Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI
MAXLIYO MIRZAAXMEDOVA
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: komil inson, ilm va ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik Alisher Navoiy – nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki butun Sharq ma’naviy merosining yirik namoyandasi sifatida insonparvarlik, adolat va ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan mutafakkirdir. Uning asarlarida inson shaxsi, uning ma’naviy kamoloti va jamiyatdagi o‘rni masalasi markaziy mavzulardan biri sifatida yoritilgan. Navoiy ijodida “komil inson” obrazi alohida ahamiyat kasb etib, bu tushuncha shaxsning ilmiy, axloqiy va ruhiy jihatdan yuksalishi orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi ideal timsol sifatida talqin etiladi. Sharq falsafasi va tasavvuf an’analarida shakllangan “komil inson” konsepsiyasi Navoiyning badiiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ana shu komil inson g‘oyasi Navoiy ijodida, xususan, “Hayrat ul-abror” dostonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fikrimiz isboti sifatida, Navoiy o‘zidan oldingi ustozlari asarlarini sevib mutoala qilgan va 1483-yilda Jomiyning Madrasai Qudsdagi hujrasidagi suhbatlarning birida Jomiy Navoiyga yangi asarini beradi. Bu forsiy tilda yozilgan asar Navoiyda juda katta taassurot qoldiradi. Navoiy bu tafakkur durdonalarini o‘z ona turkiy (eski o‘zbek) tilida yozishga va xalqini bahramand etishga bel bog‘laydi va ustozi Jomiydan duo oladi. O‘sha yiliyoq Navoiy o‘z asarini “Hayrat ul-abror” deb ataydi. Bu asarni navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumov o‘zbek tilidagi ezgulik va insoniy barkamollik saboqlari to‘plami1 deb ataydi. Mazkur maqolaning maqsadi – Alisher Navoiy asarlarida ideal inson konsepsiyasini tahlil qilish, uning asosiy fazilatlarini ko‘rsatib berish hamda bu g‘oyalarning bugungi davr uchun dolzarbligini ochib berishdan iboratdir. Alisher Navoiyning butun ijodida inson shaxsi va uning ma’naviy yetukligi masalasi markaziy o‘rin egallaydi. Jamiyatning taraqqiy topishi va rivojlanishi, albatta, insonlarning axloqiy va ilmiy darajasiga bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu bois u “komil inson” tushunchasini turli asarlarida keng yoritadi va ideal shaxsning asosiy fazilatlarini belgilab beradi. Navoiyning nazarida, ilm va ma’rifatga intilish –komil insonning eng birinchi vazifasi ekanligini ko‘rsatib beradi. U ilmni jaholatdan qutqaruvchi, insonni kamolot sari yetaklovchi 1 A. Qayumov. “Ezgulik va kamolot saboqlari”. Hayrat ul-abror/Alisher Navoiy: To’plab nashrga tayyorlovchi: Aziz Qayumov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006. – 392 b. 113 eng muhim kuch sifatida talqin qiladi. Navoiy “Hayrat ul-abror”ning o‘n birinchi maqolatida “Ilm osmonining yuksaklikda porlovchi yulduzlarini jahl tunini yoritmoq uchun quyosh, oy va kunduz kabi” xizmat qilishlarini yozadi. Ilmni kim vositai joh etar, O‘zini-yu xalqni gumroh etar2. Ilm aslida insonni ma’rifatga, haqiqatni anglashga va jamiyatga foyda keltirishga yetaklashi lozim bo‘lsa-da, uni mansab, shon-shuhrat va dunyoviy martaba orttirish vositasi sifatida ishlatish asl mohiyatga zid hisoblanadi. Bunday yondashuv natijasida odam nafaqat o‘zini haqiqatdan uzoqlashtirib, kibr va manmanlikka beriladi, balki xalqni ham gumroh etib, nodonlik va yolg‘on yo‘lga boshlaydi. Shu bois ilm ikki qirrali qurol bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lda foyda, noto‘g‘ri yo‘lda esa zarar keltirishi mumkin. Tasavvufda ilm “nur” sifatida talqin qilinib, uni qalbni poklash va Allohni tanish uchun ishlatish zarur, aks holda u jaholat quroliga aylanadi. Navoiy ham o‘z asarlarida “haqiqiy olim” va “soxta olim”ni farqlab, ilmning mohiyatan insonni komillikka yetaklashi lozimligini ta’kidlaydi. Shu bois mazkur bayt ham “komil inson” konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, haqiqiy komil inson ilmni jamiyat va inson ruhiy yuksalishi yo‘lida sarf etishi lozimligi g‘oyasini ifodalaydi. Komil insonning ikkinchi vazifasi axloqiy poklik va adolatdir. Navoiy ideal insonni halol, rostgo‘y, insofli va adolatli shaxs sifatida tasvirlab, Saddi Iskandariy dostonida quyidagicha ta’rif keltiradi: Adolatqa yetganda qilmish Xudo, O‘z otini “Al-adl” birla ado. Bu otig‘a ko‘prak uchun ehtimom, Aning birla olamg‘a berdi nizom.3 Mazkur baytda adolat tushunchasi ilohiy darajaga ko‘tarilib, Xudoning “Al-Adl” — ya’ni Mutlaq Adolat egasi sifatida ta’riflanishi ilgari suriladi. Shoirning ta’kidlashicha, adolat Xudoning ulug‘ sifatlaridan bo‘lib, u ol
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axloqiy poklik, komil inson, ilm va ma’rifat, vatanparvarlik, adolat, insonparvarlik
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021