishini ko‘rsatadi. CLIL yondashuvida bu jarayon aynan ingliz tilida amalga oshirilgani sababli, o‘quvchilar yuqori darajadagi kognitiv faoliyatga — tahlil qilish, solishtirish, baholash va xulosalashga jalb qilinadi. Shu tariqa, CLIL darslari oddiy yodlashdan ko‘ra, chuqur tafakkur va mustaqil xulosa chiqarishga ko‘proq yo‘naltiradi [5;91]. CLILning nazariy asoslaridan biri sifatida fanlararo integratsiya konsepsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Integratsiya o‘quvchilarga bilimlarni bo‘laklarga ajratilgan emas, balki yaxlit tizim sifatida ko‘rish imkonini beradi. Masalan, geografiya darsida “Climate Change” mavzusi o‘tilganda, bu mavzu biologiya (ekotizimlar), kimyo (atmosferadagi gazlar), matematika (statistik ma’lumotlar) va ingliz tili bilan bog‘liq holda o‘rganilishi mumkin. Bunday integratsion yondashuv o‘quvchilar tafakkurida fanlararo aloqalarni ko‘rish, sabab-oqibat bog‘liqliklarini anglash va muammolarni kompleks tarzda hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi [6;74]. Shuningdek, CLIL metodologiyasi bevosita tanqidiy fikrlash nazariyalari bilan hamohangdir. R. Ennis, M. Lipman va boshqa olimlarning ta’kidlashicha, tanqidiy fikrlash — bu shunchaki shubha qilish emas, balki dalillarga asoslanib, ma’lumotlarni tahlil qilish,
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining fanlararo integratsiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini s…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining fanlararo integratsiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ingliz tili ta’limi, fanlararo integratsiya, innovatsion yondashuv., umumta’lim maktablari, O‘zbekiston ta’limi, CLIL, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026