Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
O‘ZBEKISTONDA ICHKI AUDIT HISOBOTINI TUZISHNI TAKOMILLASHTIRISH
MANAGEMENT AND ECONOMY · Mamatkulov Suxrobjon Raxmonkulovich
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada ichki audit hisobotini tuzish tartibi, uning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’siri, xalqaro standartlar va zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Ichki audit tizimi nafaqat tekshiruv natijalarini aks ettiruvchi hujjat, balki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda strategik vosita bo‘lib xizmat qilishi lozim. Maqolada mavjud muammolar, takomillashtirish mexanizmlari va amaliy tavsiyalar bayon etiladi. Kalit so‘zlar: ichki audit, audit hisobotlari, audit sifati, tavsiyalar, xalqaro standartlar, tashkilot samaradorligi. Bozor munosabatlari chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda tashkilotlarning moliyaviy-ijtimoiy faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari va yirik xususiy sub’yektlarda ichki audit tizimi orqali faoliyatning qonuniyligi, maqsadliligi, tejamkorligi va samaradorligi baholanadi. Ichki audit hisobotlari esa bu jarayonning yakuniy va eng muhim natijalaridan biri bo‘lib, ular asosida yuqori darajadagi menejment qarorlar qabul qiladi, strategiyalar belgilanadi va risklar tahlil qilinadi. Shu bois, ushbu hisobotlarning sifatini oshirish, ularni zamonaviy mezonlarga mos tarzda tuzish va taqdim etish jarayonini takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir. Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil Ichki audit hisobotining asosiy vazifasi – tashkilotning moliyaviy va operatsion faoliyatida aniqlangan muammolarni aniq va asosli tarzda bayon qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq, amaliy tavsiyalar berish va ushbu tavsiyalar bajarilishi bo‘yicha javobgarlikni belgilashdan iboratdir. Ammo amaliyotda ko‘plab ichki audit hisobotlari umumiy iboralar, takroriy jumlalar, real holatni aks ettirmaydigan mulohazalarga boy bo‘ladi. Bu esa ularning boshqaruv funksiyasidagi ahamiyatini pasaytiradi. Audit hisobotlarini takomillashtirishda birinchi navbatda xalqaro tajriba va professional standartlarga asoslanish muhimdir. Masalan, The Institute of Internal Auditors (IIA) tomonidan ishlab chiqilgan Professional Practices Framework (IPPF) doirasida hisobotlar uchun quyidagi talablar belgilangan: aniqlik (clarity), aniq dalillarga asoslanish (evidence-based), tavsiyalarning amaliyligi (actionable), muvozanatlilik (objectivity) va maqsadga muvofiqlik 5 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference (relevance). O‘zbekistonda ichki audit faoliyatini yuritayotgan tashkilotlar uchun ham ushbu mezonlarga mos keluvchi hisobot tuzish tartibini joriy etish zarur. Ikkinchi muhim jihat – hisobot tuzish strukturasi va tili. Aksariyat holatlarda ichki audit hisobotlari ortiqcha byurokratik ifodalar, murakkab iboralar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bu ularning o‘qilishi, tushunilishi va ijrosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun audit hisobotlari aniq bloklarga bo‘lingan, vizual vositalar (jadval, diagramma, grafiklar), raqamli indikatorlar va tavsiyalar matnidan iborat bo‘lishi lozim. Hisobot matnida aniqlangan har bir muammo dalillar bilan mustahkamlanib, unga nisbatan “qanday, nima sababdan, qachon va kim tomonidan bartaraf etilishi kerak” degan savollarga javob bo‘lishi shart. Bundan tashqari, audit tavsiyalarining monitoringi va bajarilishini kuzatib borish tizimi ham muhim o‘rinda turadi. Ko‘pincha audit hisobotida keltirilgan tavsiyalar qabul qilinadi, biroq ularning amalda bajarilishi yoki samara bergan- bermaganligi yuzasidan tahlil olib borilmaydi. Shu bois, ichki audit hisobotiga alohida “Ijro monitoringi” bo‘limi kiritilishi, unda har bir tavsiya bo‘yicha mas’ullar, bajarish muddati va baholash mezonlari aniq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir [1]. Hisobot sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ham dolzarbdir. Zamonaviy elektron audit tizimlari (masalan, TeamMate, IDEA, ACL) yordamida audit natijalari, tavsiyalar, baholash indikatorlari real vaqt rejimida shakllantirilib, raqamli formatda yuqori rahbariyatga yetkazilishi mumkin. Bu audit jarayonining shaffofligini, operativligini oshiradi, inson omilidan kelib chiqadigan sub’yektivlikni kamaytiradi va hisobotlarda izchillikni ta’minlaydi. Shuningdek, ichki audit hisobotlarining sifati bevosita auditorlarning malakasi, etikasi va tahliliy tafakkuriga bog‘liq. Auditorlar nafaqat moliyaviy hujjatlarni o‘rganish, balki boshqaruv tizimining zaif tomonlarini tahlil qilish, tizimli risklarni ko‘ra olish va ularni oldini olish bo‘yicha aniq, asosli takliflar berishga qodir bo‘lishi lozim. Bu borada ichki auditorlar uchun doimiy malaka oshirish, xalqaro sertifikatlash (masalan, CIA – Certified Internal Auditor) tizimlariga kirish, tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish talab etiladi [2]. Natijalar Zamonaviy boshqaruv tizimida ichki audit hisobotlari tashkilotning nafaqat moliyaviy intizomini, balki umumiy strategik barqarorligini baholashda ham asosiy manba hisoblanadi. Biroq ichki audit hisobotlari ko‘p hollarda faqat aniqlan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ichki audit hisobotini tuzish tartibi, uning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’siri, xalqaro standartlar va zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ichki audit hisobotini tuzish tartibi, uning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’siri, xalqaro standartlar va zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xalqaro standartlar, tashkilot samaradorligi., tavsiyalar, audit hisobotlari, ichki audit, audit sifati
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025