Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VUJUDGA KELISHI MASALASIGA DOIR
So‘fiev A.A.
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada mumtoz manbalardagi, Sharq va G‘arb, Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy ko‘rinishlarini targ‘ib qilgan jadidlarning qarashlaridagi tadbirkorlik faoliyati, uning vujudga kelishi, tadbirkorning faoliyatida huquqiy madaniyatning o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik faoliyati, huquqiy-normativ asoslar, strategik islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy mohiyat, mehnat, falsafiy-axloqiy fikrlar, mehnatsevarlik, baxt- saodat, mulkdor. Tadbirkorlik faoliyati, uni tartibga soluvchi huquqiy-normativ asoslari, tadbirkor shaxsning kasbiy maxsus madaniyati tarkibida huquqiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategik islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy mohiyati yotadi. Tarixiy manbalarga qaraganda, tadbirkorlik faoliyatini vujudga kelishining ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bizga ma’lumki, XVI asrga qadar o‘lkamizdan “Buyuk ipak yo‘li”ning eng asosiy irmog‘i o‘tgan bo‘lib, savdogarlik, oldi-sotdi, hunarmandchilik keng rivoj topganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu ma’noda ba’zi milliy-mental qarashlarda tadbirkorlik dastlab aynan savdogarlik shaklida qaror topgan degan qarash ustun bo‘lib kelgan. Mumtoz yozma manbalarda, xususan, “Avesto”da inson mehnatini ulug‘lovchi, dangasalikni qoralovchi falsafiy-axloqiy fikrlar, mehnatsevarlikdan saboq beruvchi g‘oyalarda jamiyat va inson hayotining farovonligi alohida e’tirof etilgan [1]. Qadimgi Yunonistonda tarkib topgan falsafiy ta’limotlarda tadbirkorlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, Platon o‘zining “Qonunlar” asarida “davlat va tadbirkorlik munosabatlari masalasiga e’tibor qaratib, iqtisodiy erkinlik sharoitidagina ular o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash mumkinligi” [2], buyuk faylasuf Aristotelning fikricha, “Tadbirkor adolatli ishlarga qo‘l urishi, muntazam ravishda xayrli ishlar bilan shug‘ullanishi lozim” [3] degan fikrlari tadbirkorlikning ijtimoiylashuviga alohida urg‘u beradi. Buyuk Sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” nomli asarida qo‘li ochiq tadbirkorlar haqida alohida to‘xtalib o‘tadi. Forobiyning fikricha, “Insonni baxt- saodatga eltuvchi jamoa haqiqatan fazilatli, yetuk, xosiyatli jamoadir. Insonning kelajagi, uning baxt-saodati haqida g‘amxo‘rlik qilish, uning qayg‘u-alamiga sherik bo‘lish hissi aynan tadbirkorlarda shakllangan bo‘lmog‘i lozim” [4]. Abu Nasr Forobiy jamiyatda tadbirkorlikning rivojlanishida qonunlarning o‘rniga alohida e’tibor beradi. Shuning uchun ham alloma “Rahbar yana og‘irlik o‘lchovi, don-dun va shakarga o‘xshash narsalar o‘lchovlari haqida ham hech kimga zarar keltirmaydigan savdo haqida qonunlar chiqarishi kerak. Shu bilan birga qonun chiqaruvchi, qonunlarda hamma badavlat va faqir kishilarning ahvolini aks ettiruvchi zarur, toki qonunlarni buzuvchi va o‘zining insonlarini oxirigacha tuzatmay razilliklarni yangilovchi odamlar toifasi nazardan tushib qolmasin” [5] deb yozadi. Abu Rayhon Beruniy tomonidan, “...savdogarlik (tadbirkorlik) ka oid qarashlarida odamlarning o‘zaro ixtiyoriy kelishuvini asosiy omil” [6] kabi fikrlar ilgari suriladi. Mavzu doirasidagi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik faoliyati asosan XVIII asrda shakllangan bo‘lib, u ko‘pincha “mulkdor” degan tushuncha bilan bog‘liq holda 77 izohlangan. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik tushunchasiga ham aynan shu davrda yashab o‘tgan taniqli ingliz iqtisodchi olimi R.Kantilton ilk marotaba maxsus ta’rif bergan. Keyinchalik esa tadbirkorlik va uning ijtimoiy, huquqiy hamda falsafiy asoslarini ishlab chiqish borasida I.Kant, F.V.Gegel, J.J.Russo, Sh.L.Monteskelar alohida tashabbus ko‘rsatganlar. Buyuk fransuz siyosatchi, jamiyatshunos va faylasuf olim Sharl Lui Monteskening quyidagi liberal-demokratik qarashlarini keltirish mumkin: “Erkinlik deganda shaxs istagan narsasini qilaverishi emas, balki faqat qonunlarda aks etilgan xatti-harakatlarnigina amalga oshirish huquqi ekanligini tushuntirib, inson faoliyatini faqat qonunlar orqali amalga oshirish mumkinligi”[7] ni alohida ta’kidlab o‘tadi. Mazkur liberal qarashlar zamonimizda ham tadbirkor faoliyatining rivojlanishi, tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim nazariy-konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi. G‘arbda “liberalizm” g‘oyasining yetakchilaridan hisoblangan Jon Lokk esa davlatning vazifasi o‘z tadbirkorlarini xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish, xususiy mulk dahlsizligini ta’minlash, tartib saqlashdan iboratligini ta’kidlab o‘tadi. V.Petti ham o‘zining ijtimoiy-falsafiy qarashlarida erkin tadbirkorlikni himoya qiladi. Xususiy mulkni u “Muqaddas” va “Dahlsiz” deb bilgan [8]. Hozirda MDH mamlakatlari doirasida ham tadbirkorlik masalasi turli ijtimoiy-falsafiy konsepsiyalar asosida talqin qilinmoqda. Xususan, V.S.Avtonomov tadbirkorlik faoliyatini antropologik yondashuv asosida izohlab, “tadbirkorlikda insonning ratsional qarorlari va funksional boshqaruvdagi ijodkorligi qo‘l keladi” [9] degan bo‘lsa, tadbirkorlik
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada mumtoz manbalardagi, Sharq va G‘arb, Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy ko‘rinishlarini targ‘ib qilgan jadidlarning qarashlaridagi tadbirkorlik faoli…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada mumtoz manbalardagi, Sharq va G‘arb, Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy ko‘rinishlarini targ‘ib qilgan jadidlarning qarashlaridagi tadbirkorlik faoli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tadbirkorlik faoliyati, falsafiy-axloqiy fikrlar, mehnatsevarlik, baxt-saodat, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy mohiyat, mulkdor., mehnat, huquqiy-normativ asoslar, strategik islohotlar
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025