К содержанию
РецензированоUZ2025

TURLI ORGANLARDAGI HUJAYRA REGENERATSIYASINING GIST OLOGIK BELGILARI

Кохинур Мукхаммаджонова

ИКРО журнал · 277-281 · 2025

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada turli organ va to‘qimalarda hujayra regeneratsiyasi jarayonining gistologik belgilari har tomonlama yoritilgan. Hujayra regeneratsiyasi organizmning o‘z-o‘zini tiklash, yo‘qotilgan yoki shikastlangan hujayralar o‘rnini yangilari bilan to‘ldirish qobiliyatidir. Bu jarayon har bir organda turlicha kechadi va uning faolligi hamda samaradorligi ko‘p jihatdan hujayralarning differensiasiya darajasi, to‘qimaning regeneratsion salohiyati va patologik ta’sir omillariga bog‘liqdir. Maqolada jigar parenximasi, buyrak kanalciklari, yurak mushak to‘qimalari, miya nerv hujayralari, teri epiteliyasi, ichak shilliq qavati va boshqa to‘qimalarda kuzatiladigan regenerativ o‘zgarishlarning gistologik ko‘rinishlari izchil tahlil qilinadi.Gistologik belgilar sifatida hujayra mitozining faolligi, yadro va sitoplazma morfologiyasi, to‘qima arxitekturasi va yangilangan strukturaviy birliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada regeneratsiyani aniqlashda va baholashda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar – optik mikroskopiya, immunogistokimyo, gistokimyoviy bo‘yoqlar, proliferatsiya markerlari (masalan, Ki-67), hamda elektron mikroskopiyadan foydalanish uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan.Ushbu maqola hujayra va to‘qima regeneratsiyasining gistologik asoslarini tushunishga xizmat qiladi, klinik va eksperimental patologiyada diagnostika va reabilitatsiya jarayonlarini chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu bilimlar organ transplantatsiyasi, yara bitishi, surunkali kasalliklar va to‘qima shikastlanishlarini davolashda keng qo‘llanilishi mumkin.

Доказательный фрагмент

«Mazkur ilmiy maqolada turli organ va to‘qimalarda hujayra regeneratsiyasi jarayonining gistologik belgilari har tomonlama yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ilmiy maqolada turli organ va to‘qimalarda hujayra regeneratsiyasi jarayonining gistologik belgilari har tomonlama yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Hujayra regeneratsiyasi, Gistologik belgilar, To‘qima tuzilishi, Mitoz faolligi, Organ tiklanishi, Jigar parenximasi, Buyrak kanalciklari, Epiteliy hujayralar, Miya va asab to‘qimalari, Yurak mushaklari, Immunogistokimyo, Gistokimyoviy bo‘yoqlar, Elektron mikroskopiya, Proliferatsiya markerlari (Ki-67), Subventrikulyar zona, Neyrogenez, Glial hujayralar, Neyronlar, Miya to‘qimasi tozaligi, Moddalar almashinuvi, Oziqlanish va bosim muvozanati, Qon-likvor to‘siq, Markaziy asab tizimi (MAT), Struktural moslashuvlar, Morfologik o‘zgarishlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники