К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING KOMMUNIKATIV VA TRANSFORMATIV ROLI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL (“DAVLAT XIZMATLARI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ISTIQBOL VA MUAMMOLARI” SHO‘BA

Iymanov Javlon Saidraxmonovich · Mirzajonov Jahongirmirzo Muzaffarjon o‘g‘li (“University of economics and pedagogy” NOTM)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной тезисной работе с социально-философской точки зрения анализируется коммуникативная и трансформативная роль социальных сетей в процессе цифровизации государственных услуг в Узбекистане. Социальные сети становятся пространствами, активизирующими диалог между государством и гражданами, усиливающими гражданское участие и обеспечивающими прозрачность в управлении. Тезис посвящён концептуальному анализу этих возможностей и вызовов. Ключевые слова: Социальные сети, коммуникативная культура, цифровые услуги, информационное общество, интерактивная коммуникация, нормативная легитимность, эпистемическая субъективность. ANNOTATION This thesis analyzes the communicative and transformative role of social networks in the process of digitalizing public services in Uzbekistan from a socio-philosophical perspective. Social media platforms are becoming spaces that activate dialogue between the state and citizens, enhance civic participation, and promote transparency in governance. The thesis conceptually examines both the opportunities and challenges arising from this transformation. Keywords: Social networks, communicative culture, digital services, information society, interactive communication, normative legitimacy, epistemic subjectivity. Zamonaviy axborot sivilizatsiyasida davlat boshqaruvi shakllari o‘z mohiyatiga ko‘ra transformatsiyalashmoqda. Raqamli texnologiyalarni davlat faoliyatining markaziga qo‘yish orqali hokimiyatning an’anaviy vertikal modeli asta-sekin gorizontal va interaktiv mexanizmlar bilan boyimoqda. O‘zbekistonda bu jarayon “Raqamli O‘zbekiston – 2030” [1] strategiyasi orqali bosqichma-bosqich institutsional asosga ega bo‘lib bormoqda. Bu strategiya nafaqat texnologik infratuzilmalarni yangilash, balki ijtimoiy ongda davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni qayta talqin qilishni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali nafaqat xizmatlarning tezkorligi, balki boshqaruvning shaffoflik, javobgarlik va ochiqlik tamoyillari 64 mustahkamlanadi. Falsafiy nuqtai nazardan, raqamlashtirish – hokimiyat va bilim o‘rtasidagi tarixiy aloqani qayta shakllantiradi. Mishel Fuko ta’kidlaganidek, har qanday hokimiyat shakli o‘z bilim arxitekturasiga tayanadi va uni nazorat qiladi: “Bilim hokimiyatni yaratadi, hokimiyat esa bilimni ishlab chiqaradi”. Raqamli boshqaruv esa shu zaminni desentralizatsiyalash bilan ajralib turadi – endilikda fuqaro hukumatga bog‘liq ma’lumotlarning iste’molchisi emas, balki ularni ishlab chiqaruvchi va baholovchi subyektga aylanmoqda. [2] 2023–2024 yillarda boshlangan “Open Budget” va “E-anticorruption” tizimlari orqali davlat xarajatlari, subsidiya va tender jarayonlari bo‘yicha ochiq ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Fuqarolar va jurnalistlar bu axborotlarni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilishi orqali davlat siyosati ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirmoqda. Bu Fuko tasvirlaganidek – ko‘pchilik tomonidan hokimiyatni kuzatish imkoniyati sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, mazkur o‘zgarishlar zamonaviy jamiyatlarda Yurgen Xabermas ta’riflagan “ijtimoiy sfera”ni yanada faolroq va dinamikroq tusga kiritmoqda. Raqamli davlat xizmatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning axborotga bo‘lgan kirish imkoniyatini oshirish, qarorlar ustidan ochiq fikr bildirish va mas’ul tuzilmalarning hisobotliligini oshirish kabi ijtimoiy- falsafiy jarayonlarni tezlashtiradi. Shu tarzda raqamlashtirish – nafaqat texnik jarayon, balki ijtimoiy ong va siyosiy madaniyatda chuqur o‘zgarishlar bosqichidir. [3] O‘zbekistonda Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi kabi muassasalar o‘zlarining rasmiy Telegram va Facebook sahifalari orqali muntazam axborot berib, fuqarolarning murojaatlariga javob bermoqda. Ayniqsa, Telegram’dagi “Bot” tizimlari orqali fuqarolar tezkor javoblar olishi, shikoyat yoki taklif yuborishi mumkin. Bu esa Yurgen Xabermas nazariyasidagi “ommaviy muhokama maydoni”ni yangi raqamli kontekstda vujudga keltirmoqda. Zamonaviy kommunikatsiya vositalari, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan davlat xizmatlari raqamlashtirilishi, jamiyatda ma’lumot almashinuvi bilan bog‘liq simmetrik munosabatlarni shakllantiradi. Ushbu holat klassik “yuqoridan-pastga” [4] turidagi axborot oqimini “interaktiv ishtirok va muhokama” tamoyili bilan almashtirishga xizmat qilmoqda. Natijada, davlat boshqaruvi institutlari endilikda fuqarolar tomonidan faqatgina nazorat qilinmaydi, balki ularning axborotlar bilan faol ishlash vositasiga ham aylanishi kuzatiladi. Ijtimoiy tarmoqlar raqamli jamiyatda nafaqat axborot almashuv vositasi, balki yangi ijtimoiy haqiqatlarni shakllantiruvchi epistemik maydon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Axborot oqimining vertikal tuzilmasi o‘rniga gorizontal tarmoqlar orqali tashkil etilgan kommunikatsiya shakllari jamiyat a’zolari o‘rtasida tenglik, tezlik va ishtirokchilik tamoyillarini ilgari surmoqda. Aynan shu omillar ijtimoiy tarmoqlarni davlat boshqaruvi bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi dinamik interfe

Доказательный фрагмент

«В данной тезисной работе с социально-философской точки зрения анализируется коммуникативная и трансформативная роль социальных сетей в процессе цифровизации государственных услуг в Узбекистане.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной тезисной работе с социально-философской точки зрения анализируется коммуникативная и трансформативная роль социальных сетей в процессе цифровизации государственных услуг в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Social networks, communicative culture, digital services, information society, normativ legitimlik, epistemik subyektivlik., kommunikativ madaniyat, raqamli xizmatlar, interaktiv kommunikatsiya, Ijtimoiy tarmoqlar, axborot jamiyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4