К содержанию
РецензированоRU2020

Мaxsus yordamchi maktablarda tarbiyalanuvchi aqli zaif bolalarga stomatologik yordam ko’rsatishni optimallashtirish

Indiaminova G.N. · Zoyirov T.E.

Научные статьи · 2020

Аннотация

Og'iz bo'shlig'i salomatlik holati har bir inson shaxsiyatining jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonligining muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda dunyo miqyosida tish kariesi va parodont to’qimasi kasalliklari nafaqat katta yoshlilar, balki aholining kichik yoshli qatlami o’rtasida ham eng keng tarqalgan tish kasalligi bo'lib qolmoqda. Sog'lom bolalarda o'tkazilgan so'nggi epidemiologik tekshiruvlarga ko'ra, stomatologik kasalliklar ko’rsatkichi yuqori darajada bo’lib, kariesning tarqalishi sog’lom bo’lgan 12-15 yoshli bolalar guruhlari o’rtasida 63,3-83,4% va 81,7-88,7%, intensivligi 3,02-3,75 va 4,6 - 5.73, hamda sog'lom 12 yoshli bolalar guruhida parodont to’qimasi kasalliklarining tarqalishi 37,8% dan 50% gacha, 15 yoshli bolalar guruhida 57,7% dan 84,7% gacha. Karies kasalligining tarqalishi maktabgacha va maktab yoshidagi aqli zaif bolalarda ham yuqori darajani tashkil etadi, yengil darajadagi aqliy zaifligi (YAZ) bo'lgan 13-18 yoshli bolalarda kariyesning intensivligi yuqori. Ushbu ko'rsatkichlar yoshga qarab ortib boradi va asosiy kasallikning og'irligiga bog'liq. Turli darajadagi aqliy zaiflik nuqsoni mavjud bolalarda parodont to'qimasi kasalliklari va prikus patologiyalarining tarqalishi 100% ga yetadi. Kalit so’zlar: Tish kariesi, parodont to’qimasi kasalliklari, prikus patologiyalari, aqliy zaif bolalar, og’iz bo’shlig’i gigiyenasi, stomatologik kasalliklar profilaktikasi mahsus dasturi.

Доказательный фрагмент

«Og'iz bo'shlig'i salomatlik holati har bir inson shaxsiyatining jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonligining muhim tarkibiy qismidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Og'iz bo'shlig'i salomatlik holati har bir inson shaxsiyatining jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonligining muhim tarkibiy qismidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники