К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz va O’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni

Joldasbayeva Dilnoza Konisbayevna · Ilmiy rahbar: N.N.Zubaydova

Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков · 2026

Аннотация

Ushbu maqolai ngliz va o’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni, ishlatillishi hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: uyadoshlik (paradigmatik) munosabati, uyadoshlik, farqlovchi sema, leksik sath, lisoniy birliklar, mazmuniy bog`lanish Lisoniy birliklar sistema tarkibida ma`lum munosabatda bo`ladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish mumkin: bir sathga mansub bo`lgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bo`lgan birliklar munosabati, ya`ni sathlararo munosabat. Bir sathga mansub birliklar munosabati. Bir sathga mansub bo`lgan birliklar o`zaro ikki xil munosabatga kirishadi: 1) uyadoshlik (paradigmatik) munosabati; 2) ketma-ketlik munosabati. Uyadoshlik munosabati. Bir sathga mansub bo`lgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning ma`lum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi uyadoshlik munosabati sanaladi. Uyadoshlik munosabatida bo`lgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning ma`nosi ham, shakli ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari o`zakning umumiyligi bilan o`zaro birlashsa, qo`shimchalari bilan farqlanadi. Yok iaksincha, ishla, angla, so`zla singari leksemalar qo`shimchaning umumiyligi bilan birlashib, o`zakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Har ikki holatda ham uyadoshlikni hosil qiladi. Leksik sathda ayrim leksemalar shakily o`xshashlik umumiy belgisi asosida bir uyali sinfni tashkil etadi. Bunday leksemalar munosabati leksik omonimlarni hosil qiladi.Yoki ba`zi leksemalar ma`no umumiyligi asosida bir sinfga birlashadi. Bunday munosabatda bo`lgan leksemalar leksik sinonimlarni tashki letadi. Xuddi shunday xususiyat fonologik sathdan yuqori bo`lgan barcha sath birliklari uchun ham xosdir. Masalan, umumiy egalik ma`nosi asosida barcha egalik shakllari bir uyaga birlashadi. Zamon ma`nosi asosida barcha zamon bildiruvchi fe`l shakllari bir uyani hosil qiladi. Shu bilan birga, uya ichida huddi shunday umumiy ma`no asosida yana kichik uyalarga birlashishi mumkin. Jumladan, o`tgan zamon shakllari, hozirgi zamon shakllari, kelasi zamon shakllari kabi. Shunday qilib, ma`lum uya o`zichida kichik uyalarga bo`linib, uyalar darajalanishini hosil qiladi. Masalan, a, e, o, u, u, I unlilari munosabati unlilar sistemasini (paradigmasini) tashkil etish bilan birga, bu unlilarning har qaysisi bevosita kuzatishda bir qancha variantlar orqali yuzaga chiqadi va variantlar uyasini (sistemasini) tashkil etadi. TADQIQOT VA NATIJALAR Lisoniy birliklarning uyadoshlik munosabatini belgilashda ko`proq ma`no umumiyligi belgisi xizmat qiladi. Shuni ta`kidlash kerakki, ma`lum umumiy ma`no asosida bir uyaga birlashtirish uchun asos bo`lib xizmat qilgan umumiy ma`no takrorlanishi lozim. Ana shu takrorlanuvchi ma`no (sema) har bir a`zoni ayni shu uyaga (paradigmaga) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga uyaning har qaysi a`zosi boshqa a`zodan ma`lum belgilariga ko`ra farqlanish xususiyatiga ham ega. Ana shu farqlanish belgisi bilan uyaning aloqida birligi ekanligini saqlab turadi. Demak har bir a`zo birlashtiruvchi va farqlovchi semalar birligidan tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema har bir a`zoni ma`lum mazmuniy uyaga (paradigmaga.) birlashishini, farqlovchi semaesa uya tarkibidagi har bir a`zoning o`ziga xosligini, alohidalngini ko`rsatib turadi. Anglashiladiki, uyaning har bir a`zosida umumiylik va o`ziga xoslik dialektikasi o`z tajassumini topadi. Masalan, -gan, -di shakllari o`tgan zamon semasi bilan bir uyaga kiradi. Shu bilan birga ularning har bittasi o`ziga xos farqlanish belgisiga ham ega. Ular o`tgan zamonning nutq momentiga nisbatan uzoq yoki yaqinligini ifodalash jihatidan bir-biridan farqlanadi. Birinchisi nisbatan uzoq o`tgan zamonni, ikkinchisi esa yaqin o`tgan zamonni bildiradi. Harbiruya (paradigma) sistema sanaladi. Shunday ekan, til sistemasi o`zaro munosabatda bo`lgan bir qancha uyalarning birligidan iboratdir. Har bir uya a`zolari bir-biri bilan zidlanish xususiyatiga ega. Zidlanish har qanday narsa va xodisaning ichki taraqqiyot negizidir. Shunday ekan, davrlar o`tishi bilan uya a`zolari o`rtasida miqdoriy o`zgarish ro`y berishi mumkin. Ayrim a`zolar eskirib, iste`moldan chiqishi, 256 yangisi kirib kelishi mumkin. Bu esa til sistemasining ochiq sistema ekanligini ko`rsatadi. Ketma-ketlik munosabati. Bir sathga mansub bo`lgan birliklar nutq jarayonida o`zaro ketma-ket bog`lanib ma`lum axborot tashish uchun xizmat qiladi. Har bir lisoniy birlikning vazifasi ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatiga kirishganda namoyon bo`ladi. Nutq jarayonida ikkita birlikni hech qachon bir vaqtda talaffuz qila olmaymiz. Oldin bittasini, so`ng ikkinchisini, uchinchisini va h.k. talaffuz qilamiz. Lisoniy birliklarning ma`lum chiziqda ketma-ket bog`lanishi ikki elementni hech qachon bir vaqtda talaffuz qilishga imkon bermaydi. Muayyan cho`ziqlikka ega bo`lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi. Masalan, ishchilarga so`z shakli tarkibidagi ishchilarga morfemalar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolai ngliz va o’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni, ishlatillishi hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolai ngliz va o’zbek tillarida gradual sintaksemalarning o’rni, ishlatillishi hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uyadoshlik (paradigmatik) munosabati, lisoniy birliklar, uyadoshlik, farqlovchi sema, leksik sath, mazmuniy bog`lanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти