К содержанию
РецензированоRU2025

Фонетические и просодические средства в перлокации

Ziyoda MADUMAROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 146-150 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль фонетических и фонация, просодических средств в выполнении перлокутивного акта, мелодия, такие факторы, как фоносемантические, аллитерационные тон, и ритмические свойства фонетических и просодических интенсивность звуков, темп и пауза, средств. мелодика, фонация, артикуляционные состояния, темп речи, аспирация, реаспирация. So‘zlovchi tomonidan uzatilayotgan barcha nutqiy birliklar performativ (ijro etuvchi) xususiyatga ega bo‘lib, so‘zlovchi ularni adresatga ta’sir o‘tkazish maqsadida muloqot vaziyatiga moslab tanlaydi. Bunda u adresatning yoshi, jinsi, psixofiziologik belgilari, o‘ziga nisbatan rol-status munosabati kabi qator sosial jihatlarini e’tiborga oladi va suhbat mavzusi mos kelishi mumkin bo‘lgan ob’yektni tanlaydi, kerakli narsani ko‘rsatadi. Shu bilan birga, muayyan nutqiy vaziyat talabi bilan lokutiv, ya’ni talaffuz akti qandaydir maqsadda kerak bo‘ladi. J. Serl P. Graysning “ma’no” tushunchasi xususidagi fikriga tayanib, nutqiy aktdan maqsad tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish ekanligiga urg‘u beradi. Nutqiy akt, odatda, tovushlarni talaffuz qilish yoki harflarni yozish orqali hosil bo‘ladi. Odatda, inson morfemalar zanjiri orqali shakllangan ifodani gapirganda, nimanidir nazarda tutadi va aytilgan narsa ma’noga ega bo‘ladi. P. Grays ma’no tushunchasi talqinida quyidagi tahlilni beradi: “A” (so‘zlovchi) X (ifoda) bilan biror narsani nazarda tutgan degan ma’noni anglatadi. “A” nazarda tutgan narsani tinglovchi anglab olishi kerak deb hisoblaydi” [1]. Menimcha, sub’yektiv ma’no tahliliga bu samarali yondashuv, birinchi navbatda, ma’no tushunchasi va niyat tushunchasi o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni ko‘rsatadi, ikkinchidan, tildan foydalanish uchun muhim deb hisoblangan narsani qamrab oladi [2]. Demak, muloqot qilishdan maqsad muayyan hukmning haqiqati haqida ma’lumot berish va unga ishontirish uchun ma’lum tovushlar vositasida ta’sir ko‘rsatishdir. Fonetik va prosodik vositalarning fonosemantik, alliterativ va ritmik xususiyatlari kabi omillar og‘zaki nutq uchun xarakterlidir. S. Axmanova prosodiya atamasiga quyidagicha ta’rif beradi: «asosiy tonning ko‘tarilishi va pasayishi (melodika), kuchli va kuchsiz urg‘ular taqsimoti (dinamika), nutqning tez yoki sekinligi (temp) hamda talaffuz uzilishi (pauza) kabi nutq supersegment vositalarining birikish tamoyillari haqidagi ta’limotdir” [3]. N.A. Baskakov, A.S. Sodiqov, A.A. Abduazizovlarning “Umumiy tilshunoslik” darsligida prosodik vositalar xususida bahs yuritiladi. “Prosodik farqlanish vositalariga har xil tillarda urg‘u (so‘z va gap (fraza) urg‘usi), ton, cho‘ziqlik, pauza, temp, tembr, ohang va bo‘g‘inlarga xos bo‘lgan bo‘g‘in cho‘qqisi («вершина слога»), bo‘g‘inning oldi va orqasidan ulanuvchi vositalar hamda segment fonemalarning ba’zi belgilari – aspiratsiya, qayta aspiratsiya (“preaspiratsiya”), singarmonizm, bo‘g‘izni qisish kabilar kiradi. Bu vositalar “prosodemalar” deb ham yuritiladi” [4]. 147 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701 Suyun Karimov nutqning individual xarakteri haqida gap ketganda uning ijrochisi muayyan sub’yekt ekanligini e’tibordan qochirmaslik lozimligini ta’kidlaydi. Bu sub’yekt ruhiyatining nutq ijrosi paytidagi turli-tumanligi mutlaqo bir-biriga o‘xshamaydigan, boshqalar takrorlay olmaydigan nutqiy shakllarni vujudga keltiradi. Aytaylik, bir semantik-stilistik ma’noni ifodalash uchun tavsiya etilgan bir xil fonetik vositalardan foydalanilganda ham uni amalga oshirayotgan har bir individ nutqidagi tovushlar tovlanishi boshqa so‘zlovchi nutqidagi o‘zgarishlardan farqlanadi [5]. Shu ma’noda nutqiy ta’sirni kuchaytirishda emfatik urg‘u, ohang, pauza kabi prosodik vositalarning ahamiyatini o‘rganishni taqozo qiladi. I.M. Dzyaloshinskiy tildagi prosodik vositalar sifatida quyidagilarni belgilaydi: intonatsiya, ovoz registri (registrning past va o‘ta past ovozi, ayniqsa, ta’sirchan va hukmron ovoz sifatida qabul qilinadi), fonatsiya (ovozdagi zo‘riqish, "jarangdor fonatsiya", bo‘shashgan ovoz) va artikulyasion holatlar, nutq tempi va pauza. Keyingi yillarda nutqiy faoliyat jarayonida prosodik vositalarning o‘rni va ahamiyatini o‘rganishga e’tibor qaratila boshladi. Bu borada, xususan, M.M. Gaziyevaning muloqot jarayonida prosodik vositalarning lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan ishi diqqatga sazovor [6]. Muallif prosodik birliklar sifatida melodika, urg‘u, pauza, temp va tembr kabilarning funksiyalari hamda chegaralarini aniqlash; prosodik vositalarning gapning kommunikativ tiplarini shakllantirish, nutqiy aktlar hosil qilish, gapning aktual bo‘linishidagi tema va remani ajratish, nutqda turli bo‘yoqlarni ifodalash kabi pragmatik funksiyalarini asoslash; gapning aktual bo‘linishida tema va remani ajratish urg‘uning intensiv harakati va nutqning melodik harakati orqali amalga oshirilishi masalalarini tadqiq qilgan. M.M. Gaz

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль фонетических и фонация, просодических средств в выполнении перлокутивного акта, мелодия, такие факторы, как фоносемантические, аллитерационные тон, и ритмические св…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль фонетических и фонация, просодических средств в выполнении перлокутивного акта, мелодия, такие факторы, как фоносемантические, аллитерационные тон, и ритмические св… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phonation, intonation, qayta aspiratsiya, реаспирация, мелодика, speech tempo, nutq tempi, ton, fonatsiya, aspiration, мелодия, sound intensity, melody, ohang, тон, артикуляционные состояния, tovushlarning intensivligi, фонация, melodika, tone, аспирация, re-aspiration, articulatory states, artikulyasion holatlar, tempo and pause, интенсивность звуков, темп и пауза, темп речи, aspiratsiya, temp va pauza
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники