Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHTIRISHDA INNOVATSION YECHIMLAR
TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHTIRISHDA · INNOVATSION YECHIMLAR · Jumanazarov Kodirjon Salyayevich · Bozorova Madina Raxmat qizi
Международный научный журнал · 2026
Аннотация
In the process of introducing into practice the reforms carried out in the educational system of our country, it is necessary to use the latest innovative technologies and to implement them in accordance with all branches of the educational system. In the process of introducing modern innovative technologies into practice, it is necessary to develop recommendations on improving the quality and efficiency of training. Keywords. New Uzbekistan, innovation, innovation economy, innovation process, PISA, continuing education, digital technologies, preschool and school education. Kirish. Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jahon standartlariga javob beradigan ta’lim tizimini shakllantirish va sifatini oshirishga yo‘naltirilgandir. Hozirgi kunda jahon tajribasidan respublikamiz ta’lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda. XXI asrdagi ijtimoiy taraqqiyot ham raqamli iqtisodiyot sharoitida maktabgacha va maktab ta’limi faoliyatida axborot xavfsizligini axborot texnologiyalari yordamida 117 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI rivojlantirish ta’limning hamma yo‘nalishlari mazmunida sifat o‘zgarishlarini talab etmoqda. Tabiiyki har bir mamlakatning rivojlanishi va uning raqobatbardoshligini ta’minlash zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga qanchalik joriy etilgani bilan baholanmoqda. Mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlash. Xalq ta’limini modernizatsiya qilish va yangicha yondashuvilar, ularni yangi zamonaviy texnik talablarga moslashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanib xalq ta’limi tizimini boshqa sohalar bilan integratsiyasini ta’minlashni raqamlashtirishda me’yorlar va sifat standartlariga muvofiqlashtirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish” – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi, yurtimiz “Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishimiz uchun ko‘p mashaqqatlarni bosib o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak bu ham haqiqat.”[1], deb ta’kidladilar. Shu tufayli taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘ldan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarni zamonaviy axborot texnologiyalar yordamida raqamlashtirish jarayoniga o‘tmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish”[2] vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan, xalq ta’limi tizimining faoliyatini raqamlashtirish va xalq ta’limi tizimini raqamlashtirishda axborot xavfsizligini taminlash masalalari, ta’limga oid resurslar xavfsizligini baholash usullari, algoritmlari va dasturiy kompleksini yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mavzuga doir tadqiqot metodologiyalari. Hozirda global va kompyuter axborot tarmoqlarida mazmuni, ishonchlilik va konfidensiallik darajasi nuqtai nazaridan turlicha bo‘lgan katta hajmdagi axborotlar aylanmoqda va qayta ishlanmoqda. Ma’lumotlar hajmi hamda ularni uzatish tezligi doimiy ravishda oshib borayotgan mazkur sharoitda ishonchli axborotlarni ajratish, ularni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarida axborot xavfsizligi, axborotlarning butunligini ta’minlash talabi yanada kuchaymoqda. Kompyuter texnologiyalarining rivojlanib borishi ko‘pgina sohalar kabi xalq ta’limi faoliyatini ham avtomatlashtirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib, natijada bir qancha qulay imkoniyatlarni taqdim etuvchi avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari yaratilgan va ular doimiy takomillashtirilib borilmoqda. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda xalq ta’limi faoliyati axborot xavfsizligi jarayonlarini raqamlashtirish va foydalanish borasida katta o‘sish kuzatildi. Tahlil va natijalar. O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan 118 RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston
Доказательный фрагмент
«In the process of introducing into practice the reforms carried out in the educational system of our country, it is necessary to use the latest innovative technologies and to implement them in accordance with all bran…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the process of introducing into practice the reforms carried out in the educational system of our country, it is necessary to use the latest innovative technologies and to implement them in accordance with all bran… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- New Uzbekistan, innovation, innovation economy, innovation, innovatsion iqtisodiyot, PISA, raqamli texnologiyalar, Yangi O‘zbekiston, uzluksiz ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi, Innovatsiya, innovatsion jarayon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026