К содержанию
РецензированоRU2026

Анализ систем определения эмоций человека по речевому сигналу

Usmonov K. E. · Khasanova Kh. I. (“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”) · Saidova M. S. (“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”)

Современные проблемы интеллектуальных систем · 2026

Аннотация

The article analyzes the traditional methods of storing and packaging dried apricots in Uzbekistan and their impact on hygiene, product quality, and export potential. The proposed individual vacuum packaging technology is presented as an effective solution to these issues. The article highlights the theoretical and practical foundations for preserving product quality, accessing international markets, and organizing production in accordance with healthy nutrition standards. Keywords: dried apricot, vacuum packaging, hygiene, export, food safety, innovation. Kirish. O‘zbekiston — meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlaridan biridir. Jumladan, quritilgan o‘rik mamlakat ichki bozorida ham, tashqi savdoda ham alohida o‘rin egallaydi. Biroq bu mahsulotni yetishtirish, saqlash va iste’molchiga yetkazish zanjirining ba’zi bosqichlarida hanuzgacha an’anaviy, samaradorligi 98 past yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, mahsulotni qadoqlash va saqlashda gigiyena talablariga e’tibor yetarli darajada qaratilmasligi uning sifatini pasayishiga, bozordagi raqobatbardoshligini yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy qadoqlash texnologiyalariga o‘tish zarurati tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ushbu maqolada aynan shu muammo asosiy masala sifatida tahlil qilinadi va taklif etilayotgan individual vakuum qadoqlash texnologiyasi yechim sifatida asoslab beriladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda quritilgan o‘rik ko‘pincha salafan xaltalarda, karton qutilarda yoki plastmassa idishlarda kilogrammlab qadoqlanadi. Ba’zan esa bozorlarda butunlay ochiq holda, o‘z-o‘zidan chang bosgan muhitda, hashorotlar va inson qo‘li tegadigan tarzda saqlanadi. Bunday yondashuv bir qarashda oddiy va tejamkordek tuyulsa-da, amalda bir qator jiddiy muammolarga sabab bo‘lmoqda. Eng avvalo, bunday ochiq va ommaviy qadoqlash gigiyena talablariga zid bo‘ladi. Mahsulotga chang, bakteriyalar va boshqa ifloslantiruvchi omillar osongina tushadi. Bozorlarda xaridorlar mahsulotni qo‘li bilan tekshirib ko‘radi, turli donalarini tanlab oladi. Mikroorganizmlar va hashorotlar ta’siridan himoyalash imkonsiz. Bu esa o‘rikning sanitar holatini yomonlashtiradi, uni iste’mol qilish xavfsizligiga putur yetkazadi. Shu bilan birga, havoning doimiy ta’siri ostida mahsulot tez quriydi, qattiqlashadi, ta’mini yo‘qotadi yoki aksincha namlik ortishi natijasida yumshab ketadi. Saqlash muddati qisqaradi, tashqi ko‘rinishi esa jozibadorlikdan yiroqlashadi. Shuningdek, plastik yoki karton idishlarda saqlangan mahsulotlar ham havo va yorug‘lik ta’sirida tez eskiradi. Plastmassa konteynerlar ekologik jihatdan toza bo‘lmasligi bilan birga, og‘irligi sababli tashishda logistika xarajatlarini oshiradi. Shunday qilib, an’anaviy saqlash va qadoqlash usullari zamonaviy gigiyena, sog‘liqni saqlash va iste’molchi talablariga javob bermaydi. Zamonaviy oziq-ovqat sanoatida mahsulot sifatini saqlash, uni qulay va xavfsiz holatda iste’molchiga yetkazish uchun turli innovatsion usullar qo‘llaniladi. Ular orasida vakuum qadoqlash texnologiyasi eng samaralilaridan biri hisoblanadi. Xususan, donalab vakuum qadoqlash, ya’ni har bir o‘rik donasini alohida qadoqlash orqali mahsulotni gigiyenik, estetik va funksional jihatdan yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Bu usulda mahsulot havo chiqarilgan, kislorodsiz muhitga joylanadi. Natijada bakteriyalar, zamburug‘lar va hasharotlar rivojlanishi uchun sharoit qolmaydi. Bu o‘z navbatida, mahsulotning saqlanish muddatini 2 yilgacha uzaytiradi. Shuningdek, vakuum 99 muhit o‘rikning tabiiy ta’mi, rangi va oziq moddalari yo‘qolishining oldini oladi. Alohida qadoqlash gigiyena talablariga to‘liq javob beradi, mahsulotga inson qo‘li tegmaydi, tashqi ifloslanishdan himoyalanadi. Shuningdek, bu usul konservantlarsiz, mutlaqo tabiiy saqlashni ta’minlaydi. Insonlar sog‘lom ovqatlanishga tobora katta e’tibor qaratayotgan hozirgi davrda bu jihat mahsulot qiymatini oshiradi. Bundan tashqari, individual qadoqlangan mahsulotlar sayyohlar, sportchilar, bolalar, mehmonxonalar yoki sovg‘a to‘plamlari uchun juda qulaydir. Har bir dona yengil, ixcham, gigiyenik, foydalanishga va iste’molga tayyor holatda bo‘ladi. Bu esa mahsulotning universal va eksportbop bo‘lishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda hali bu usul joriy etilmaganligi sababli, donalab vakuum qadoqlangan o‘rik bozorda yangilik sifatida qaraladi. Innovatsion mahsulotlar esa har doim iste’molchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Shuningdek, bu qadoqlash turi yuqori narxdagi premium segmentda o‘z o‘rnini topishi mumkin. “Halol”, “organik”, “gigiyenik”, “premium” kabi atamalar ostida marketing yuritish orqali nafaqat mahalliy bozor, balki Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo mamlakatlariga ham eksport imkoniyatlari ochiladi. Jahon bozori uchun mahsulot tayyorlashda sifat va qadoqlash usuli katta ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining gigiyena, saqlanish muddati va ekologik tozaligi eng muhim mezonlardan his

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the traditional methods of storing and packaging dried apricots in Uzbekistan and their impact on hygiene, product quality, and export potential.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the traditional methods of storing and packaging dried apricots in Uzbekistan and their impact on hygiene, product quality, and export potential. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dried apricot, vacuum packaging, hygiene, export, food safety, innovation, wav2vec 2.0, Microsoft Azure, OpenSMILE, Natural Language Processing, DeepSpectrum, speech emotion recognition (SER), Beyond Verbal, tizim, глубокое обучение, sun’iy intellekt, система, Deep Learning, nutq signali, Speech signal, emotions, искусственный интеллект, system, xis-tuyg‘u, Artificial intelligence (AI), natural language processing (NLP), обработка естественного языка, Wav2Vec 2.0, эмоции, deep learning (DL), распознавание речевых эмоций, Речевой сигнал
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники