ВостоковеденияСАИДАКБАРОВA УМИДА2018
To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodi
Urazbayeva Zulxumor · Ibragimov Javohir Isamiddin o‘g‘li
Третье возрождение:проблемы и решения · 42-44 · 1975
Аннотация
To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodiy faoliyati, mintaqada olib brogan ijodiy faoliyati, o‘sha davr Markaziy Osiyo adabiy muhiti haqida Kalit so‘zlar: To‘lepbergen Qayipbergenov, Orol, adabiyot, hikoya, yozuvchi. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov o‘zining ijod namunalari bilan nafaqat qoraqalpoq va o‘zbek balki jahon xalqlari adabiyotlari orasida ham o‘zining mustahkam o‘rniga ega yozuvchilardan biri sanaladi. T. Qayipbergenov o‘zining ocherklari, povestlari, romanlari, drama va publitsistik maqolalari bilan qoraqalpoq adabiyotining rivojlanishida o‘zining salmoqli o‘rniga ega. Yozuvchi XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab qoraqalpoq adabiyotida ko‘zga ko‘rina boshladi. Adibning “Sekretar”, “Muallimga raxmat”, “Uyqusiz tunlar” povestlari; “So‘nggi hujum”, “Qoraqalpoq qizi”, “Qoraqalpoq dostoni”, “Qoraqalpoqnoma”, “Qoraqalpoqman” romanlari; “Familiya”, “Aydo‘s bobo”, “Sahro bulbuli” kabi dramalari e’tiborga molikdir. T. Qayipbergenovning qoraqalpoq adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissari inobatga olinib unga Qoraqalpoq xalq yozuvchisi (1975), O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1993), Berdaq nomidagi (1967), Hamza nomidagi (1971), Mahmud Qoshg‘ariy nomidagi (1995), Mixail Sholoxov nomidagi (2004) davlat va “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 119 xalqarolik mukofotlari taqdim etildi. U 2003-yilda O‘zbekiston Qahramoni mulofotiga sazovor bo‘ldi. T. Qayipbergenov XX asr qoraqalpoq milliy adabiyotini rivojlantirish bilan birgalikda qoraqalpoq adabiyoti ilmining ham chuqur o‘rgangan. Yozuvchining prozasi ilmiy ishlariga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ch.Aytmatov, A.Oripov, O.Yoqubov, Z.S.Kedrina, P.Shermuxammedov va boshqalar yozuvchining asarlarini va uning yaratgan obrazlari haqida o‘zlarining fikrlarini bildirishgan. Yozuvchi haqida uning hayot yo‘li haqida ko‘plab fikrlar yuradi. Ko‘pchilik yozuvchi va adiblar bu inson haqida iliq fikrlar bildiradi. Xususan, Yangiboy Qo‘chqorov bilan suhbat davomida adibning o‘jar bo‘lganligi va u kundalik tutib har kungi hayotidagi voqealarni o‘z kundaligida yozib borganligini aytadi: „Ikki masalada baxslashsak, birini ma’qul ko‘rgan ikkinchisini rad etgan paytlar bo‘lgan…. 1980 yildan boshlab To‘lepbergen og‘a har kunini kundaligiga yozardi. Barcha tafsilotlari bilan …. Hozir uyida 29 tom kundalik bor. Siz bunga xayron bo‘lyapsiz. Bir taniqli ozorbayjon shoiri 54 yil kundalik tutgan. To‘lepbergen og‘a vafotimdan 15 yil keyin ochinglar, deb vasiyat qilgan. 2025-yil ochilishi lozim. Lekin men farzandlariga ancha yilgacha ochmang, dedim. Ular shunga ko‘nishdi“ Bundan tashqari Nabijon Boqiy ham To‘lepbergen Qayipbergenov haqida eslab o‘tadi: “Esimda, biz xiyla sinashta bo‘lib qolganimizdan so‘ng “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasini qayta ishlab, to‘ldirilgan holda nashr etmoqchi ekanini aytadi. – Nabijan, trilogiyaning o‘zbekcha nusxasiga o‘zing muharrir bo‘lmaysanmi? – Bo‘lishim mumkin, lekin qattiqroq tahrir qilib yuborsam, ishqilib, yuzko‘rmas bo‘lib ketmaymizmi? – deyman hazil aralash. – Yo‘g‘-e, muallif bilan muharrir kitob chiqarish jarayonida talashib- tortishadi, ammo yuzko‘rmas bo‘lib ketganini hech eshitmaganman, – deb kuladi og‘a. “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 120 Xullas, og‘aning mashhur trilogiyasi mening “umumiy tahririm” ostida qayta nashr etiladi. Biz hartugul yuzko‘rmas bo‘lib ketmadik. Aksincha, To‘lapbergan og‘a Do‘rmondagi bog‘ hovlisida qo‘y so‘yib, o‘g‘illarini chaqirib, ular guvohligida menga boshdan-oyoq sarpo kiydiradi. Shoir do‘stim A’zam O‘ktam yozda qoraqalpoqcha kiyim-boshga burkanib bog‘chamga kirib kelganimni ko‘rib bag‘oyat ajablanadi. Bir pasdan keyin To‘lapbergan og‘aning o‘zi har xil tansiq noz-ne’matlar ko‘tarib kelib qolgach, A’zamjon battar hayratlanadi. Ular quchoq ochib ko‘rishadi. Chorpoyaga chiqib o‘tiradilar.” T.Qayipbergenov O‘zbek adabiyoti vakillari bilan ham yaqin aloqada bo‘lgan. Jumladan, hikoyanavis A.Qahhor bilan yozishgan maktublariga ko‘zimiz tushadi: “27-XII-1964 Do‘stim Qaipberganov Yo‘llagan tabrik va sovg‘alaringiz uchun rahmat. Kelayotgan yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin. “Nomus”ni o‘sha kunlariyoq qo‘lga olmaganim chakki bo‘lgan ekan, er-xotin bog‘dan ko‘chish oldida kasallikka chalinganimizcha haligacha o‘zimizga kelolmaymiz. Sizning oldingizda uyatli bo‘lib, biroz ishlash imkoniyati bo‘lishi bilanoq asarni qo‘lga oldim. Asarda yaxshi obrazlar ko‘zga ko‘rinib qolgan, lekin bularni yana ham yorqinroq qilish, asarni keraksiz tafsilotdardan tozalash zarurligi o‘zingizga ma’lum edi. Ish jarayonida birmuncha fikrlar tug‘ildi. 1. Kamol xoinvachcha bo‘lsa ham otasining bolasi emas; odam bolasi ekani ko‘rinib turganidan keyin unga kimdir quchog‘ini ochishi, uni hayotga yo‘llab yuborishi kerak. Hayot haqiqati shu. 2. San’at xodimi hozirgi turishida voqeadan chetda, modomiki bu obraz qolishi kerak ekan, uni voqea doirasiga tortish, unga xarakter berish zarur. 3. “Internatsionalizm”ni ko‘rsatuvchi oilalar bitta povestda ko‘p bo‘lishi shart emas, shunin
Доказательный фрагмент
«To‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodiy faoliyati, mintaqada olib brogan ijodiy faoliyati, o‘sha davr Markaziy Osiyo adabiy muhiti haqida Kalit so‘zlar: To‘lepbergen Qayipbergenov, Orol, adabiyot, hikoya, yozuvchi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTo‘lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodiy faoliyati, mintaqada olib brogan ijodiy faoliyati, o‘sha davr Markaziy Osiyo adabiy muhiti haqida Kalit so‘zlar: To‘lepbergen Qayipbergenov, Orol, adabiyot, hikoya, yozuvchi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adabiyot, hikoya, yozuvchi, Orol, To‘lepbergen Qayipbergenov
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025