К содержанию
РецензированоRU2025

Роман «Чума голубей»: история написания

Parvina MIRZAYEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 151-155 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Л. Эрдрик считается одной из самых глубоких и Л. Эрдрик, вдумчивых писательниц современности. В своих романах роман, она не ограничивается лишь описанием персонажей, но повествование, тщательно анализирует и изображает взаимоотношения Aмериканская литература, заголовок, между ними, а также их связи с природой, обществом и тема, общиной. В данной статье рассматривается история местный, написания романа «Чума голубей» (“The Plague of Doves”), коренной, влияние автобиографии автора на создание произведения, оджибве, а также обсуждаются факторы, способствовавшие «Чума голубей». появлению этого литературного труда. KIRIS Mahalliy Amerika adabiyoti (Native American literature) rivojlanishi nafaqat badiiy asarlarning gullab-yashnashiga olib keldi, balki adabiy tanqid va nazariyalar rivojiga ham turtki berdi. Mazkur adabiyot doirasidagi mualliflar, jumladan L. Erdrik, asosan o‘z o‘quvchilariga taqdim etayotgan mazmun bilan faol ishlaydilar, ayniqsa og‘zaki an’ana, nutq va yozma rivoyatlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklarga e’tibor qaratishdi. L.Erdrik ijodida teran mulohaza yurituvchi yozuvchilardan sanalaib, romanlarida faqat shaxslarni tasvirlash bilan cheklanmaydi; u personajlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning tabiat, jamiyat va jamoa bilan bo‘lgan aloqalarini ham sinchiklab tahlil qiladi va tasvirlaydi. Uning asarlari nafaqat individual psixologiyani, balki guruh ichidagi psixologik dinamikalarni ham o‘rganadi. METODOLOGIYA “Narrative Change: Postmodern Discourse on Native American Indian Literatures” nomli kitobda postmodern adabiyot mavzusiga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy maqolalar jamlanib, kitobdagi “Opening the Text: Love Medicine and the Return of the Native American Woman” (“Matnni ochish: ‘Love Medicine’ va mahalliy amerikalik ayolning qaytishi”) bobida Robert Silberman L.Erdrikning “Love Medicine” romanini tahlil qilish orqali mahalliy Amerika adabiyotining taraqqiyotiga postmodernistik yondashuv orqali nazar tashlaydi. Muallif L. Erdrikning asarlarini boshqa mahalliy amerikalik yozuvchilarning ijodi bilan solishtirib, uning romanlarida kuzatiladigan ochiq tuzilmalarga – ya’ni voqealar rivoji va rivoyat uslubining qat’iy chegaralarga bo‘ysunmasligiga urg‘u beradi. Shuningdek, Silberman L. Erdrikning U. Folkner ijodiga bo‘lgan hurmati va yaqinligini ta’kidlaydi. U L. Erdrikning “Love Medicine” romani bilan U.Folknerning “As I Lay Dying” (“O‘limim chog‘ida”), “Absalom, Absalom” va “The Sound and the Fury” (“Shovqin va g‘azab”) kabi mashhur romanlari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjudligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Silberman L. Erdrik lotin-amerika adabiyotidan, ayniqsa Gabriel Garsia Markes ijodidan bevosita ilhom olganini qiziqarli tarzda qayd etadi va uning yozuv uslubi hamda ohangida shu ta’sirlar sezilishini alohida ta’kidlaydi [12]. NATIJALAR 2008-yilda yozilgan “The Plague of Doves” (“Kabutarlar vabosi”) romani yigirmanchi asrda keng tarqalgan irqchilik mavzusiga va uning hozirgacha saqlanib qolgan oqibatlariga chuqur e’tibor qaratadi. Asar syujeti XIX asrning 1890-yillarida Shimoliy Dakotada yuz bergan voqealar atrofida qurilgan. Piter G. Baydler (Peter G. Beidler) o‘zining 152 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701 “A Documentary History of the 1897 Killings That Inspired Louise Erdrich’s ‘The Plague of Doves’” (“1897-yildagi qotilliklar hujjatli tarixi: Luiza Erdrichning ‘The Plague of Doves’ asariga ilhom bergan voqealar”) nomli kitobida L. Erdrik ushbu asarda Spayser (Spicer) oilasiga oid fojiali voqealarni (roman matnida Loxren (Lochren) oilasi deb nomlangan) qanday badiiy talqin qilganini keng yoritadi. Ushbu voqealarga ko‘ra, oila a’zolari vahshiylarcha o‘ldiriladi, so‘ngra esa uch nafar begunoh tubjoy amerikalik asossiz ayblovlar asosida ommaviy qatl etiladi. L. Erdrik bu tarixiy hodisalarni chuqur ruhiy va ijtimoiy tahlil orqali qayta tasvirlaydi va adolat, irqchilik va jamiyat xotirasi kabi muhim mavzularni o‘rtaga tashlaydi [1]. L. Erdrik voqealarning badiiy talqinida ayrim tafsilotlarni o‘zgartirgan, ya’ni u tarixiy haqiqatga to‘la tayanmasdan, syujetni yanada ta’sirchan qilish maqsadida ayrim jihatlarni o‘z ijodiy qarashlariga mos ravishda qayta ishlab chiqadi. Bu uslub orqali u real voqealarga asoslangan bo‘lsa-da, ularni adabiy jihatdan boyitib, o‘quvchiga kuchliroq hissiy va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatishga erishadi. L. Erdrikning ta’kidlashicha, asarlariga xos bo‘lgan jihatlardan biri shuki, u tasvirlagan rezervatsiyalar, shaharchalar va obrazlar ko‘pincha o‘z tasavvuri mahsulidir. Biroq, ba’zi istisnolar mavjud – masalan, tarixiy shaxs Lui Riel va Holi Trek (Holy Track) obrazi [5]. Holi Trek (Holy Track) – bu roman qahramonlaridan biri bo‘lib, yosh bola sifatida begunoh tarzda qotillikda ayblanadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan osib o‘ldiriladi. Biroq yillar o‘tib, u aslida aybsiz bo‘lgani, haqiqiy jinoyatchi esa ruhiy

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Л. Эрдрик считается одной из самых глубоких и Л. Эрдрик, вдумчивых писательниц современности. В своих романах роман, она не ограничивается лишь описанием персонажей, но повествование, тщательно анализи…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Л. Эрдрик считается одной из самых глубоких и Л. Эрдрик, вдумчивых писательниц современности. В своих романах роман, она не ограничивается лишь описанием персонажей, но повествование, тщательно анализи… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
L. Erdrich, literary work, роман, Aмериканская литература, mavzu, заголовок, оджибве, “The Plague of Doves”, rivoya, narrative, indigenous, коренной, Ojibwe, mahalliy, местный, “The Plague of Doves”., local, тема, roman, AQSH adabiyoti, L.Erdrik, sarlavha, American literature, tubjoy, theme, title, повествование, novel, Ojibve, «Чума голубей», Л.Эрдрик
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники