К содержанию
РецензированоUZ2026

DEHQON XO‘JALIKLARIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING TIZIMLI-TAMOYIL ASOSLARI

TIZIMLI-TAMOYIL ASOSLARI · Axmatov Abutolibxon Ochilxon oʻgʻli

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada dehqon xo‘jaliklarida yer resurslaridan foydalanishning tizimli yondashuviga asoslangan tamoyillar yoritilgan. Muallif yer resurslarining tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni boshqarish jarayonida tizimli fikrlash, barqarorlik, ekologik xavfsizlik, resurslararo uyg‘unlik va hududiy xususiyatlarni inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. Maqolada mavjud muammolar, zamonaviy yondashuvlar va ularni hal etish yo‘llari keng tahlil etilgan. Kalit so'zlar: dehqon xo‘jaligi, yer resurslari, tizimli yondashuv, tamoyil, ekologik xavfsizlik, barqarorlik, boshqaruv, agroekologiya, resurslararo bog‘liqlik. Kirish. Yer resurslari har qanday agrar faoliyatning asosi bo‘lib, dehqon xo‘jaliklarining samaradorligi, barqarorligi va istiqboli ko‘p jihatdan ushbu resurslardan qanday foydalanilayotganiga bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida yerga nisbatan munosabatni tubdan qayta ko‘rib chiqish, uni iqtisodiy faoliyatning oddiy elementi emas, balki ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlar kesishgan strategik resurs sifatida baholash zarurati ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, dehqon xo‘jaliklarida yer resurslaridan foydalanish masalasiga tizimli yondashuv asosida qarash muhimdir. Yer resurslari har bir millat, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy rivojlanishida poydevor vazifasini bajaradi. Insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida yer asosiy yashash manbai, oziq-ovqat ishlab chiqarish vositasi va tabiiy muhit bilan o‘zaro munosabatlarni belgilovchi strategik resurs bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa, yer resurslarining o‘zgaruvchan iqlim, demografik bosim, texnologik omillar va global muammolar fonida to‘g‘ri boshqarilishi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan mamlakatlar, xususan O‘zbekiston sharoitida yer nafaqat iqtisodiy faoliyat obyekti, balki davlat suvereniteti va milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi va ularning ichki imkoniyatlarini to‘liq ishga solish yer resurslaridan to‘g‘ri, oqilona va barqaror foydalanishga bevosita bog‘liqdir. Yerga nisbatan noto‘g‘ri munosabat, me’yorlardan chekinish, ilmiy asosga tayanmagan qarorlar, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarining chetlab o‘tilishi bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Dehqon xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligida ahamiyatli rol o‘ynovchi asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning o‘ziga xos xususiyati — kichik yer maydonlarida faoliyat yuritish, oila a’zolari mehnatiga tayanish, mehnat resurslarining yuqori darajada mobil bo‘lishi va resurslar bilan bevosita bog‘liq harakatlar amalga oshirilishidir. Bunday tuzilma tashkiliy jihatdan soddaroq ko‘rinsada, amalda murakkab tizim hisoblanadi. Ayniqsa, yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, meliorativ holatni saqlash, suvni tejash, agrotizimda ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar dehqon xo‘jaliklari uchun doimiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, yer resurslaridan foydalanishda sektoral va tor doiradagi yondashuvlar samaradorlikni pasaytirmoqda. Chunki yer degan resurs ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy omillarning kesishgan nuqtasida turadi. Shuning uchun 124 uni boshqarish va undan foydalanish yondashuvlari ham kompleks, tizimli va tamoyilga asoslangan bo‘lishi zarur. Tizimli yondashuv bu borada muhim ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda yer resurslari o‘zaro bog‘langan elementlar tizimi sifatida qaraladi. Har bir komponent — tuproq sifati, suv ta’minoti, ishlov berish usuli, mahsulot turi va agrotexnologik tadbirlar — yagona butunlikda muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Tizimli yondashuvning ustuvorligi shundaki, u yer resurslarining funksional imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladi, ularning tiklanish salohiyatini hisobga oladi, resurslararo bog‘liqlikni e’tiborga oladi. Shuningdek, bu yondashuvda qarorlar izchil, ko‘p bosqichli va natijaga yo‘naltirilgan tarzda shakllanadi. Masalan, dehqon xo‘jaligida almashlab ekish tizimini joriy etish, suv resurslarini tejamkor usulda ishlatish, mahalliy iqlim sharoitlariga mos ekin turlarini tanlash va organik o‘g‘itlardan foydalanish tizimli qarashlar asosida belgilanishi zarur. Tamoyil asosida faoliyat yuritish deganda esa yer resurslari bilan bog‘liq barcha amaliy harakatlar, loyihalar va siyosatlar muayyan prinsiplar — barqarorlik, ekologik xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik, axborotga asoslanganlik, hududiy moslashuvchanlik, ijtimoiy adolat asosida olib borilishi tushuniladi. Bunday tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish orqali dehqon xo‘jaliklari faqat bugungi kun uchun emas, balki kelajak avlodlar uchun ham foydali bo‘lgan natijalarni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi agrar sohada olib borayotgan islohotlar, ayniqsa, yerga egalik va foydalanish huquqlarini mustahkamlash, yer kadastri tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali yer bosh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dehqon xo‘jaliklarida yer resurslaridan foydalanishning tizimli yondashuviga asoslangan tamoyillar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dehqon xo‘jaliklarida yer resurslaridan foydalanishning tizimli yondashuviga asoslangan tamoyillar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dehqon xo‘jaligi, yer resurslari, tizimli yondashuv, tamoyil, ekologik, agroekologiya, boshqaruv, barqarorlik, resurslararo bog‘liqlik., ekologik xavfsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4