К содержанию
РецензированоUZ2026

TARJIMAGA O‘QITISHNI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI

BOZOROVORIF CHAMANOVICH · QARSHIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

Международный научный журнал · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari, bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda til birliklari semantik mazmunining milliy o‘ziga xosligi so‘z birikmasi, gap va matn tarkibidagi murakkab semantik majmualarning paydo bo‘lish metodlari haqida ham qisqacha to‘xtab o‘tilgan. Kalit so‘zlar. Semantika, sinxron, kommunikativ kompetensiya, tarjima kompetensiya, texnik kompetensiya, transformatsiya, ko‘nikma, mahorat. Kirish. Tarjimon tayyorlashda tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari, bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda og‘zaki tarjimonlik imkoniyatlari hamda linvist –tarjimon kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishsharhlandi. Metod va metodologiya. Tarjimaga oid amaliyotlar tahlilida tarjima usullarini tarjima uslublaridan farqlash maqsadga muvofiqdir. Usul – qo‘yilgan maqsadga erishishning asosiy yo‘li bo‘lib, qilinadigan harakatlarning mavjud qonunlarini aks ettiradi. Bir tildan boshqa tilga o‘tishning ikkita usuli bor: birinchisi bir tilga mansub so‘z yoki belgidan boshqa tilga mansub so‘z yoki belgiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘tish, ikkinchisi esa aylanma yo‘l orqali – avval bir tilga mansub belgidan mo‘ljaldagi yoki predmetli vaziyatga va faqat shundan keyin o‘giriladigan tilga mansub belgiga o‘tishdir. Ilmiy manbalarda tarjimaning bu ikki usulidan birinchisi belgili, ikkinchisi esa ma’noli deb nomlanadi. Metod yoki boshqacha aytganda, tarjima uslubi, odatda, xususiy masalani hal qiladi, ya’ni tarjima jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradi. Tarjima uslublari, o‘z navbatida, yana ikki guruhga bo‘linadi: 1) tarjima mutanosibliklari; 2) tarjima tuzilishining o‘zgarishi. Tarjimani asliyat bilan taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘girish jarayonida asliyat tilning muayyan birliklari ma’nosi o‘girilayotgan tilning bir xil birliklari yordamida uzatiladi (masalan: uy – house, xona – room, tree – daraxt). Til birliklari nisbatan barqaror ma’noga ega. Shuning uchun tillardagi (bizning holatda hind – yevropa til oilasiga mansub tillarda) bir xil predmetli holatlar o‘xshash sintaktik konstruksiyalar yordamida tarjima qilinadi. Bir tildan boshqa tilga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar hamda tarjimada tilning «ruhiyati» yo‘qolishi, ko‘pincha, poetik asarlarni tarjima qilishda kuzatiladi. Ularning barchasi metodologik jihatdan noto‘g‘ri, chunki isbotlashni tilga tatbiq etib bo‘lmaydi hamda kirishda berilayotgan va chiqishda olinayotgan axborotlar turli qatlam va ko‘lamga tegishli bo‘lgani uchun xulosalarning to‘g‘riligiga qo‘yiladigan eng oddiy mantiqiy qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, nemis tilida artiklning mavjudligi nemislarning narsa – hodisalarni jinsiga aloqador qandaydir belgilariga qarab qabul qiladi, degan xulosani bermaydi. Xuddi shu kabi ergativ qurilishga ega bo‘lgan abxaz tilida so‘zlashuvchilar ish – harakatning subyekt va obyektini farqlay olishga qodir emas, degan xulosaning kelib chiqishi ham mantiqqa ziddir. O‘zbekcha «qo‘l», ruscha «ruka» so‘zlarining ingliz tilida «hand», «arm» so‘zlari bilan, o‘zbek tilidagi «kaptar» va «musicha» so‘zlarining nemis tilida bitta «taube» so‘zi bilan berilishi nemislarning kaptar va musicha kabi turlicha bo‘lgan ikki qushni bir – biridan ajrata olmaydi, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Chunki o‘zbeklar kaptar va musichaning farqiga qanday yetsa, nemislar ham xuddi shunday yetadi. O‘zbek tilidagi «bilmoq» so‘zi nemis tilida «wissen», «kennen» fe’llari bilan berilishi nemislarning o‘zbeklarga qaraganda ko‘prok bilishini yoki bo‘lmasa bilishning turli xillarini anglashlarini ko‘rsatadi, deb bo‘lmaydi. Ingliz tilidagi «lunch» so‘zi o‘zbek tiliga «shunchaki nonushta», «ikkinchi nonushta», «o‘nbirlik», 487 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI «yengil tushlik» kabi tasviriy vositalar bilan tarjima qilinishi esa o‘zbeklarning bu tushunchani o‘z aqliga sig‘dira olmaganligini ko‘rsatmaydi. Ikki yoki undan ortiq tildagi so‘zlarning ayrim ma’nolarini tipologik jihatdan solishtirganda va ma’nolarning mos tushmaslik holatlari kuzatilganda, tilshunoslar tomonidan «turli tilda so‘zlashuvchi xalqlarning tushuncha apparati turlichadir», degan xulosachiqariladi. Til birliklari semantik mazmunining milliy o‘ziga xosligi so‘z birikmasi, gap va matn tarkibidagi murakkab semantik majmualarning paydo bo‘lish imkoniyatini inkor etmaydi, lekin bu majmualar ifoda etgan ma’no ko‘lamiga ko‘ra turli tillarda bir – biriga o‘xshash bo‘lishi ham mumkin. In’ikos tushunchasi shaklining obyektivligi tufayli til semantik tomonining milliy o‘ziga xosligi bilishjarayonning subyektiv unsuri manba bo‘laolmaydi. Natijalar va tahlil. Ammo til semantikasining milliy o‘ziga xosligi namoyon bo‘lishining yana bir tomoni borki, u til taraqqiyoti jarayonida tovush shaklini tanlashdagi motivatsiyaning o‘ziga xosli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari, bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarjima uslub va usullarini o‘qitishning o‘ziga xosliklari, bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transformatsiya, mahorat., ko‘nikma, texnik kompetensiya, tarjima kompetensiya, sinxron, Semantika, kommunikativ kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники